Kasbiy pedagogika



Download 4,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/235
Sana06.06.2022
Hajmi4,74 Mb.
#640207
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   235
Bog'liq
kasbiypedagogika

Kuzatish metodi
ta‘lim-tarbiyaning mazkur vaktdagi holatini aniqlash imkonini 
beradi. Kuzatish usulining maqsadi bor faktlarni yoritishdangina iborat bo‘lmay, bizga 
oldindan qo‘yilgan maqsad bo‘yicha aniqlanishi lozim bo‘lgan faktlarni qidirish va 
aniqlashdan iborat. 
Kuzatish jarayonida tadqikotchini qiziqtnruvchi muammo va vazifalar kuzatishni 
saylab (tanlab) o‘tkazishni taqozo etadi. Tadkiqotchi muayyan tanlangan muammoni 
hisobga olib, nimani kuzatish kerakligini tanlab oladi. SHuning uchun ham u kuzatish 
natijasida echilishi kerak bo‘lgan muammoni hali kuzatishni boshlamasdan oldinroq 
biladi. Natijada tadqiqotchining kuzatish natijalarini umumlashtirishi birmuncha 
osonlashadi. 


90 
Kuzatishga asoslangan tasniflash tadqiqotlari uch ko‘rinishga ega: 1)obzor 
tadqiqotlari; 2) ta‘lim-tarbiya unsurlari orasidagi bog‘liqlikni aniqlash; 3) izlanish 
tadqiqotlari. 
Bunday sharoitda kuzatish to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bevosita amalga oshiriladi. 
To‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bevosita kuzatish faktlarni qabul qilib olish, tushunib etish va 
o‘lchashdan iborat. Qabul qilib olish- sezish organlari yordamida tekshiruvchi ob‘ekt 
aniq joyda turganligini qayd qilish; tushunib etish tanlab olingan, qayd qilingan ob‘ekt 
oldindan aniq yoki noaniqligini aniqlashdan, o‘lchash esa shu ob‘ektning sonini anik-
lashdan iborat. 
Bilvosita kuzatish ob‘ektni bevosita kuzatish imkoniyati bo‘lmaganda amalga 
oshiriladi. SHunday ob‘ektdagi shaxsning tug‘ma qobiliyati, imkoniyatlari, intizomlilik, 
rostlik, kamtarlik, kamsuqumlik kabi xislatlari kirishi mumkin. Bunday xislatlarni 
bevosita kuzatish natijasida aniqlash qiyin. SHuning uchun ham tadqiqotchi o‘ziga 
qulay ko‘rsatkichlardan foydalanadi. 
Bevosita va bilvosita kuzatish bilan bir qatorda faol kuzatish ham qo‘llaniladi. 
Faol kuzatishda didaktik jarayonda bevosita tadqiqotchining o‘zi xam qatnashadi va 
jarayonning borishiga ta‘sir etadi. Bunda ishtirok etishning ijobiy tomoni shundan 
iboratki, tadkiqotchi bo‘lib o‘tayotgan jarayonning ikir-chikirlarini tushunib etadi, bu 
esa o‘quv jarayonini tadqiqot talablariga yo‘naltirish imkonini beradi. Bunday usul 
ayrim kamchiliklariga qaramasdan, ijodkor-o‘qituvchilar tomonidan o‘quvchilar 
faoliyatini faollashtirishda keng qo‘llaniladi. 
Bilvosita kuzatish tadqiqotchini hodisalarni o‘rganishga ko‘proq jalb etishga 
imkonnyat yaratadi. Mashg‘ulotlar stenogrammalari, uchinchi odam tomonidai 
tayyorlangan kuzatish bayonlari, foto-kinolavhalar, rasmlar, diagrammalar, statistik 
mashg‘ulotlar shular jumlasidandir. Bu hujjatlar pedagogik faoliyatning natijalarini 
xamda ijtimoiy muxit, xususan o‘kituvchi faoliyatining o‘quvchi shaxsida uyg‘otadigan 
o‘zgarishlarni kuzatish imkonini beradi. 
Ilmiy-tekshirish maqsadlarini aniqlash tadqiqotchini qiziqtirib qolgan muammoli 
xolatni taxlil kilish ehtiyojidan kelib chiqadi. Bunday xolatni tahlil qilish va unda 
ma‘lum va noma‘lumlarni aniqlash, qo‘shimcha adabiyotlarni o‘rganish, tajribali 
shaxslarning bu masalaga bergan baxosi tadqiqotchiiing asosiy va ko‘shimcha 
muammolarini aniqlash imkonini beradi. 

Download 4,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   235




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish