“kasbiy pedagogika” fan sifatida


turli shakllarini amalga oshirishning ahamiyati



Download 0,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet194/222
Sana16.06.2021
Hajmi0,91 Mb.
#66733
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   222
Bog'liq
kasbiy pedagogika

turli shakllarini amalga oshirishning ahamiyati.
1. Kasb-hunar ta’limida ijtimoiy muloqot, ijtimoiy hamkorlik tushunchasi
Ijtimoiy hamkorlik – deganda jamiyat yoki ma’lum ommaning siyosiy,
iqtisodiy, madaniy va boshqa ehtiyojlarini qondirishga oid faoliyat bilan bog‘liq
ishlarni amalga oshirishda bir-biriga ko‘mak berish tushuniladi. Ijtimoiy muloqot
ijtimoiy hamkorlikni amalga oshirishning asosiy mexanizmi hisoblanib, u ijtimoiy,
iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy, texnik- texnologik va shu kabi yo‘nalishlarda bo‘lishi
mumkin. Hayotiy tajribalar va tahlillarimiz ijtimoiy hamkorlik bevosita kasb-hunar
ta’limi sohasi uchun ham xos xususiyat ekanligidan dalolat bermoqda. Bu holat bozor
iqtisodiyoti sharoitida yanada yorqinroq namoyon bo‘lib, hamkorlikni teng
huquqliligi, manfaatdorligi asosida amalga oshiriladi. Manfaatlarni
muvofiqlashtirshda eng avval moddiy rag‘bat sifatida ish haqi, tomonlar kelishishi,
shart-sharoit, tomonlar burchi va huquqlari amaldagi qonunchilik hujjatlariga binoan
ishlab chiqiladi va u ish beruvchilar va kasb-hunar kollejlari bilan cheklanib
qolmasdan, boshqa ko‘plab tomonlarni ham o‘z ichiga qamrab oladi. Chunki
tayyorlanayotgan mutaxassis kadrlarning kasbiy tayyorgarlik darajasiga ta’sir
ko‘rsatuvchi: yuqori malakaliligi, keng ixtisosligi, yangi shart-sharoitga tez
fursatlarda moslashishi, mustaqilligi, ishbilarmonligi, faolligi, ijodkorligi kabilar
bozor munosabatlari sharoitida mutaxassisni ijtimoiy himoyalash omillari sifatida o‘z
ta’sirini ko‘rsatadi.
Demak, yuqorida sanab ko‘rsatilgan xislatlar kasbiy tayyorgarlik ko‘rish
jarayonida shakllanishi zarur. Bunga faqat davlat tomonidan ajratilgan mablag‘  bilan
to‘liq erishish imkoniyati mavjud emasligi isbot talab etmaydigan hayotiy haqiqatdir.
Shuning uchun ham mustaqil Respublikamizda kechayotgan tub o‘zgarish va bozor
munosabatlari bilan uyg‘un (mos, mushtarak, adekvat)likni ta’min etuvchi ijtimoiy
hamkorlik mexanizmini ishlab chiqish hamda amalga joriy etish zaruriyatini taqozo
etmoqda.
Ishlab chiqarishning mutaxassis kadrlarga qo‘ygan talablari shubhasiz kasb-
hunar ta’limida asosiy mo‘ljal (maqsad va vazifa) bo‘lib xizmat qiladi. Bu jarayonda
bevosita inson omilini ishtirok etishi o‘z navbatida ijtimoiy muloqot, munosabat va
o‘zaro kelishuvni talab etadi.
Ishlab chiqarish korxonalarining kasb-hunar kollejlari faoliyatidagi o‘rni
kerakli materiallar, uskunalar, dastgohlar bilan ta’minlash, bitiruvchilarni ishga
joylashtirish kabi o‘ta muhim muammolar bevosita bog‘liq bo‘lganligi bois bugungi
kunda aksariyat ishlab chiqarish korxonalari iqtisodiy sabablarni bahona qilib,
hamkorlikda ishtirok etmayaptilar. Hamkorlik kichik korxonalar kesimida deyarli
mavjud emas. Mavjud holat “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablarini ham
bajarilishiga o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatishi tabiiy holdir. Shuning uchun ham
kasb-hunar ta’limi sohasida ijtimoiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda oliy va o‘rta
maxsus ta’limi, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirliklari, ularning
joylardagi organlari, bandlik masalalari bo‘yicha xizmatlar, ish beruvchilar, hokimlik,
kasaba uyushmalari, fuqarolarnig o‘z-o‘zini boshqarish organlari (mahalla) kabilarni


172
bu ishga jalb etish vaqti allaqachon yetgan. Bu hamkorlikni ta’min etish bilan kasb-
hunar ta’limining nufuzi ko‘tarilib, mavqei ham mustahkamlanishi mumkin.
Tahlillarimiz natijasi kasbiy ta’lim sohasidagi o‘zaro hamkorlikni yo‘lga
qo‘yishda quyidagilar o‘ziga xos to‘siq bo‘layotganligidan darak bermoqda:
·
kasb-hunar ta’limi sohasidagi boshqaruv va pedagog kadrlarning bozor
iqtisodiyoti sharoitida tashabbus bilan faoliyat ko‘rsatishga tayyor emasliklari;
·
korxonalarning mutaxassis kadrlar tayyorlash va ularning malakasini
oshirish jarayonidagi ishtirokining keskin pasayib ketishi;
·
ish beruvchilarning yuqori malakali kichik mutaxassis kadrlar
tayyorlashdan manfaatdorligini rivojlantirish uchun huquqiy me’yoriy asoslarning
ishlab chiqilmaganligi;
·
mehnatkashlarning huquqlarini va shu jumladan, ularning ishlab
chiqarishdan ajralgan va ajralmagan holda kasb-hunar ta’limini olish hamda malaka
oshirish huquqlarini himoya qiluvchi kasaba uyushmalari mavqeining zaifligi;
·
yoshlar va aholining kasb-hunar ta’limidan manfaatdor bo‘lgan boshqa
guruhlarining muammolari bilan shug‘ullanuvchi fuqarolik jamiyatining ko‘ngilli
tashkilotlarini tuzish va faoliyat ko‘rsatishi bo‘yicha tajribalarning yetarli darajada
emasligi;
·
mahalliy o‘z-o‘zini boshqaruv organlari funksiyalari va moddiy
imkoniyatlarining  cheklanganligi kabilar.
10-chizma

Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish