“kasbiy pedagogika” fan sifatida


Ta’lim texnologiyasining umumiy asoslari



Download 369,63 Kb.
bet53/80
Sana11.03.2022
Hajmi369,63 Kb.
#489399
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   80
Bog'liq
“kasbiy pedagogika” fan sifatida

2. Ta’lim texnologiyasining umumiy asoslari


Ta’lim texnologiyasi nazariyasining umumiy asoslarini uning qonuniyatlari, tamoyillari, maqsadi, mazmuni, vazifalari, ob’ektiv hamda sub’ektiv omil, asosiy tushuncha va mezonlari kabilar tashkil etadi. «Ta’lim texnologiyasi» iborasi esa inglizcha “an educational technology” - ta’lim berish san’ati, mahorati ma’nosini anglatadi.
Tahlillarimiz G‘arbiy Yevropa hamda AQShda shaxsga ta’lim-tarbiya berish va uni rivojlantirish jarayoni “Ta’lim jarayoni” deb yuritiladi, shunga ko‘ra mazkur mamlakatlarda “pedagogik texnologiya” emas, “ta’lim texnologiyasi” iborasi qo‘llaniladi.
Shuning uchun ham biz “pedagogik jarayon”, “pedagogik texnologiya”, “ta’lim texnologiyalari” iboralaridan sinonim sifatida foydalanamiz. Bundan ming yil muqaddam (870–950) yillar) yashab, ijod etgan buyuk bobokalonimiz Abu Nasr Forobiy biror sohada faoliyat ko‘rsatish maqsadida bo‘lsangiz eng avvalo quyidagi qoidaga amal qilishingiz zarur.
Manbalar tahlili bu tushunchaga turlicha izoh berilganligidan dalolat beradi.
Bu holat ma’lum ma’noda to‘g‘ri, chunki har bir shaxs unga turli nuqtai nazardan yondoshadi. Lekin bir sohada faoliyat ko‘rsatuvchi mutaxassislar uchun yakdillik bilan qabul qilingan izoh albatta zarur. Hatto YUNESKO tashkiloti bergan izoh ham olimlarimiz tomonidan turlicha talqin etilganligiga guvoh bo‘lib turibmiz.
Hozirgi paytda aksariyat mamlakatlar, shu jumladan Respublikamiz uzluksiz ta’lim tizimida ham turlicha nomlangan texnologiyalardan foydalanilmoqda. Bu texnologiyalarning barchasi ma’lum umumiylikka ega bo‘lib, ular xususiy jihatlariga binoan tasniflanishi V.S.Kukushin, G.K.Selevko, G.Berdiyev kabi ko‘plab olimlar tomonidan ko‘rsatilgan.
Mustaqil Respublikamiz ta’lim sohasidagi islohotlar ta’lim-tarbiyaning samarali omillaridan keng ko‘lamda foydalanish, bu jarayon qatnashchilari orasida ongli hamkorlik munosabatlarini yo‘lga qo‘yish, o‘quvchilarning shaxsiy xususiyatlari va milliy mentalitetini hisobga olishni taqozo qiladi.
Bu xayrli ishga Respublikamiz olimlari va amaliyotchilari ham baholi qudrat o‘z ulushlarini qo‘shmoqdalar.
Biz ko‘p sonli pedagog olimlar va amaliyotchilar tomonidan bildirilgan fikrmulohazalarga qo‘shilgan holda ta’lim-tarbiya ishida o‘quvchilarning faolligini ta’min etuvchi omillardan oqilona foydalanish hozirgi zamon va istiqbol talabi deb bilamiz.
Faol ta’lim omillaridan foydalanish g‘oyalari XIV-XVI asrlarda ilgari surilgan bo‘lib, o‘quvchilarga tayyor o‘quv materiallarini emas, balki ularni ongli, mustaqil izlanuvchan faoliyatlari orqali o‘zlashtirishlariga erishish zarur, ana shunda bilim, va shaxsiy fazilatlar muhim qiymatga ega bo‘lishi ko‘rsatilgan.
O‘quvchilar shaxsida mustaqillik, tashabbuskorlik, javobgarlik his-tuyg‘ulari tanqidiy fikrlash kabi sifatlarni shakllantirishda faol ta’lim omillaridan foydalaniladi. Bunday omillar nomidan ma’lum bo‘lib turibdiki, bu jarayon o‘quvchilarning o‘ziga xos individual xususiyatlarini rivojlantirish, namoyon etishiga shart-sharoit yaratish uchun qo‘llaniladi.
Ma’lumki, ta’lim-tarbiya jarayonida shaxsning jadal rivojlanishi, moddiy va ma’naviy qadriyatlarni o‘zlashtirishi faqat uning shaxsiy faoliyati orqali amalga oshadi. Agar o‘quvchi o‘zining o‘quv-bilish faoliyati mohiyatini anglab yetmasa, barcha xatti-harakatlari tashqi tazyiq natijasida amalga oshirilib, o‘zlashtirgan bilimlari rasmiy xarakterga ega bo‘ladi.
Bundan shaxs rivojlanishida irsiyat, ta’lim tarbiya, muhit bilan birga shaxsiy faoliyat muhim ahamiyat kasb etishi kelib chiqadi. Shaxs faoliyati uning ichki dunyosi, tafakkuri kechinmalari, diqqati, xayoli, hissiyoti bilan uzviy bog‘liq. O‘qituvchining mahorati o‘quv materialini pedagogik qayta ishlab, o‘quvchida unga nisbatan ongli munosabat paydo qiladigan holatda yetkazishdan iborat. Chunki shaxsmotiv, hissiyot, shaxsiy fikr va xatti–harakatlar vositasida namoyon bo‘ladi.
Demak, faol ta’lim o‘quvchi o‘quv-bilish faoliyatini ongli tashkil etish bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, muammoli izlanish, tadqiqotchilik, dialogik va poliologik muloqot va munosabatlarni talab etiladi.
Bu g‘oyalar bugungi kunda ham o‘z dolzarbligini saqlab qolgan va yetarli darajada tadqiq etilmagan, pedagogik muammo sifatida e’tirof etiladi.
Ma’lumki, har qanday pedagogik texnologiya ta’lim-tarbiya qonuniyatlari va prinsiplariga asoslanib, mazmunni yangicha shakllantirish, uni o‘quvchilar mulkiga aylantirishning maqbul shakl, yo‘l, vositalaridan foydalanish, shart-sharoitlarini yaratish hamda ulardan oqilona foydalanishni ko‘zda tutadi. Bunda maqbullik ta’limtarbiya jarayoni ishtirokchilari tomonidan imkon qadar kam zo‘riqish kuchlari, vaqt sarf etgan holda har tomonlama mukammal bilim va shaxsiy fazilatlarni shakllantirilishini maqsad qilib olmog‘i zarur.
Pedagogik texnologiya turlarini tanlash - shakllantirilishi ko‘zda tutilgan bilim, shaxsiy fazilatlar, mashg‘ulotlarning tashkiliy shakli, qo‘llanilayotgan metodlar, vositalar va shu kabi ko‘plab omillarga bog‘liq. Masalan, o‘quvchilarda ijodiy tafakkurni rivojlantirish, o‘quv materialiga nisbatan tanqidiy yondoshish malakalarini shakllantirish hamda mahsuldor o‘quv-bilish faoliyatlarini tashkil etishda binar yoki integrativ dars, ishchanlik yoki rolli o‘yin, evristik suhbatdan foydalanish tavsiya etiladi. Mazkur vaziyatda ta’lim-tarbiya metodlari qo‘yilgan maqsad bilan albatta mutanosib bo‘lishi kerak.

Download 369,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish