Kasbiy faoliyat psixologiyasi


Foydalanilgan adabiyotlar



Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/191
Sana02.01.2022
Hajmi1,72 Mb.
#311190
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   191
Bog'liq
fayl 1706 20210830

Foydalanilgan adabiyotlar 
1.
 
Karimova V
.M.
 Psixologiya: O‗quv qo`llanma. T. 2002. 
2.
 
Karimova  V.M.,  Xolyigitova  N.  Psixologiya:  O‗quv  qo‗llanma  -  TDIU, 
2014. 
3.
 
G`ozuev E.
 
Umumiy psixologiya. - T., 2002. 1- 2 kitob. 
4.
 
Umarov  B.M.,  Psixologiya.    Darslik-  ―Voris  nashriyot‖,  Toshkent,  2012  y. 
270 b 
5.
 
www.expert.psychology.ru 
6.
 
www.psycho.all.ru 
7.
 
www.psychology.net.ru
 
 
 


122 
 
 
6.2. O'qitishning turli modellarini rivojlantirish imkoniyatlari. 
O‘qitish texnologiyalarining psixologik tavsifi.
 
 
  
 
 
Tayanch  so`z  va  iboralar:
 
O‘ziga  yarasha  qiziqishlar,  real  o‘quv 
imkoniyatlar, differensiallashgan ta’lim, talabalarning shaxsiy xususiyatlar, o‘quv 
materiallarining  xarakteri,  talabalarning  imkoniyatlarini  o‘rganish,  uzluksiz 
ta’limni  tashkil  etish,  yangi  ta’lim  tizimi,  axborotning  an’anaviy  usullari, 
takomillashuvning asosiy yo‘nalishlari, ta’lim samaradorligini oshirish, pedagogik 
texnologiya  aspektlari,  o‘quv  jarayonining  qirralari,  pedagogik  texnologiya 
tarkibi. 
Har bir talaba o‗ziga  yarasha qiziqishlari va shu bilan bir qatorda miqdori 
mavjud.  Har  bir  talabaning  o‗ziga  xos  bo‗lgan  yutuqlari  va  shu  bilan  bir  qatorda 
kamchiliklari  ham  bor.  Agar  pedagoglar  o‗quv  jarayonida  ana  shu  individual  
xususiyatlarni 
hisobga 
olmasalar 
har 
qancha 
unumli 
metodlardan 
foydalanmasinlar,  o‗quv  jarayonida  yaxshi  natijalarga  erisha  olmaydilar.  Chunki 
ta‘limning  asosiy  vazifalaridan  biri  talabani  umumiy  rivojini  ta‘minlash.  Lekin 
talabaning  haqiqiy  rivoji  faqat  uning  shaxsiy  xususiyatlarini  hisobga  olgan 
holdagina  amalga  oshirilishi  mumkin.  Talabalarning  real  o‗quv  imkoniyatlarini, 
ularning  rivojlanish  jihatlarini  o‗rganish  hozirgi  vaqtda  shunchaki  xohish  emas, 
balki  majburiy  talabdir.  Busiz  o‗quv  jarayonini  muqobillashtirish,  uni  boyitish 
aqlga  sig‗maydi.  Albatta  shaxsiy  xususiyatlar  juda  xilma-xil  va  ularni  o‗rganish 
ma‘lum vaqt talab etadi. Kuzatish jarayonida talabaning kuchli va ojiz tomonlarini, 
uning  qiziqishlari,  tafakkuri,  nutqi,  xotirasi,  diqqati,  hayoliga  mos  bo‗lgan 
xususiyatlarini  bilib  olish  mumkin.  Talaba  shaxsining  muammolari  va 
qiyinchiliklarini  tahlil  qilish  hamda  shu  muammolarning  sabablarini  aniqlash 
keyingi  pedagogik  chora-tadbirlarni  rejalashtirishda  juda  katta  ahamiyatga  ega. 
Ayniqsa  o‗zlashtirishi  bir  oz  pastroq  bo‗lgan  talabalar  bilan  yakka  holda  ishlash 
jarayonida  pedagog  o‗zi  uchun  talabaning  yangi  qirralarini  kashf  etishga  harakat 


123 
 
qiladi.  Keyingi  davrlarda  ―differensiallashgan  ta‘lim‖  degan  tushunchani  keng 
tarqalishining  asosiy  sababi  ham  shaxsiy  xususiyatlari,  qobiliyati,  qiziqishlari, 
iqtidori  kabilarni  hisobga  olgan  holda  talabalarni  guruhlarga  ajratishni  va  shu 
guruhlar  uchun    alohida  dasturlar  ishlab  chiqishga  qaratilgan.  Guruhlar  uchun 
tuzilgan  dasturlar,  qo‗llaniladigan  metodlar  talabalarning  shaxsiy  xususiyatlarini 
hisobga  olgan  holda  tanlanadi.  Didaktikada  bu  yo‗nalishda  ilmiy-tadqiqot  ishlari 
olib borilmoqda va bu ta‘limning samaradorligini oshirishda  katta ahamiyatga ega. 
Ma‘lum gurux uchun belgilangan o‗quv materiallarining xarakteri, mazmuni 
va  hajmi  shu  sinf  talabalarining  yosh  xususiyatlariga  mos  bo‗lishi  lozim. 
O‗rganilayotgan  bilimlar,  xosil  qilinayotgan  malaka  va  ko‗nikmalar  talabalarni 
xaddan  ziyod  toliqtirib  qo‗ymasligi  lozim.  Boshqacha  qilib  aytganda,  o‗quv 
jarayoni  talabalarning  sog‗ligi,  psixik  holatiga  salbiy  ta‘sir  etishini  oldini  olishi 
lozim. Buning uchun har bir yosh xususiyatlarini chuqurroq o‗rganib, imkoniyatlar 
darajasini  belgilab olish kerak.  Ta‘limning  mazmuni  shaxslarning kuch-quvvatiga 
mos  bo‗lishiga  erishish  lozim.  Ta‘limni  haddan  ziyod  ―yengillashtirish‖, 
―osonlashtirish‖  ham  maqsadga  muvofiq  emas,  chunki  bunday  ta‘lim 
rivojlantiruvchi  bo‗la  olmaydi.  Demak  har  bir  yosh  davrida  talabalarning 
imkoniyatlarini  o‗rganish  va  imkoniyatlarga  mos  ravishda  ta‘limni  tashkil  etish, 
o‗rganiladigan  bilimlar  hajmini  belgilashda  talabalarning  yosh  xususiyatlarini 
hisobga  olish  juda  muhim  bo‗lib,  bu  yo‗nalishda  ham  tegishli  ilmiy-tekshirish 
ishlari olib borilmoqda. 
Hozir  kunda  O‗zbekistonda  ta‘lim  tizimini  yangilash,  mukammallashtirish  
borasida  bir  talay  ishlar  olib  borilmoqda.  Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturida 
uzluksiz  ta‘lim  tizimini  yaratish,  o‗quv  tarbiya  jarayonining  hamma  bosqichlarini 
mukammallashtirish,  har  tomonlama  yetuk  barkamol  avlodni  yetishtirish  uchun 
shart-sharoit  yaratish  masalalari  ko‗rib  chiqilgan.  Mamlakatimizda  kadrlar 
tayyorlash  milliy  dasturi  asosida  uzluksiz  ta‘limni  tashkil  etish  va 
rivojlantirishning  asosiy  tamoyillari  (prinsiplari)  belgilangan.  Bular  ta‘limning 
ustivorligi,  ta‘limning  ijtimoiylashuvi,  ta‘limning  milliy  yo‗nalganligi,  ta‘lim  va 
tarbiyaning  uzviy  bog‗liqligi,  iqtidorli  yoshlarni  aniqlash,  yuqori  darajada  bilim 


124 
 
olishlari  uchun  shart-sharoitlar  yaratish  kabilardir.  Ko‗rib  turganimizdek  uzluksiz 
ta‘limni  rivojlantirish  tamoyillari  didaktik  tamoyillar  bilan  hamoxang  bo‗lib,  ana 
shu  didaktik  tamoyillarni  yanada  mukammallashuviga  turtki  bo‗lib  xizmat 
qilmokda. 
Demak,  bugungi  kun  talablarini  va  ehtiyojlarini  hisobga  olgan  holda 
pedagogika  va  uning  ajralmas  qismi  hisoblanmish  didaktika  o‗quv  jarayoni 
qonuniyatlarini yanada chuqurroq o‗rganishi hamda ta‘lim samaradorligini oshirish 
ustida ilmiy-tadqiqot ishlarini keng miqyosda olib borishi maqsadga muvofiq. 
Hozirgi  vaqtda  O‗zbekistonda  jahon  ta‘lim  maydoniga  kirishga 
yo‗naltirilgan  yangi  ta‘lim  tizimi  qaror  topdi.  Bu  jarayon  bilan  bir  vaqtda 
pedagogik  o‗quv-tarbiya  jarayonining  nazariyasi  va  amaliyotida  sezilarli 
o‗zgarishlar  sodir  bo‗lmoqda.  Ta‘limdagi  yondashuvlar  tarkibi  o‗zgarmoqda  va 
boshqacha munosabatlar, pedagogik mentalitetlar o‗rnatilmoqda.  
Ta‘lim  tarkibi  yangi  protsessual  mahoratlar,  axborotlar  bilan  ishlash 
qobiliyatining  rivojlanishi,  ilmiy  muammo  va  bozor  amaliyotining  ijodiy 
yechimining 
ta‘lim  dasturlarini  individuallashtirishga  qaratilishi  bilan 
boyitilmoqda.  
Axborotning  an‘anaviy  usullari-og‗zaki  va  yozma  nutq,  telefon  va  global 
masshtabli telekommunikatsiyalarni ishlatish bilan almashtirilmoqda.  
Pedagogik  jarayonning  muhim  tarkibi  bo‗lib  talaba  bilan  pedagogning 
shaxsga  yo‗naltirilgan  o‗zaro  munosabatlari  hisoblanadi.  Ijtimoiy  bilimga  teng 
bo‗lgan  pedagogik  texnologiyalarning  tashkil  topishida  fanning  roli  ortib 
bormoqda. 
Pedagogik 
ta‘lim  texnologiyalarining  psixologik-pedagogik  nuqtai 
nazardan takomillashuvining asosiy yo‗nalishlari quyidagilar bilan ifodalanadi: 
1)  yodlashdan,  eslab  qolish  funksiyasiga  o‗tish,  ya‘ni  o‗zlashtirilganini 
ishlatish imkonini beruvchi aqliy rivojlanish jarayoniga o‗tish; 
2)  bilimning  assotsiativ  statistik  modelidan  aqliy  harakatning  dinamik 
tarkibiy tizimlariga o‗tish; 
3) o‗rtacha talabaga yo‗naltirilganlikdan o‗qitishning differensiallangan va 


125 
 
individuallashtirilgan dasturlariga o‗tish; 
4)  talabaning  tashqi  motivatsiyasidan  ichki  ma‘naviy  irodali  tartibga 
solinishiga o‗tish. 
Ta‘limda  zamonaviy  didaktika  va  ta‘lim  tarkiblarining  samaradorligini 
oshirish,  yangi  g‗oya  va  texnologiyalarning  ilmiy  ishlab  chiqilishi  va  amaliy 
asoslanishi  ishlatilmoqda.  Bunda  har  xil  pedagogik  tizim  bilan  o‗qitish 
texnologiyalari  o‗rtasida  bog‗liqlik,  amaliyotda  davlat  ta‘lim  tizimining  yangi 
shakllari (qo‗shimcha va alternativ) ning aprobatsiyasi, hozirgi zamon sharoitida 
o‗tmishning pedagogik tizimlarini qo‗llash muhim hisoblanadi. Bunday sharoitda 
pedagog,  boshqaruvchi  keng  ko‗lamli  zamonaviy  innovatsion  texnologiyalar, 
g‗oyalar,  o`quv  muassasasilari  yo‗nalishlarida  ma‘lum  bo‗lgan  narsalarni  qayta 
ochishga vaqtini sarflash kerak emas. 
Bugungi kunda savodli mutaxassis bo‗lish uchun ta‘lim texnologiyalarning 
hammasini o‗rganish lozim. 
Hozirgi  vaqtda  pedagogik  lug‗atda  pedagogika  tushunchasi  mustahkam 
o‗rnashgan. Lekin uni tushunish va ishlatishda turli xil o‗qilishi mumkin. 

Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish