163
tafakkuriga ta’sir etish ko‘zlangan maqsadga erishishda muhim tarbiyaviy ahamiyatga
ega.
Kasbiy ta’lim muassasalarida olib borilayotgan ishlarning mohiyati, uning
milliy istiqbol mafkurasiga asoslangan, ma’naviy-axloqiy, huquqiy, vatanparvarlik,
fuqaroviy, mehnat, madaniy-maishiy, ekologik va shu singari yo‘nalishlar bilan
erishiladigan g‘oyaviy amal va ideallarga mos holda olib
borilishi maqsadga molik
masala. Bu muammolarni amalga oshirish barcha pedagoglarining oldida turgan
yuksak vazifadir.
Mustaqillik sharoitida talaba-yoshlarni manaviy-axloqiy tarbiyalashda qator
vazifalarni hal etish talab etiladi. Jumladan:
-har bir ta’lim oluvchining ongida davlat mustaqilligi xalqning oliy g‘oyaviy-
axloqiy qadriyati ekani, o‘z vatani bilan faxrlanish, uning xavfsizligini ta’minlash va
O‘zbekistonning ulug‘ tarixiy o‘tmishi, bozor munosabatlariga asoslangan yangi
demokratik jamiyat qurishda tanlab olgan o‘ziga xos yo‘lini mustahkamlash, islom
dini ruhi bilan sug‘orilgan oliy
manaviy-axloqiy qadriyatlar, xalqning insonparvarlik
an’analari hamda umuminsoniy sivilizatsiya yutuqlari ahamiyatini to‘g‘ri tushuntirish
va uni e’tiqodga aylantirish;
-ta’lim oluvchilarda umuminsoniy insonparvarlik axloqi, madaniyati
me’yorlari, zamonaviy
qadriyatlar ehtiyoji, o‘zini yuqori tutish va viqor saqlash,
oilaviy tan’tanalarda o‘zini ko‘rsatishga urinish, xizmat vazifasidan shaxsiy
maqsadlar uchun foydalanish ko‘rinishlariga murosasiz bo‘lish ruhini tarbiyalab
borish ularning yuqori axloq malakalari bilan qurollantirishning garovi bo‘lib
hisoblanadi.
Axloqiy tarbiya tarbiyaviy ishlar majmuida yetakchi o‘rin tutadi. Axloq yoki
odob deganda - kishilarning mazkur jamiyat uchun xarakterli va muayyan ijtimoiy
munosabatlar tizimi bilan tarixan bog‘liq bo‘lgan xulq-atvorlarni
belgilab beradigan
qonun-qoidalar yig‘indisi tushuniladi. Jamiyat tomonidan belgilanadigan talablar
shaxs xulqini baholash uchun mezon bo‘lib xizmat qiladi. Ana shu talablarga muvofiq
shaxs xulqining mazmuni mamlakatda sharqona axloq-odobga asoslangan milliy
tarbiyani amalga oshirishdan iborat bo‘lishi lozim. Bunday jamiyatni qurish jarayoni
yangi ijtimoiy munosabatlarni hosil qilish bilan bog‘liq. Shu ma’noda
bugungi kun
ta’lim tizimida amalga oshiriladigan axloqiy tarbiyaning asosiy mezonlari milliy
axloq me’yorlarini tashkil etadi.
Kasb ta’limi muassasalarida talaba-yoshlar orasida axloqiy tarbiyani amalga
oshirish avvalo, ularda axloqiy tushuncha va ishonch hissini yaratishdan boshlanishi
maqsadga muvofiq. Chunki yoshlarda axloqiy tushuncha va e’tiqodni tarkib
toptirmay turib,
axloqiy odatlar, shuningdek, xatti-harakat bilan bog‘liq odat va
malakalarni hosil qilib bo‘lmaydi. Bunda asosan talaba-yoshlarga axloq-odob me’yor
va qoidalari mazmuniga oid bilim berishga katta ahamiyat berish lozim. Bunda
asosan yaxshi bilan yomon o‘rtasidagi farq tushuntiriladi. So‘ngra yaxshi xulqlarni
hosil qilishga qaratilgan faoliyat uyushtiriladi. Ana shu yo‘sinda yoshlarda axloqiy
tushunchalar vujudga keladi va xulqiy odatlar hosil qilinadi.