86
Pedagogik faoliyatning maqsadi o‘quvchilarning imkoniyatlari, jamiyat va
davlatning mutaxassis kadrlarga bo‘lgan talab hamda ehtiyojlarini hisobga olgan
holda shakllantiriladi. Bir tomondan, u
turli ijtimoiy, etnik guruhlar va yaxlit
jamiyatning, ikkinchi tomondan, alohida shaxslarning moyilligi, ehtiyojlari,
qiziqishlari va intilishlarini o‘zida ifodalaydi. Pedagogik faoliyatning asosiy
ob’ektlari sifatida quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin:
Ta’lim-tarbiya muhiti, ta’lim-tarbiya beruvchi jamoa, o‘quvchilar faoliyati va
ularning individual o‘ziga xos xususiyatlari. Pedagogik faoliyatning
maqsadi bevosita
quyidagi ijtimoiy pedagogik vazifalar yechimini topish bilan bog‘liq: tarbiyaviy
mehnatni shakllantirish; o‘quvchilar faoliyatini tashkil etish; tarbiyalovchi jamoani
tuzish; shaxsiy sifat va fazilatlarni rivojlantirish.
Kasbiy pedagogik faoliyat - bu integrativ faoliyat bo‘lib o‘ziga psixologik,
pedagogik va ishlab chiqarish texnologik komponetlarni qamrab oladi. Kasbiy
pedagogik faoliyatning asosiy maqsadi o‘quvchilarni kasb-hunar sir-asrorlariga
o‘rgatish va shaxsiy rivojlanishlarini ta’minlashdan iborat.
Kasbiy pedagogik faoliyat jarayonida eng kamida quyidagi ikki turdagi
munosabatlar sodir bo‘ladi:
Pedagogning pedagogik ta’sir vositasi va predmetiga nisbatan munosabatlarni
ifodalovchi sub’ekt-ob’ekt munosabatlari; pedagogik o‘zaro tasir jarayonidagi
sub’ekt-sub’ekt munosabatlari.
Pedagogik o‘zaro ta’sir maqsadlarini amalga oshirish o‘z navbatida
o‘quvchilarga ta’sir ko‘rsatish vositalari va usullarini tanlash hamda qo‘llash bilan
bog‘liq.
Mavjud
bilimlarga asoslangan holda, pedagog vositalar va o‘z xatti-harakat
usullarini qiyoslaydi.
Pedagogik masalalar yechimini topish usullarini tanlab, o‘qituvchi har bir
o‘quvchining individual sifatlarini mo‘ljallashi, jamoadagi shaxslararo munosabatlar
xususiyatlarini, jihozlanganlik darajasini, pedagogik jarayon davomiyligini hisobga
olishi zarur. Bundan pedagogik masalalarning yechimini topish ko‘p jihatdan
o‘qituvchi shaxsiga va uning kasbiy mahoratiga bog‘liqlishi kelib chiqadi.
O‘quvchining kasbiy rivojlanishi kasbiy pedagogik
faoliyatning asosiy
natijasidir.
Pedagogning kasbiy layoqati muhim shaxsiy komponentdir.
U integrativ xususiyatga ega bo‘lib, mutaxassisning ishchanlik va shaxsiy
fazilatlarini o‘zida mujassamlashtiradi hamda bilim, ko‘nikma malaka va tajribalar
darajasida o‘z ifodasini topadi.