3.Axborot xavfizligi huquqiy asoslari
Hozirda 29 avgust 1997 yili qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining milliy xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” qonuni amalda. Ushbu qonunga asoslanib milliy xavfsizlik tushunchasiga quyidagicha ta’rif berish mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining milliy xavfsizligi deganda O‘zbekiston Respublikasining suverenitetini ifodalovchi va hokimiyatning yagona manbai hisoblanuvchi ko‘p millatli xalqining xavfsizligi tushuniladi.
Milliy xavfsizlikning, shartli ravishda, quyidagi tashkil etuvchilarini ko‘rsatish mumkin:
iqtisodiy xavfsizlik;
ichki siyosiy xavfsizlik;
ijtimoiy xavfsizlik;
ma’naviy xavfsizlik;
halqaro xavfsizlik;
axborot xavfsizligi;
xarbiy xavfsizlik;
chegaraviy xavfsizlik;
ekologik xavfsizlik.
Iqtisodiy xavfsizlik – shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy sohadagi hayotiy muhim manfaatlarining ichki va tashqi tahdidlardan himoyalanganligi.
Ichki siyosiy xavfsizlik – hokimiyat institutlarining barqarorligi va samaradorligi, hokimiyat tuzilmalarining siyosiy jarayonlarni nazoratlash qobiliyati, aksariyat fuqarolar tomonidan madadlashga erishish, jamiyatda siyosiy barqarorlikni ta’minlovchi, samarali faoliyat yurituvchi nodavlat siyosiy institutlarning mavjudligi bilan xarakterlanadi.
Ijtimoiy xavfsizlik – shaxs, oila va jamiyatning hayotiy muhim manfaatlarining ichki va tashqi tahdidlardan himoyalanganligi.
Ma’naviy xavfsizlik – bugungi kunda inson ma’naviyatiga qarshi yo‘naltirilgan, bir qarashda arzimas bo‘lib tuyuladigan kichkina xabar ham axborot olamidagi globallashuv shiddatidan kuch olib, ko‘zga ko‘rinmaydigan, lekin zararini hech narsa bilan qoplab bo‘lmaydigan ulkan ziyon yetkazishi mumkin.
Xalqaro xavfsizlik – xalqaro munosabatlar nazariyasida xalqaro xavfsizlik deganda dunyo hamjamiyatining barqarorligini ta’minlovchi xalqaro munosabatlar holati tushuniladi.
Axborot xavfsizligi – mamlakat madaniy mulkining, xo‘jalik sub’ektlari va fuqarolar intellektual mulkining, davlat va kasbiy sirga ega maxsus ma’lumotlarning ishonchli himoyalanganligi holati.
Xarbiy xavfsizlik – xarbiy siyosat O‘zbekiston Respublikasi xarbiy doktrinasida ishlab chiqilgan nizomlarga asosan yuritiladi. Xarbiy doktrina – O‘zbekiston Respublikasining xarbiy xavfsizligining xarbiy-siyosiy, xarbiy-strategik va xarbiy-iqtisodiy asoslarini belgilovchi rasmiy qarashlar mujmui.
Chegaraviy xavfsizlik – O‘zbekiston Respublikasi davlat chegarasi va chegara oldi xududlarining himoyalanganlik holati. Chegaraviy xavfsizlik shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligining juda muhim tashkil etuvchilaridan biri hisoblanadi, chunki davlat barqarorligi uning chegaralarining xavfsizligi bilan uzviy bog‘langan.
Ekologik xavfsizlik.Sivilizatsiyaning atrof – muhitga faol ta’siri natijasida uning ifloslanishi yildan-yilga oshib bormoqda. Ushbu salbiy ta’sir ayniqsa ekologik halokat joylarda, mineral resurslardan va ishlab chiqarishning zararli chiqindilaridan oqilona foydalanilmaydigan joylarda kuchli bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |