Kasbiy pedagogika” fan sifatida Reja: “Kasb ta’limi pedagogikasi” fanining maqsad va vazifalari


Kasb-hunar ta’limida innovatsion tehnologiyalar



Download 492,19 Kb.
bet102/128
Sana08.03.2022
Hajmi492,19 Kb.
#486198
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   128
Bog'liq
3.1. Маъруза матнлари

Kasb-hunar ta’limida innovatsion tehnologiyalar
Reja:
1. Ta’lim jarayonlarini tahlil etishda qo‘llaniladigan pedagogik kategoriyalar.
2. O’quvchi-yoshlarda manaviy-axloqiy odatlarni tarbiyalash jarayoni va uning vazifalari.
3. Kasb ta’limi muassasalarida axloqiy tarbiyani tashkil etish muammosi.


Tayanch so’z va iboralar: pedagogik kategoriyalar, pedagogic texnologiya, innovatsion texnologiya, loyihalash.


1. Ta’lim jarayonlarini tahlil etishda qo‘llaniladigan pedagogik kategoriyalar
Tarkib topgan ta’limning eng muhim unsurlari qadimdan shakllanib kelgan va u hozirda ham o‘zining ahamiyatini yo‘qotmagan. Ta’lim maqsadi, mazmuni, shakl, uslub va vositalari pedagogikada ta’lim jarayonlarini tahlil etishda qo‘llaniladigan an’anaviy kategoriyalar hisoblanadi. Aynan o‘sha kategoriyalar malum bir predmet, mutaxassislik yoki ixtisoslik bo‘yicha o‘quv tarbiyaviy jarayonni tashkil qiluvchi pedagog faoliyatining predmeti sifatida yuzaga chiqadi. O‘ayd etilgan pedagogik kategoriyalar maqsadga muvofiq ravishda yo‘naltirilgan pedagogik va o‘quv faoliyatining qonuniyat hamda mezonlarini tizimlashtiruvchi omil vazifasini bajaradi.
Uzoq yillar mobaynida pedagogik kategoriyalar hajmi jamiyat talabi darajasida maqsadlarni ro‘yobga chiqarish uchun yetarli bo‘lib kelgan. Tan olish kerakki, pedagoglar ommasi barcha davrlarda pedagogik faoliyatni qoniqarsiz ahvolda deb baholab kelganlar. Bu o‘rinda pedagogik tushunchalarning tarif va tavsiflarining noaniqligi, ta’lim jarayonlarini tavsiflovchi bazi kategoriyalarning yetishmasligi, ta’lim maqsadi, mazmuni, shakl, uslub va vositalari o‘rtasida o‘zaro uzviylikning mavjud emasligi hamma vaqt tanqid ostiga olib kelingan va bunday mulohaza hozirga qadar saqlanib kelmoqda. Ushbu fikr bizningcha quyidagi ikkita muammoning mavjudligi bilan izohlanadi: birinchidan, kasbiy pedagogik ma’lumotga ega o‘qituvchilarning kasbiy mahorat darajasining pastligi, ikkinchidan, maxsus pedagogik tayyorgarlik va savodxonlikka ega bo‘lmagan pedagoglarning sonining salmoqli ekanligi.
Ta’lim natijalari o‘rganuvchining pedagogik jarayonlardan qanday salohiyat bilan o‘tganligiga bog‘liq.
Pedagogik jarayon mohiyati-o‘qituvchining ta’lim oluvchi ishtirokidagi faoliyatida o‘z aksini topadi, bunda pedagog qiyinchiliklarni yengib o‘tish yo‘lida ta’lim oluvchiga yordam beradi. Pedagogik yordamning mohiyati pedagogik jarayonni yo‘naltirganligi, tavsifi, shaxsni shakllantirish va tarbiyalashda hal etiladigan vazifalarni o‘zida aks ettirganligi bilan ifodalanadi. Pedagogik yordam elon qilingan, ko‘rsatilgan, eslatilgan, tushuncha berilgan, yo‘naltirilgan, haqqoniylashtirilgan, maslahat berilgan, kengashilgan, bartaraf etilgan, hamdardlik qilingan, ilhomlantirilgan, qiziqish va hurmatni izhor qilgan, talabchanlikni qo‘llab-quvvatlagan hollarda yordam beradi.

Download 492,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish