“kasbiy pedagogika” fan sifatida


KASB-HUNAR TA’LIMI NATIJALARINI NAZORAT QILISH



Download 0,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet166/222
Sana16.06.2021
Hajmi0,91 Mb.
#66733
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   222
Bog'liq
kasbiy pedagogika

6.3. KASB-HUNAR TA’LIMI NATIJALARINI NAZORAT QILISH
METODLARI VA BAHOLASH MEZONLARI
Reja:
1. Ta’lim tarbiya jarayonini nazorat qilish.
2. Kasb-hunar ta’limi natijalarini nazorat qilishning individual o‘ziga
xos xususiyatlari va baholash mezonlari.
1. Ta’lim tarbiya jarayoni nazorat qilish
Nazorat keng ma’noda nimanidir tekshirishni anglatadi. Shu nuqtai nazardan
olib qaraganda u ta’lim-tarbiya ishida ishtirokchilar orasida teskari aloqani
ta’minlovchi omil sifatida namoyon bo‘ladi. Shuningdek, u bir vaqtning o‘zida
o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyati bo‘yicha tashqi va ichki nazorat qilishni ham
ta’minlaydi.
Ta’lim-tarbiya ishida teskari aloqa bu jarayonga kerakli vaqtda o‘zgartirishlar
kiritish, uning mazmuni, metodlari, tashkil etish shakllarini takomillashtirish,
o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyatlarini boshqarish va unga rahbarlik qilish
uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Nazorat ta’lim-tarbiya jarayonining asosiy tarkibiy qismi bo‘lib, dasturiy
materialni o‘rganish ma’no va mohiyatini tushunish, mustahkamlash, qo‘llash, ya’ni
shakllantirish bilan bevosita bog‘liq.
Nazoratning rejali ravishda amalga oshirilishi o‘qituvchiga ma’lum bir paytda
o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilgan bilimlarni tizimlashtirish, muvaffaqiyatga
erishish va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etishga imkon beradi.
O‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyatlari natijasini ob’ektiv tahlil qilish o‘qituvchi
va ta’lim muassasalari rahbarlariga ta’lim-tarbiya ishlarining holatini aniqlashga va
takomillashtirish uchun zarur chora-tadbirlar ko‘rishga asos bo‘lib xizmat qiladi.
O‘qituvchilar tomonidan o‘tkazilgan mashg‘ulotlar va o‘quvchilarning o‘z-
o‘zini nazorat qilishining uyg‘un holda olib borilishi har bir o‘quvchiga o‘zi
erishgan yutuqni ko‘rib, mohiyatini anglashga, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarini
bartaraf etish chora-tadbirlarini ko‘rishga imkon beradi.
O‘quvchilarni o‘z ustida muntazam ravishda ishlash, ijobiy shaxsiy
fazilatlarni takomillashtirish, jamoaviy ishlash kabilarga o‘rgatadi. Nazoratning
barcha funksiyalaridan majmuaviy foydalanishdan maqsad ta’lim-tarbiyaviy
ishlarning sifati va samaradorligini oshirishga erishishdir. Ta’lim-tarbiya jarayoni
natijalarini nazorat qilishga qo‘yilgan pedagogik talablar sirasida quyidagilarni
ko‘rsatish  mumkin:
1. Nazoratning individual xarakterga egaligi, har bir o‘quvchi ishini nazorat
qilishni ko‘zda tutib, boshqa o‘quvchi yoki guruh o‘quvchilarining umumiy natijasi
bilan aralashtirib yubormaslik yoki aksincha;
2. Nazorat o‘tkazilishining muntazamliligi, uning o‘quvchilarning boshqa
o‘quv-bilish faoliyati bilan uyg‘unligi;
3. Nazoratning turli shakllaridan unumli foydalanib, uning ta’limiy,
tarbiyaviy, rivojlantiruvchi funksiyalarini ta’minlash, nazoratni o‘tkazishga
o‘quvchilar qiziqishini oshirish;


148
4. Nazoratning har tomonlamaligiga erishish;
5. Nazoratning ob’ektiv bo‘lishi. O‘qituvchining noo‘rin, sub’ektiv, xato
baholovchi xulosalari va hukmlariga yo‘l qo‘ymaslik;
6. O‘quv predmeti va bilimlarning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olishni
nazarda tutuvchi tabaqalashtirilgan yondoshuvga amal qilish;
7. Barcha o‘qituvchilar talablarining uyg‘unligi kabilar.
Yuqorida zikr etilgan talablarga amal qilish nazorat ishonchliligini oshiradi,
ta’lim-tarbiya ishidagi o‘qituvchi funksiyalarini to‘liq va  to‘g‘ri bajarilishiga imkon
beradi.
Nazoratning mazmuni, turlari  va  amalga joriy etish metodlari:
Nazoratning mazmuni, didaktik vazifalari, o‘quv predmetlarining o‘ziga xos
xususiyatlari, ta’lim bosqichi, o‘quvchilarning tayyorgarlik va rivojlanganlik
darajasi kabi omillarga ko‘ra aniqlanadi. Eng muhimi nazoratda o‘quvchilar
o‘qituvchidan yoki boshqa manbalardan o‘zlashtirganlarini to‘lig‘icha qaytarib
berishni maqsad qilib olmasligi zarur. Ta’lim-tarbiya jarayonida majmuaviy nazorat
qilish muhim ahamiyatga ega, chunki u dinamik o‘zgarish, maxsus hamda shaxsiy
fazilatlarning shakllanishini, onglilik va faollik, o‘qib-o‘rganishga qiziqishni
uyg‘otishi, ijodiy qobiliyatlarni shakllantirishi zarur.
Respublikamiz ta’lim muassasalari amaliyotida nazoratning joriy, oraliq
(davriy) va yakuniy turlaridan ko‘proq foydalaniladi.
Joriy nazorat - o‘qituvchi tomonidan asosan har bir mashg‘ulot (dars)da
o‘quvchining har kunlik ishini nazorat qilish uchun amalga oshiriladi. Bunday
nazoratdan oldin o‘qituvchi avval o‘tilgan materialni o‘quvchilar tomonidan
o‘zlashtirilganligi bilan tanish bo‘lishi zarur. Buning uchun o‘quvchilarning yozma
ishlari, jurnaldagi qaydlarni o‘qituvchi mukammal o‘rganishi zarur bo‘ladi. Joriy
nazorat muntazam ravishda yaxlit guruh va har bir o‘quvchining ishini kuzatish
yo‘li bilan darsning barcha bosqichlarida, ya’ni yangi materialni o‘rganish,
mustahkamlash va qo‘llash bosqichlarida amalga oshirilishi mumkin. Bunday
ko‘rinishdagi nazorat o‘quvchilar tomonidan muntazam ravishda mustaqil ishlarni
bajarishga bo‘lgan intilishini oshirishga, sinf xonasidagi va uy ishlarini bajarishga,
o‘qib-o‘rganishga qiziqishni oshirish, bajarilgan ishga nisbatan javobgarlik his-
tuyg‘ularini  kuchaytirishda katta ahamiyatga ega.
Oraliq nazorat - odatda ma’lum mantiqiy tugallangan bo‘lim, bob yoki o‘quv
yarim yilligi va yilning tugatilishi bilan o‘tkaziladi. Bunday nazorat orqali nisbatan
katta hajmdagi o‘quv materialini o‘zlashtirish bo‘yicha o‘quv-bilish faoliyatining
natijalari tekshiriladi.
Yakuniy nazorat - o‘quv yilining oxirida, shuningdek, o‘quv kursi o‘rganilib
bo‘lingandan so‘ng joriy va oraliq nazorat natijalarini hisobga olgan holda amalga
oshiriladi.
Nazorat metodlari:  bu ma’lum usullar yordamida o‘quvchilarning o‘quv –
bilish faoliyati va o‘qituvchining pedagogik faoliyati natijalarini aniqlash yo‘llari
majmuasidir.
Amaliyotda kuzatish bilan birga og‘zaki va amaliy nazorat metodlari keng
ko‘lamda qo‘llaniladi. Shuningdek, sinov hamda imtihon ko‘rinishlari ham mavjud.


149
Og‘zaki nazorat qilish metodlariga: o‘quvchilarni so‘rash, texnologik
xaritalar, chizmalar (texnik yoki texnologik) hujjatlarni o‘qish kabilarni kiritish
mumkin. Beriladigan og‘zaki savollarni shakllantirishda o‘quvchining javobi tahlil,
sintez, isbotlash, qiyoslash va solishtirish kabi mantiqiy fikrlash yo‘llari haqida
tugallangan natijani ko‘rsatishi zarur.
Yozma nazorat metodlari: o‘zining vaqtni iqtisod qilishi bilan ahamiyatlidir.
Bunda o‘quvchilarning mustaqillik darajasi yuqori bo‘lib, bir yo‘la butun guruhning
tayyorgarlik darajasini aniqlashga erishiladi.
Kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirishning asosiy omillaridan biri ta’lim-
tarbiya jarayonini takomillashtirish hisoblanadi. Ana shu maqsadda O‘MKHT
Markazi buyurtmasiga binoan maxsus ijodiy guruh “O‘quvchilar bilim, ko‘nikma va
malakasini baholash mezonlari” ishlab chiqilishi shart. Bunday talablarning
qo‘llanishi o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalariga yagona talablarni
ta’minlaydi, imkon qadar yuqori va ilmiy  saviyada maxsus fanlar va ishlab
chiqarish ta’limini o‘rganishga ta’sir ko‘rsatadi, bu jarayon ishtirokchilarida
javobgarlik his-tuyg‘ularini uyg‘otadi, mehnat natijasini baholashda
rasmiyatchilikni bartaraf etadi.

Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish