Kasbiy pedagogika” fan sifatida Reja: “Kasb ta’limi pedagogikasi” fanining maqsad va vazifalari



Download 492,19 Kb.
bet111/128
Sana08.03.2022
Hajmi492,19 Kb.
#486198
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   128
Bog'liq
3.1. Маъруза матнлари

Ko‘rik tanlovlar – pedagogik jarayon natijalari sifatini oshirishga qaratilgan bo‘lib, “Yilning eng yaxshi o‘qituvchisi”, “Mohir usta”, “Ilg‘or guruh rahbari” “Namunali murabbiy” kabi mavzularda ko‘rik tanlovlar o‘tkazish mumkin. Ko‘rik-tanlovlarni o‘tkazish tartibi har bir kollej, viloyat yoki respublika miqyosida belgilanadi hamda uning g‘oliblari rag‘batlantiriladi.
Ilg‘or tajriba maktabi – eng avvalo o‘qituvchi, muhandis-pedagoglarda pedagogik jarayonni yaxlit holda takomillashtirishga oid tajribalarni o‘rganish, ommalashtirish kabilarni ko‘zda tutadi.
Kitobxonlar konferensiyasi – kasb-hunar kollejlari o‘qituvchilari, muhandis-pedagoglari faol ishtirokida o‘tkaziladi. Konferensiyaga muhokama etiladigan materiallarni tayyorlagan mualliflar bilan birga ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy o‘quv yurtlari professor o‘qituvchilari, ishlab chiqarish korxonalaridan vakillar taklif etiladi.
Kitobxonlar konferensiyasida ilmiy-uslubiy adabiyotlar, ularning dolzarbligi, amaliy masalalarni yechishdagi ahamiyati, yangiligi, ularni pedagogik jarayonga joriy etishdan kutilayotgan samaralar nuqtai nazaridan tahlil etilgan holda baholanadi.
Ochiq dars - uslubiy ishlarning keng tarqalgan shakli. Bunda o‘qituvchilar va muhandis-pedagoglarning ochiq darslarda ishtirok etishi va o‘zaro darslarga kirishi muhim ahamiyatga ega.
Odatda, ochiq darslar va o‘zaro darslarga kirish o‘qituvchilarga kasbiy pedagogik mahoratini yuqori ekanligini ko‘rsatib berish bilan birga yosh o‘qituvchilarga o‘rnak ko‘rsatishdan iboratdir. Unda yosh o‘qituvchilarning ishtirok etishlaridan ko‘zlangan maqsad – tajriba almashish, darsni tashkil etishning yangi shakllari, amalga oshirishning samarali metod va vositalarini tanlay bilishga o‘rgatishdan iborat. Ta’lim jarayonida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar tufayli ochiq darsni muhokama qilish jarayonida o‘quvchilarning faolligi, mustaqil fikr yuritishi, o‘quv materialini o‘zlashtirish darajasi, o‘quv materialining hayot va amaliyot bilan bog‘liqligi, predmetlararo aloqaning ta’minlanganligi, muammoli vaziyatlarni vujudga keltirilganligi, o‘quvchilarning ijodiy izlanishga yo‘naltirilganligi, ta’lim-tarbiya va rivojlanishning mushtarakligini ta’minlanganligiga e’tibor berish muhim hisoblanadi. Shu o‘rinda aytib o‘tish zarurki, mashg‘ulotlarni ochiq dars deb atash shartli bo‘lib, ularni namunaviy dars deb yuritish maqsadga muvofiq ko‘rinadi. Talim muassasalarida tashkil etilib, o‘tkaziladigan barcha darslar ochiq, oshkoralik ruhida o‘tkazilgandagina ko‘zlangan maqsadga erishish mumkin.

Download 492,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish