Pedagogik loyihalashtirish vazifalari
5-chizma
Pedagogik vaziyat real shart-sharoitni hisobga olgan holda pedagogik jarayonni
aniqlashtirish maqsadida loyihalashtiriladi.
Pedagogik texnologiyalar loyihalashtirish ob’ekti bo‘lib, pedagog tomonidan
turli metod, shakl va vositalardan foydalanilgan holda xatti-harakatlar ketma-ketligini
belgilaydi.
Ta’limiy makonni loyihalashtirish yangi turdagi o‘quv binolari qurish, ularni
jihozlash va shu kabilar uchun amalga oshiriladi.
Pedagogik loyihalashtirish texnologiyasi pedagogik tizimlar, jarayonlar,
texnologiyalarni loyihalashtirish murakkab va ko‘p bosqichli faoliyatdir.
V.S.Bezrukova fikricha u: modellashtirish, loyihalashtirish va konstruksiyalashtirish
bosqichlaridan iborat.
Pedagogik modellashtirish ob’ektning ideal obrazini shartli ravishda ishlab
chiqish bo‘lib, uning muhim jihatlarini o‘zida mujassamlashtiradi. Modellar yozma,
matn, grafik va faraziy bo‘lishi mumkin. Ularda pedagogik maqsadlar, vazifalar,
samarali shart-sharoit, ob’ektning tarkibiy qismlari va ularning faoliyat ko‘rsatish
usullari o‘z aksini topadi.
Loyihalashtirishning ikkinchi bosqichi loyiha tuzish bo‘lib, bunda model
pedagogik faoliyatda foydalanish mumkin bo‘lgan darajaga yetkaziladi. Pedagogik
loyihalashtirishning uchinchi bosqichi konstruksiyalash bo‘lib, unda loyiha batafsil
qismlarga bo‘linadi, real shart-sharoitga yaqinlashtiriladi, ya’ni bunda asosan metodik
ishlar bajariladi.
Pedagogik loyihalashtirishning asosiy prinsiplari: shaxsiy ustuvorlik prinsipi
bo‘lib, o‘quvchi shaxsiga yo‘nalganlik, ularning qiziqishi, qobiliyati va imkoniyatlari
hisobga olinganligi bilan etiborga molikdir. Loyihada umumpedagogik, ya’ni
tabiiylik, insonparvarlik kabi prinsiplar amalga oshirilishi zarur.
O‘z-o‘zini rivojlantirish prinsipi - dinamik rivojlanuvchan sharoitga
moslashuvchan pedagogik ob’ektlar tizimini ko‘zda tutadi.
Pedagogik loyihalashtirish vazifalari
Pedagogik
jarayon sa-
maradorli-
gini oshi-
rish
Ta’lim-
tarbiya jara-
yonini texno-
logiyalash-
tirish
Shaxsning
rivojlanishini
oldindan
bashorat
etish
Pedagogika
nazariyasi
va amaliyo-
tini bog‘-
lovchi zveno
81
Reallik prinsipi - amalda shunday ob’ektdan foydalanish mumkinligini
anglatadi.
Pedagogik loyihalashtirishda quyidagi tartibdagi xatti-harakatlar bajariladi:
I. Tayyorgarlik ishlari: loyihalanadigan ob’ektni tahlil etish, loyihalash shaklini
tanlash, loyihalashtirishni nazariy va uslubiy ta’minlash, loyihalashtirishni makon,
vaqt nuqtai nazaridan ta’minlash, loyihalashtirishni moddiy-texnik va huquqiy-
meyoriy ta’minlash;
II. Loyiha ishlab chiqish: tizim hosil qiluvchi omillar tanlashning tarkibiy
qismlarining o‘zaro uyg‘unlashtirish, loyihalash hujjatlarini tuzish;
III. Loyiha sifatini tekshirish: loyihani fikran tajriba – sinovdan o‘tkazish.
Loyihani ekspert baholash, o‘zgartirishlar kiritish, loyihadan foydalanish mumkinligi
haqida qaror qabul qilish kabilar. Yuqorida zikr etilgan har bir xatti-harakatlar o‘z
navbatida aniq maqsad va nisbatan kichik mantiqiy ketma-ket xatti-harakatlardan
iborat bo‘lishi tabiiy hol.
Loyihalash ob’ektini tahlil qilish. Eng avvalo uning tuzilmasini ko‘rish, tarkibiy
qismlarining har birini alohida qarab, holatini va o‘zaro aloqalarini aniqlash kabi juda
muhim bo‘lgan amallar nazarda tutiladi.
O‘qituvchiga qo‘yilgan talablar:
K
asb ta’limi o‘qituvchisining vazifasini kasbiy
pedagogik va ijtimoiy o‘ziga xosligi har doim o‘z shogirdlari, ota-onalar, keng
jamoatchilik nigohida bo‘lishi, ular shaxsiga, axloqiy qiyofasiga yuqori talablar
qo‘yadi. O‘qituvchiga qo‘yiladigan talablar qat’iy kasbiy sifatlar tizimi bo‘lib, kasbiy
pedagogik faoliyatning muvaffaqiyatini belgilaydi.
Eng avvalo, shuni unutmaslik zarurki, amaliy pedagogik faoliyatning faqatgina
yarmi oqilona texnologiyaga asoslanib quriladi. Qolgan yarmisi esa, san’atdir.
Shuning uchun ham pedagog kasbiga qo‘yilgan birinchi talab pedagogik
qobiliyatlarning mavjudligidir. Bunday yondashuvga asoslanib biz pedagogda maxsus
pedagogik mahorat mavjudmi, degan savolni qo‘yishga majbur bo‘lamiz. Pedagogik
qobiliyatlar bolalar bilan ishlashga moyillik, bolajonlik, ular bilan muloqot va
munosabatda bo‘lib, qoniqish hosil qilish kabilarning mujassamligini ko‘rsatuvchi
shaxsiy fazilatlardir.
Ko‘pchilik hollarda pedagogik qobiliyatni chiroyli gapirish, ashula ayta olish,
rasm chizish, bolalarni tashkillashtirish kabi tor doiradagi xatti-harakatlarni bajarishga
almashtiriladi. Olimlar tomonidan pedagoglarni quyidagi bosh qobiliyatlari ajratilgan:
1.Tashkilotchilik – o‘quvchilarni o‘zaro jipslashtirish, ularning shaxsiy
burchlarini bilish, ishlarini rivojlantira olish, bajarilgan ishga yakun yasash kabi
o‘qituvchilik malakalarida ko‘zga tashlanadi.
2. Didaktik – o‘quv materiali, ko‘rsatmali qurollar, jihozlarni tanlay olish va
tayyorlash, aniq, lo‘nda, tushunarli va ketma-ket bayon eta olish, o‘qib-o‘rganish va
ma’naviy qoniqish hosil qilishga qiziqtira olish, o‘quv-bilish faolligini oshirish
kabilar.
3. Perseptiv – o‘quvchilar qalbiga yo‘l topa olish, ularning emotsional
holatlarini ob’ektiv baholay olish, psixikaning o‘ziga xos jihatlarini aniqlay olish
kabilarda namoyon bo‘ladi.
82
4. Kommunikativ – o‘qituvchining o‘quvchilar, ularning ota-onalari, o‘zining
kasbdoshlari, ta’lim muassasalari rahbarlari bilan maqsadga muvofiq pedagogik
munosabatlar o‘rnata olishida o‘z aksini topadi.
5. Suggestiv – o‘quvchilarga emotsional irodaviy ta’sir ko‘rsata olish.
6. Tadqiqotchilik – pedagogik vaziyat va jarayonlarni bilish va ob’ektiv
baholay olish qobiliyati.
7. Ilmiy bilish – tanlagan sohadagi ilmiy bilimlarni o‘zlashtira olish qobiliyati.
Yuqorida zikr etilgan va shu kabi boshqa qobiliyatlar pedagogning amaliy
faoliyatida birday muhimlik darajasiga egami? So‘nggi yillarda amalga oshirilgan
ilmiy tadqiqotlar pedagogik qobiliyatlarning “asosiy” va “ikkinchi darajali
yordamchi” turlarga ajratishga imkon beradi. Ko‘p sonli so‘rovlar natijasida muhim
pedagogik qobiliyatlar sirasiga pedagogik kuzatuvchanlik, didaktik, tashkilotchilik,
ekspressiv qobiliyat kabilarning kirishi haqida fikrlar bildirilgan.
Pedagogik ta’lim muassasalariga qabul qilishda shu paytgacha pedagogik
iste’dod (qobiliyat, o‘quv) hisobga olinmay, umumiy tanlovga asoslanildi. Shuning
uchun ham ta’lim muassasalariga tasodifiy shaxslar kelib qolmoqda.
Albatta, ideal holatda pedagogik faoliyat bilan ma’lum iste’dodga ega bo‘lgan
kishilar shug‘ullanishi zarur. Lekin pedagog kasbi ommaviy kasbga aylangan.
Faqatgina O‘MKHT tizimi uchun zarur bo‘lgan 160000 nafar iste’dodli pedagoglar
qayerdan olinadi? Ko‘p sonli mutaxassislar fikricha, yorqin pedagogik qobiliyat
mavjud bo‘lmagan holda, mehnatsevarlik, o‘z burchiga sodiqlik, o‘zi ustida
muntazam ishlash kabi kasbiy fazilatlar ularning o‘rnini to‘ldirishi (qoplashi)
mumkin.
Pedagoglik kasbini muvaffaqiyatli egallash uchun pedagogik qobiliyatning
mavjudligi juda muhim, lekin bu hamma narsaning yechimi topilganligini
anglatmaydi. Qanchadan-qancha fan nomzodi, professorlar amalda pedagogik
mahorat cho‘qqisini egallay olmaganlar.
Ana shu bois ham, biz pedagogning muhim kasbiy fazilatlari sifatida
mehnatsevarlik, ishchanlik, tartib intizomlilik, javobgarlik, o‘z oldiga aniq maqsadlar
qo‘ya olishlik, unga erishishda oqilona yo‘llarni tanlay olish, tirishqoqlik, kasbiy
mahorat darajasini muntazam oshira borishlik, mehnati sifatini oshirishga
intiluvchanlik kabi kasbiy fazilatlarni e’tirof etamiz. Zikr etilgan talablar orqali
pedagog o‘zi bajaradigan burchini ishchi sifatida amalga oshiradi. Ko‘z o‘ngimizda
bozor munosabatlarining yo‘ldoshi hisoblangan o‘zgarishlar shu jumladan
raqobatbardoshlik rivojlanmoqda. Bunday sharoitda pedagogning insoniy (odamiylik)
fazilatlari kasbiy muhim ahamiyat kasb etib, ta’lim-tarbiya jarayonida ijobiy
munosabatlarning vujudga kelishiga asos bo‘ladi. Ular: odamiylik, mehribonlik, sabr-
toqatlilik, tartib-intizomlilik, halollik, to‘g‘rilik, poklik, javobgarlik, vijdoniylik,
saxiylik, mehr-muruvvatlilik, yuksak axloqiylik, kelajakka ishonch, emotsional
bosiqlilik, muloqotchilik, o‘quvchilarga nisbatan qiziquvchanlik, oq ko‘ngillik, o‘z-
o‘zini tanqid qilishlik, do‘stlik, o‘zini tuta bilishlik, prinsipiallik, emotsional
madaniyatlilik va ko‘plab shu kabilardir.
O‘qituvchi uchun shart bo‘lgan fazilat insonparvarlikdir. O‘qituvchi har doim
faol, ijodkor shaxs bo‘lishi zarur. A.S.Makarenko o‘zini tuta bilmaydigan o‘qituvchini
83
tormozsiz mashinaga o‘xshatgan edi. Chunki bunday mashina albatta halokatga olib
keladi.
Pedagogik takt o‘quvchilar bilan muloqotda bo‘lganda amal qilinadigan his-
tuyg‘udir. O‘quvchi shaxsiga nisbatan hurmat uning o‘zagini tashkil etadi.
O‘qituvchining shaxsiy va kasbiy fazilatlarini bir-biridan ajratish mumkin
emas. Chunki ular yaxlitlikni tashkil etadi. Bunday fazilatlar kasbiy tayyorgarlik
jarayonida, ya’ni o‘qitadigan predmetini, o‘qitish metodikasini bilish, keng ko‘lamda
madaniy dunyoqarash, pedagogik mahorat, pedagogik mehnat texnologiyalarni bilishi,
notiqlik san’ati va boshqalar vositasida shakllanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |