NAZORAT SAVOLLARI
Axborot xavfsizligini tashkil etuvchilari va ularning asosiy vazifalari?
Milliy xavfsizlik tushunchasi?
Milliy xavfsizlikni shartli ravishda tashkil etuvchilarini sanab o‘ting.
Axborot xavfsizligining mohiyati?
Axborot xavfsizligini ta’minlash vazifalari va u qaysi asosiy guruhlarni o‘z ichiga oladi?
Axborot xavfsizligini ta’minlash asosiy vazifalari qamrab olgan konfidensiallik, yaxlitlik, identifikatsiya va autentifikatsiya kabi masalalarini yoritib bering.
2.Mavzu:Korxona va tashkilotlarda axborot xavfsizligini aniqlash. Ma’lumotlarni ximoya qilish. DLP tizimidan foydalanish
Reja: 1-Korxona va tashkilotlarda axborotlarga taxdid turlari
2-DLP tizimi haqida ma’lumot
Tayanch iboralar: Axborot xavfsizligi, DLP, tizim, filtr, konfidensiallik, buzg‘unchi, IT, IP, xavfsizlik, xavfsizlik mexanizmlari, yaxlitlik, vakolat berish,foydalanishni nazoratlash.
1-Korxona va tashkilotlarda axborotlarga taxdid turlari
Ayni davrda butun dunyo bo‘ylab axborot texnologiyalari vositasida ma’lumotlar almashinuvi hajmi ko‘payib borgani sayin axborot xavfsizligini ta’minlash masalasi tobora dolzarb bo‘lib bormoqda. Ayniqsa ma’lumotlarni o‘zgartirish, o‘g‘irlash, viruslash kabi noqonuniy harakatlar avjiga chiqib turgan bir paytda, ma’lumot egalari bunday holatlarni oldini olish uchun zo‘r berib chora izlashga va tegishli tadbirlarni qo‘llashga majbur bo‘lishmoqda.
Ushbu maqolamizda ma’lumotlarni chiqib ketishini oldini olish uchun bugungi kunda DLP toifasiga kiruvchi yechimlardan foydalanish nega yetarli emasligini ko‘rib chiqamiz hamda DAG toifasiga kiruvchi tizimlar yordamida qo‘shimcha asbob sifatida foydalanib DLP tizimlar ishining samaradorligini qanday oshirish mumkin va nima uchun yaxlit yondashuv ma’lumotlarni himoyalash vositalarining eng samaralisi bo‘lib hisoblanadi degan savollarga javob beramiz.
Ommaviy axborot vositalarida turli faoliyat bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalarda navbatdagi ma’lumot chiqib ketishi to‘g‘risidagi yangiliklar kundan-kunga ko‘payib bormoqda. Bundan ko‘rilgan zararlar ochiq axborot manbalarga ko‘ra faqat Rossiyaning o‘zida yuzlab million rublga baholangan. Yil sayin ma’lumotlarning oshkor bo‘lishi, o‘g‘irlanishi yoki chiqib ketishi bilan bog‘liq muammolarning dolzarbligi oshib bormoqda, muhim ahamiyatga ega bo‘lgan axborotlarni himoyalash va ularning chiqib ketish ehtimolini minimal darajagacha kamaytirish zamonaviy kompaniyalarning aksariyati uchun eng asosiy vazifalardan bo‘lib ulgurgan.
Ma’lumotlar chiqib ketishini oldini olish vositalari bo‘lib turli axborot xavfsizligi tizimlari xizmat qilishi mumkin. Biroq, ko‘pincha bu – kompaniya ishchilari (ichki xavflar) tomonidagan keladigan xavflarga qarshi yo‘naltirilgan vositalar. Ma’lumotlar chiqib ketishi bexosdan va qasddan ro‘y berishi mumkin. Bexosdan amalga oshirilgan ma’lumotlar chiqib ketishiga misol qilib adashib maxfiy ma’lumot ilova qilingan xat jo‘natilishini, masofadan ishlash uchun muhim ahamiyatli axborotli hujjatni tashqi tashuvchiga ko‘chirib olish kabi va boshqa holatlarni keltirish mumkin. Kompaniyalarning asosiy muammosi qasddan, ya’ni lavozim vakolatlariga muvofiq yoki haddan tashqari kirish huquqi ko‘pligi sababli muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ma’lumotlarga kirish huquqi bo‘lgan xodimlarning anglangan holda noqonuniy harakatlar amalga oshirishi bilan bog‘liq xavflar.
Hozirgi vaqtda ma’lumotlarning chiqib ketishini oldini olishga mo‘ljallangan vositalarning birontasi ham ushbu vazifani to‘liq bajara olmaydi, shuning uchun yechimlarni yetkazib beruvchilar foydalanish uchun kompleks variantlarni yaratib va ularni integratsiyalashning turli imkoniyatlarini ko‘rib chiqqan holda kundan-kunga bir nechta toifaga tegishli tizimlarni birlashtirish zarurligini tushunib bormoqdalar.
Bugungi kunda DLP texnologiyalarni ma’lumotlarni chiqib ketishdan himoyalash usullaridan eng tarqalgani hisoblanadi. Ushbu toifaga tegishli yechimlar butun dunyo bo‘ylab aksariyat korxona va tashkilotlarda joriy qilingan, ularning asosiy funksiyasi xodimlar tomonidan muhim ahamiyatga ega ma’lumotlar korporativ tarmoqdan tashqariga noqonuniy tarzda uzatilishi holatlarni kuzatib borish va bartaraf qilishdan iborat
Do'stlaringiz bilan baham: |