3. O‘zbekistonda TA’SIS loyihasining faoliyati
O‘zbekistonda TA’SIS loyihasi doirasida ikki yil davomida o‘rta maxsus,
kasb-hunar ta’limi sohasidagi islohotlarga ko‘mak beruvchi loyiha amalga oshirildi.
Uning asosiy komponentlaridan biri ijtimoiy hamkorlikni o‘quv muassasasi
darajasida ham, mintaqaviy, milliy darajada ham rivojlantirish edi.
O‘tish davrining hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarida ijtimoiy hamkorlik
tizimining shakllantirilishi ancha uzoq davom etuvchi va murakkab jarayon bo‘lib, u
bir qator ob’ektiv va sub’ektiv sabablarga: iqtisodiyotning holatiga, ijtimoiy
vaziyatga, mintaqaviy organlarning unga qo‘shilish uchun tayyorgarligi, shuningdek,
kasb-hunar kollejlari rahbarlarining irodasi, istagi va imkoniyatlariga bog‘liq. Har bir
muayyan vaziyatda ijtimoiy hamkorlik tizimini rivojlanishi uchun ko‘proq yoki
kamroq qulay bo‘lgan holat yuzaga kelishi mumkin. Mazkur sohada amalga
oshirilayotgan ko‘plab loyihalar o‘zlarining asosiy natijalari sifatida kasb-hunar
kollejlariga ish beruvchilar va boshqa sheriklar bilan o‘z tashabbuslari asosida
aloqalarni yo‘lga qo‘yishga oid tavsiyalarni taklif qilayaptilar. Bunda o‘z foaliyatini
176
bosqichma-bosqich amalga oshirish taklif qilinayapti. Jumladan, quyidagi bosqichlar
ajratib ko‘rsatilmoqda va kasb-hunar kollejlariga quyidagi tavsiyalar berilyapti:
I. Tayyorgarlik bosqichining maqsadi - mehnat bozori bilan o‘zaro birgalikda
faoliyatning yangi turlarining zarurligini anglab yetish, o‘z salohiyatini baholash,
ishlab chiqarish korxonalari ehtiyojlarini tushinib yetish. Mazkur bosqichda kasb-
hunar kollejining jamoasi quyidagi savollarga javob berishi zarur:
· ijtimoiy hamkorlik tizimini rivojlantirish orqali kasb-hunar kollejining
qanday muammolarini hal etish mumkin?
· ushbu o‘quv muassasasi uchun kimlar asosiy sherik bo‘la olishi mumkin?
· kasb-hunar kollejining amaldagi salohiyati hamkorlikka nima bera oladi?
Barcha savollarga javob berish uchun amaldagi salohiyatni aniqlash lozim.
Misol uchun, o‘quv muassasasi qaysi soha uchun mutaxassis tayyorlasa,
iqtisodiyotning o‘sha sektorini tadqiq etish, qanday korxonalar, tashkilotlar, kasaba
uyushmalarining assosiatsiyalari bu sohaning vakillari hisoblanishi, ushbu sektor
mintaqa rivojlanishning strategik rejasida qanday o‘rin tutishi, qanday salohiyatga ega
ekanligini o‘rganish lozim.
Ta’lim xizmatlari bozorining tegishli segmentida faoliyat ko‘rsatayotgan ta’lim
muassasalari haqidagi ma’lumotlar ham tahlil uchun muhim baza bo‘la oladi. Kasb-
hunar ta’limining turli darajalarda mavjud kasb-hunar ta’limi standartlari va
malakaviy tavsifnomalar haqida to‘liq axborotga ega bo‘lishga intilish zarur.
Ammo birinchi bosqichning eng muhim vazifasi kasb-hunar kolleji butun
jamoasining ijtimoiy sheriklarning turli toifalari bilan hamkorlikning barqaror
tizimini shakllantirish bo‘yicha murakkab va mashaqqatli ishni bajarish zarurligiga
bo‘lgan yuksak motivatsiyasiga erishishdir. Bu jarayon qaror topgan psixologik
qoliplarning sindirilishi bilan tavsiflanadi.
II. Tashkiliy bosqichning maqsadi - ijtimoiy sheriklar bilan barqaror aloqalarni
o‘rnatishdir. Uning doirasida hamkorlik haqidagi shartnomalar tayyorlanadi, ijtimoiy
sheriklarning turli toifalari bilan hamkorlik texnologiyasi ishlab chiqiladi. Shu tariqa
ijtimoiy hamkorlikning kelajakdagi tizimi tashkil etuvchilari shakllantiriladi.
Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, kasb-hunar kollejlari hamma vaqt ham ish
beruvchilar bilan muvaffaqiyatli aloqalar o‘rnatishga erisha olmaydilar. Bu hol
ob’ektiv va sub’ektiv sabablar tufayli ham yuz beradi. Juda ko‘p hollarda bu o‘zaro
manfaatlarning mavjud emasligi, ammo undan ham ko‘proq, muayyan
kommunikatsiya ko‘nikmalarining yo‘qligi, kasb-hunar kollejlari vakilining
muzokaralar jarayonini to‘g‘ri tashkil eta olmasligi, uchrashuvga tayyorgarlik ko‘ra
olmasligi tufayli o‘zaro manfaatlarni topishga no‘noqlik qilishidir. Shu sababli har bir
ijtimoiy hamkorga qilinadigan tashrifga puxta tayyorgarlik ko‘rish lozim
II-bosqichning eng muhim yo‘nalishlaridan biri mehnat bozorini baholashdir.
Kasb-hunar kollejlarining vakillari ushbu faoliyatni turli axborot manbalaridan, shu
jumladan, davlat va idora statistikasidan (Davlat statistika qo‘mitasi, bandlik xizmati,
ta’lim boshqaruvi organining statistika bo‘limi va boshqalar), tadqiqot markazlarining
sharhlari va materiallaridan, o‘z tadqiqotlari va so‘rovlari natijalaridan foydalangan
holda amalga oshirishlari lozim.
Ish beruvchilarning malakaviy talablarini, bitiruvchilarning bilim va
malakalarining mehnat bozori ehtiyojlariga mos kelishi darajasini baholashni kasb-
177
hunar kolleji eng oddiy ijtimoiy usullar va metodlardan foydalanib (anketa tarqatish,
intervyu olish) o‘tkazishi mumkin. Bunday holda tahlil ob’ektlari (so‘raluvchilar)
quyidagilar bo‘ladi:
· ish beruvchilar - tarmoq korxonalarining tipik vakillari (mutaxassis ega
bo‘lishi talab qilingan bilim, malaka va shaxsiy fazilatlarning ro‘yxatini aniqlash va
tuzish uchun);
· ish beruvchilar, o‘quvchilar amaliyot o‘tayotgan ishlab chiqarish ob’ektlari
xodimlari (muassasada olinayotgan malaka va ko‘nikmalarning ish beruvchilarning
aniq-ravshan talablariga mos kelishini baholash uchun);
· amaliyot o‘tayotgan o‘quvchilar (o‘quvchilarning mehnat funksiyalarini
bajarishga tayyorlik darajasini aniqlash uchun);
·
ta’lim muassasalarining bitiruvchilari (kasb-hunar tayyorgarligining
sifatini, uning mehnat bozori talablariga muvofiqligini aniqlash uchun);
· o‘qituvchilar (mutaxassislar tayyorlash darajasini qo‘shimcha ravishda
baholash uchun).
Ijtimoiy hamkorlik tizimini shakllantirishning II-bosqichini muvaffaqiyatli
amalga oshirish, odatda, quyidagi natijalarni beradi:
1. ijtimoiy hamkorlarning turli toifalari bilan imzolangan hamkorlik haqidagi
shartnomalar, o‘quvchilarning amaliyotni o‘tashlari haqida bitiruvchilarning
ishga joylashishlari haqida, o‘quv-uslubiy hujjatlar ekspertizasi haqida,
uzluksiz ta’lim haqida, pedagogik kadrlar stajirovkasi va boshqalar haqida.
2. mehnat bozoridagi ahvol, uning miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlari,
qiziqtirayotgan kasblar bo‘yicha malakaviy talabning tuzilmasi haqidagi
statistik va tahliliy materiallar.
II-bosqichning asosiy yakuni ijtimoiy hamkorlikning bo‘lajak tizimining asosiy
tuzilma hosil qiluvchi tarkibiy qismlarini ajratib olish lozim.
III. Tizim hosil qiluvchi bosqichning maqsadi - ijtimoiy hamkorlikning mavjud
va yaratilayotgan ayrim tarkibiy qismlarini tizimga birlashtirishdir. Sheriklar bilan
o‘zaro hamkorlik doimiy va barqaror bo‘lib qoladi. Ish beruvchilar bilan aloqalarni
saqlash va olib borish ta’lim muassasasi xodimlarining eng muhim funksional
majburiyatlari sirasiga kiradi. Buning uchun mansab yo‘riqnomalariga aniqliklar
kiritiladi, ijtimoiy hamkorlik bo‘yicha tadbirlar kasb-hunar kollejining ish rejasiga
kiritiladi. Ta’lim muassasasi faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri ijtimoiy
hamkorlikning tashkiliy tuzilmalarini – mazkur jarayonning barcha ishtirokchilarini
birlashtiruvchi, ular orasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi doimiy faoliyat
ko‘rsatuvchi kengashlarni shakllantirishdan iboratdir.
Kasb-hunar kollejlari, ishlab chiqarish korxonalari, kasaba uyushmalari,
ta’limning boshqaruvi organlari, bandlik xizmati vakillarini o‘z ichiga oluvchi
Maslahat Kengashlari bunga misol bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Kengashlar ishini
tartibga soluvchi hujjatlar (qoidalar, nizomlar) tayyorlanadi va tasdiqlanadi, uning
barcha a’zolarining manfaatlarini hisobga oluvchi ish tartibi belgilanadi (masalan,
o‘quv rejalarining ishlab chiqarish korxonalari vakillari bilan kelishilgan holda
tuzilishi, o‘qituvchilar va o‘quvchilar stajirovkasi rejalari).
Shunday qilib, ijtimoiy hamkorlik tizimi shakllanishining III-bosqichida kasb-
178
hunar kollejining barcha manfaatdor tomonlar bilan o‘zaro hamkorligi texnologik
darajaga olib chiqiladi. O‘quv muassasasi darajasida ijtimoiy hamkorlik
texnologiyalari shakllantiriladi.
So‘nggi bosqichda erishilgan natijalar doimiy ravishda mustahkamlash va
qo‘llab-quvvatlashni talab qiladi, chunki ko‘p sonli ijtimoiy-iqtisodiy omillar hali
mazkur tizimning barqarorligiga xizmat qilmaydi. Ijtimoiy hamkorlikning me’yoriy
bazasining mavjud emasligi esa ijtimoiy rivojlanishni boshqarishdagi sub’ektiv
asoslarga bog‘liq qilib qo‘yadi.
Kasb-hunar kollejining ijtimoiy hamkorlar bilan ishining samaradorligi va
natija berishi eng avvalo, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashdan iborat bo‘lgan
o‘z manfaatlarini amalga oshirish darajasi bilan belgilanadi. Bugungi kunda kasb-
hunar kollejining asosiy ijtimoiy vazifasi mehnat bozorida talab qilingan
bitiruvchilarni tayyorlashdir. Demak, kasb-hunar kollejining ijtimoiy hamkorlar bilan
olib borayotgan ishining samaradorligini faqat ana shu ish boshlangan vaqtdan keyin
muayyan davr o‘tgandan so‘ng, aniqrog‘i o‘quv muassasasida shakllangan ijtimoiy
hamkorlik tizimi sharoitlarida ta’lim olgan bitiruvchilar mehnat bozoriga chiqib,
muayyan muddat ishlaganidan so‘ng baholash mumkin. Shu sababli boshlang‘ich
bosqichda faqat mazkur yo‘nalishdagi oraliq natijalar haqida gapirish mumkin.
Kasb-hunar kollejining ijtimoiy hamkorlik sohasidagi ishning natijasi va
samaradorligining indikatorlari sifatida quyidagi ko‘rsatkichlar xizmat qilishi
mumkin:
· bitiruvchilarning mehnat bozorida talab qilinishi. Ishga joylashishning aniq-
ravshan foizlari haqida gapirishi ancha qiyin, chunki mehnat bozoridagi vaziyat juda
o‘zgaruvchan va ko‘p omillarga bog‘liq. Shunga qaramay, masalan, ta’lim
muassasasining yangi sheriklik aloqalari o‘rnatishi bo‘yicha ish boshlangan paytidan
boshlab o‘tgan davr mobaynida bitiruvchilarning ishga joylashish ko‘rsatkichlari
dinamikasi bo‘yicha ijtimoiy hamkorlikning mutaxassislar tayyorlash sifatiga
ta’siriga qandaydir baholar berish mumkin;
· kasb-hunar kollejining ta’lim xizmatlari bozorida talab qilinishi va sh.k.
Ijtimoiy hamkorlik tizimi ishining samaradorligiga mazkur o‘quv muassasasi
ishlayotgan ta’lim xizmatlari bozori segmentining kengayib borayotganligiga qarab
baho berish mumkin. Bu o‘rinda so‘z o‘quvchilar kontingentining ko‘payishi,
qo‘shimcha tarzda turli toifadagi tinglovchilarning - talabalar va o‘quvchilardan tortib
ishsizlargacha va kasb-hunar bo‘yicha qayta tayyorlovdan o‘tishga intilayotgan
aholigacha jalb etish haqida boradi. Tabiiyki, turli ta’lim dasturlari milliy va
mitaqaviy ta’lim muassasa va bandlik xizmatlari byudjetlaridan tortib, to
fuqarolarning shaxsiy mablag‘larigacha turli moliyalashtirish manbalariga ega
bo‘lishlari mumkin.
· Har xil turdagi ta’lim xizmatlarini amalga oshirish hisobiga byujetdan
tashqari moliyalashtirishning amalga oshirilishi.
Turli toifadagi ijtimoiy hamkorlarning vakillari bilan shartnomalarning
mavjudligi kasb-hunar kolleji ishining samaradorlik ko‘rsatkichlaridan biri sifatida
xizmat qilishi mumkin. Tabiiyki, shartnomaviy munosabatlar amaliy xususiyatini
baholash mumkin bo‘lishi uchun bunday ko‘rsatkich boshqa indikatorlar bilan bir
majmuada qaralishi lozim. Bunday shartnomalarga quyidagi bitimlar kiradi:
179
· o‘quvchilarga amaliy bilim berish;
· o‘quv muassasasi xodimlarining ishlab chiqarish korxonalarida malaka
oshirishi;
· bitiruvchilarni ishga joylashtirilishi;
· o‘quv-uslubiy va o‘quv-tarbiyaviy ishlar sohasida hamkorlik;
· ijtimoiy hamkorlar ishtirokida o‘qituvchilar attestatsiyasi;
· uzluksiz ta’lim va hakozo.
Kasb-hunar kollejining hisobot-rejalashtirish va me’yoriy xujjatlarida ijtimoiy
hamkorlik bo‘yicha tadbirlarning mavjudligi. Agar kasb-hunar kollejida ijtimoiy
hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasidagi ishlar hujjatlarda qayd etib qo‘yilsa, bu
yo‘nalishdagi faoliyat ancha tezroq boradi.
Aks holda mehnat bozorini baholash, o‘qituvchilar stajirovkasini tashkil etish,
ishlab chiqarish korxonalari vakillarining attestatsiyaning har xil turlarida ishtirok
etishi va boshqalar oddiy istaklarga aylanib qolishi yoki izchil xususiyatga ega
bo‘lmay tarqoq lavhalar tarzida amalga oshirilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |