“kasbiy pedagogika” fan sifatida


Ta’lim texnologiyasining umumiy asoslari



Download 0,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet170/222
Sana16.06.2021
Hajmi0,91 Mb.
#66733
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   222
Bog'liq
kasbiy pedagogika

2. Ta’lim texnologiyasining umumiy asoslari
Ta’lim texnologiyasi nazariyasining umumiy asoslarini uning qonuniyatlari,
tamoyillari, maqsadi, mazmuni, vazifalari, ob’ektiv hamda sub’ektiv omil, asosiy
tushuncha va mezonlari kabilar tashkil etadi. «Ta’lim texnologiyasi» iborasi esa
inglizcha “an educational technology” - ta’lim berish san’ati, mahorati ma’nosini
anglatadi.
Tahlillarimiz G‘arbiy Yevropa hamda AQShda shaxsga ta’lim-tarbiya berish va
uni rivojlantirish jarayoni “Ta’lim jarayoni” deb yuritiladi, shunga ko‘ra mazkur
mamlakatlarda “pedagogik texnologiya” emas, “ta’lim texnologiyasi” iborasi
qo‘llaniladi.
Shuning uchun ham biz “pedagogik jarayon”, “pedagogik texnologiya”, “ta’lim
texnologiyalari” iboralaridan sinonim sifatida foydalanamiz. Bundan ming yil
muqaddam (870–950) yillar) yashab, ijod etgan buyuk bobokalonimiz Abu Nasr
Forobiy biror sohada faoliyat ko‘rsatish maqsadida bo‘lsangiz eng avvalo quyidagi
qoidaga amal qilishingiz zarur.
Manbalar tahlili bu tushunchaga turlicha izoh berilganligidan dalolat beradi.
Bu holat ma’lum ma’noda to‘g‘ri, chunki har bir shaxs unga turli nuqtai nazardan


153
yondoshadi. Lekin bir sohada faoliyat ko‘rsatuvchi mutaxassislar uchun yakdillik
bilan qabul qilingan izoh albatta zarur. Hatto YUNESKO tashkiloti bergan izoh ham
olimlarimiz tomonidan turlicha talqin etilganligiga guvoh bo‘lib turibmiz.
Hozirgi paytda aksariyat mamlakatlar, shu jumladan Respublikamiz uzluksiz
ta’lim tizimida ham turlicha nomlangan texnologiyalardan foydalanilmoqda. Bu
texnologiyalarning barchasi ma’lum umumiylikka ega bo‘lib, ular xususiy jihatlariga
binoan tasniflanishi V.S.Kukushin, G.K.Selevko, G.Berdiyev kabi ko‘plab olimlar
tomonidan ko‘rsatilgan.
Mustaqil Respublikamiz ta’lim sohasidagi islohotlar ta’lim-tarbiyaning
samarali omillaridan keng ko‘lamda foydalanish, bu jarayon qatnashchilari orasida
ongli hamkorlik munosabatlarini yo‘lga qo‘yish, o‘quvchilarning shaxsiy
xususiyatlari va milliy mentalitetini hisobga olishni taqozo qiladi.
Bu xayrli ishga Respublikamiz olimlari va amaliyotchilari ham baholi qudrat
o‘z ulushlarini qo‘shmoqdalar.
Biz ko‘p sonli pedagog olimlar va amaliyotchilar tomonidan bildirilgan fikr-
mulohazalarga qo‘shilgan holda ta’lim-tarbiya ishida o‘quvchilarning faolligini
ta’min etuvchi omillardan oqilona foydalanish hozirgi zamon va istiqbol talabi deb
bilamiz.
Faol ta’lim omillaridan foydalanish g‘oyalari XIV-XVI asrlarda ilgari surilgan
bo‘lib, o‘quvchilarga tayyor o‘quv materiallarini emas, balki ularni ongli, mustaqil
izlanuvchan faoliyatlari orqali o‘zlashtirishlariga erishish zarur, ana shunda bilim, va
shaxsiy fazilatlar muhim qiymatga ega bo‘lishi ko‘rsatilgan.
O‘quvchilar shaxsida mustaqillik, tashabbuskorlik, javobgarlik his-tuyg‘ulari
tanqidiy fikrlash kabi sifatlarni shakllantirishda faol ta’lim omillaridan foydalaniladi.
Bunday omillar nomidan ma’lum bo‘lib turibdiki, bu jarayon o‘quvchilarning o‘ziga
xos individual xususiyatlarini rivojlantirish, namoyon etishiga shart-sharoit yaratish
uchun qo‘llaniladi.
Ma’lumki, ta’lim-tarbiya jarayonida shaxsning jadal rivojlanishi, moddiy va
ma’naviy qadriyatlarni o‘zlashtirishi faqat uning shaxsiy faoliyati orqali amalga
oshadi. Agar o‘quvchi o‘zining o‘quv-bilish faoliyati mohiyatini anglab yetmasa,
barcha xatti-harakatlari tashqi tazyiq natijasida amalga oshirilib, o‘zlashtirgan
bilimlari rasmiy xarakterga ega bo‘ladi.
Bundan shaxs rivojlanishida irsiyat, ta’lim tarbiya, muhit bilan birga shaxsiy
faoliyat muhim ahamiyat kasb etishi kelib chiqadi. Shaxs faoliyati uning ichki
dunyosi, tafakkuri kechinmalari, diqqati, xayoli, hissiyoti bilan uzviy bog‘liq.
O‘qituvchining mahorati  o‘quv materialini pedagogik qayta ishlab, o‘quvchida unga
nisbatan ongli munosabat paydo qiladigan holatda yetkazishdan iborat. Chunki shaxs-
motiv, hissiyot,  shaxsiy fikr va  xatti–harakatlar vositasida namoyon bo‘ladi.
Demak, faol ta’lim o‘quvchi o‘quv-bilish faoliyatini ongli tashkil etish bilan
uzviy bog‘liq bo‘lib, muammoli izlanish, tadqiqotchilik, dialogik va poliologik
muloqot va munosabatlarni talab etiladi.
Bu g‘oyalar bugungi kunda ham o‘z dolzarbligini saqlab qolgan va yetarli
darajada tadqiq etilmagan, pedagogik muammo sifatida e’tirof etiladi.
Ma’lumki, har qanday pedagogik texnologiya ta’lim-tarbiya qonuniyatlari va
prinsiplariga asoslanib, mazmunni yangicha shakllantirish, uni o‘quvchilar mulkiga


154
aylantirishning maqbul shakl, yo‘l, vositalaridan foydalanish, shart-sharoitlarini
yaratish hamda ulardan oqilona foydalanishni ko‘zda tutadi. Bunda maqbullik ta’lim-
tarbiya jarayoni ishtirokchilari tomonidan imkon qadar kam zo‘riqish kuchlari, vaqt
sarf etgan holda har tomonlama mukammal bilim va shaxsiy fazilatlarni
shakllantirilishini maqsad qilib olmog‘i zarur.
Pedagogik texnologiya turlarini tanlash - shakllantirilishi ko‘zda tutilgan bilim,
shaxsiy fazilatlar, mashg‘ulotlarning tashkiliy shakli, qo‘llanilayotgan metodlar,
vositalar va shu kabi ko‘plab omillarga bog‘liq. Masalan, o‘quvchilarda ijodiy
tafakkurni rivojlantirish, o‘quv materialiga nisbatan tanqidiy yondoshish malakalarini
shakllantirish hamda mahsuldor o‘quv-bilish faoliyatlarini tashkil etishda binar yoki
integrativ dars, ishchanlik yoki rolli o‘yin, evristik suhbatdan foydalanish tavsiya
etiladi. Mazkur vaziyatda ta’lim-tarbiya metodlari qo‘yilgan maqsad bilan albatta
mutanosib bo‘lishi kerak.

Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish