“kasbiy pedagogika” fan sifatida


Kasb-hunar ta’limi sohasida ijtimoiy hamkorlarining asosiy turlari



Download 0,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet196/222
Sana16.06.2021
Hajmi0,91 Mb.
#66733
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   222
Bog'liq
kasbiy pedagogika

2. Kasb-hunar ta’limi sohasida ijtimoiy hamkorlarining asosiy turlari
· ish beruvchilar;
· xodimlarning birlashmalari (kasaba uyushmalari, jamoat tashkilotlari);
· davlat boshqaruvi organlari, shu jumladan bandlik xizmati.
O‘quv muassasasi darajasida ushbu ro‘yxat ta’lim xizmatlari bozorining
sub’ektlari hisobiga to‘ldiriladi, ya’ni, biz faqat ishlab chiqarish korxonalarini va
mehnat bozorini tartibga soluvchi institutlarnigina emas, balki boshqa ta’lim
muassasalarini, shu jumladan, ta’limning boshqaruv organlarini ham kasb-hunar
kollejining ijtimoiy hamkorlari  sifatida qarashimiz kerak.
Shu tariqa, ta’lim muassasasi darajasida ijtimoiy hamkorlarning ikki
toifasi, ikki turi haqida gapirish mumkin: mehnat bozori vakillari va ta’lim
xizmatlari bozorining vakillari. Bunday bo‘linish prinsipal xususiyatga ega
bo‘lib, faqat o‘zaro hamkorlikning xususiyati va usuligina emas, balki ana shu
hamkorlik davomida amalga oshiriluvchi manfaatlar tizimi ham turlanish uchun
asos bo‘lib xizmat qiladi.
An’anaviy ravishda ish beruvchilar har doim kasb-hunar kollejining asosiy
hamkori sifatida qaralgan, chunki ular o‘quv muassasasi «mahsuloti»ning asosiy
iste’molchilari hisoblanadi va ta’lim muassasasining rivojlanish istiqboli ko‘p
jihatdan ularga bog‘liq. So‘nggi paytlarda mehnat bozorida paydo bo‘layotgan
ishlab chiqarish korxonalarining turli–tumanligi ijtimoiy hamkorlik tizimini
yaratish bo‘yicha ish boshlayotgan kasb-hunar kollejining vazifasini
murakkablashtiradi.
Ish beruvchilar bilan ishni rejalashtirishda faqat korxonaning mulkchilik
shaklini, uning mehnat bozoridagi o‘rnini emas, balki mazkur korxona ishlayotgan
iqtisodiyot sektorining o‘zini ham rivojlanish istiqbollarini hisobga olishi zarur. Faqat
ushbu muammoning muhimligini tushunganlargina bu borada faollikni
to‘xtatmadilar, aksincha o‘zlarining ta’lim tuzilmalarini, o‘quv markazlarini tashkil
etib, o‘z xodimlarini kurslarga, stajirovkalarga yuborib, kadrlar tayyorlashni
jadallashtirdilar. Ta’lim boshqaruvi davlat organlari standartlar ishlab chiqish orqali
kasb-hunar ta’limini rivojlantirish siyosatini belgilaydi va o‘quv muassasasi rioya
qilishi lozim bo‘lgan qoida hamda me’yorlarni aniqlaydi. Davlatning kasb-hunar
kollejlari  oldiga qo‘yadigan asosiy talabi - bu standartni bajarish va ta’lim xizmatlari
sifatini ta’minlashdir. Davlat organlari bilan o‘zaro hamkorlikning bo‘lmasligi kasb-
hunar kollejining faoliyat ko‘rsatishida uzilishga sabab bo‘ladi, mehnat bozorida ham,
ta’lim xizmatlari bozorida ham uning mavqeini zaiflashtiradi. O‘z navbatida davlat
boshqaruvi organlarining kasb-hunar kollejlari bilan hamkorlik tizimida ishlashining
yangi sharoitlari ularga ta’lim xizmatlari bozorining asosiy hamkorlari faoliyatini
muvofiqlashtirish, kadrlar tayyorlashni rejalashtirish va tashkil etishi bo‘yicha alohida
mas’uliyat yuklaydi.


175
Bandlik xizmati bilan hamkorlikning ijobiy tajribasi mehnat bozorini birgalikda
o‘rganish va tahlil qilish, korxonalarning ehtiyojlarini taxmin qilish hamda ishsizlarni
qayta tayyorlash bo‘yicha ta’lim muassasalarining bazalaridan foydalanishdan
iboratdir.
Ta’lim muassasalari bilan bandlik xizmati, mahalliy hokimiyat organlari
o‘rtasida mavjud bo‘lgan ularning yangi sharoitlarda ta’lim muassasalari ishining
sifatiga ishonchining yo‘qolishiga, kasb-hunar ta’limi tizimining obro‘sining tushib
ketishiga asoslangan ziddiyatlar kasb-hunar ta’limining bundan keyingi taraqqiyoti
ko‘p jihatdan ularga bog‘liq bo‘lgan eng asosiy hamkorlar o‘rtasida muloqotning
yo‘qligidan dalolat beradi.
Mehnat bozorining sub’ektlari bo‘lgan jamoat tashkilotlariga tadbirkorlarning
assosiatsiyalarini, turli korxonalarni va kasaba uyushmalarini birlashtiruvchi
birlashmalarini kiritish mumkin. Afsuski, ijtimoiy hamkorlarning ushbu toifasi
hozircha ta’lim siyosatini shakllantirishda faollik ko‘rsatmayapti. Sheriklarning ushbu
toifasi bilan hamkorlikni rivojlantirish jamiyatdagi ijtimoiy keskinlikni yumshatishga,
ularning kasb-hunar ta’limini tashkil etishidagi mas’uliyatini oshirishga, kasb-hunar
ta’limiga oid qonunchilik jarayonlariga ta’sirini kuchaytirishga xizmat qilgan bo‘lar
edi.
Jadal rivojlanayotgan ta’lim xizmatlari bozori kasb-hunar ta’limi o‘quv
muassasasini mazkur bozorning ichida muloqotni yo‘lga qo‘yishga, aloqalarni
mustahkamlashga rag‘batlantiradi. Boshlang‘ich, o‘rta va oliy kasb-hunar ta’limi
muassasalari hamda davlat va nodavlat muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik tajribasi
keyingi paytlarda kasb-hunar tayyorgarligining turli darajalarida yuzaga kelgan va
o‘tkirlashib borayotgan ziddiyatlarni hal etishiga urinishdir.
Kasb-hunar ta’limida ijtimoiy hamkorlik tizimini rivojlantirishning ob’ektiv
zaruratiga va bundan umumiy manfaatdorlikning yaqqol ko‘rinib turishiga qaramay
mazkur tizimning vujudga kelish jarayoni hozircha juda sust borayapti va bir qator
qiyinchiliklarga duch kelmoqda.

Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish