6.1. O‘qitish psixologiyasi. O‘rgatish modellari va tajribani
o'zlashtirish mexanizmlarining tavsifi.
Tayanch so`z va iboralar:
O‘qish motivlari, o‘quv faoliyati mazmuni,
salbiy motivatsiya, o‘qishga nisbatan salbiy motivatsiya, ichki extiyoj, shakllanish
imkoniyatini belgilash, undovchi motivlar, ko`zg`atuvchi yosh xususiyatlari,
muomalaga kirishish, motivatsiya doirasining kengligi.
117
O‗qish motivlari muammosini tadqiqot qilgan jaxon psixologlari ularni ikki
kategoriyaga, yoki guruhga ajratib, tekshirishni lozim topadilar. Birinchi
kategoriyaga taalluqli motivlar o‗quv faoliyatining mazmuni, moxiyati hamda
uning jarayonlari, sharoitlari bilan bevosita uyg`unlashgandir. Ikkinchi
kategoriyaga kiruvchi motivlar tizimi o‗quvchilarning atrof - muxit bilan keng
ko‗lamdagi o`zaro munosabatlariga ularning begona, o`zga kishilar bilan
muomalaga kirishish, extiyojiga, ijtimoiy turmush voqeliligiga nisbatan shaxsiy
qarashiga bog`liqdir.
O‗quv faoliyati mazmuni bilan uzviy bog`liq motivlar tizimini shartli
ravishda ikki guruhga ajratib, ularni ijobiy (musbat, pozitiv) va salbiy (manfiy,
negativ) deb nomlash mumkin. Bunday atamalarni qo`llashdan asosiy maqsad
maxalliy an‘ana, ijtimoiy tajriba (stereotipizatsiya darajasidagi ta‘sirchan kuchli
tashqi omil) ekstremal xolat ta‘sirida keskin ruxiy burilishlar yasashga qodir
psixologik mexanizmlarni aniqlashdan iboratdir. Odatda salbiy (negativ)
motivatsiya shunday vaziyatda vujudga kelishi mumkinki, qachonki o‗quvchi
bilimlarni o`zlashtirmaslik oqibatida qanday ko‗ngilsiz xolatlarga olib kelishini
anglab yetsa (jazolanish, ota - onalar tanbexi, sinfdoshlar e‘tirozi, yomon baho
olish, jamoa a‘zolari orasida obro`sizlanish va boshqalar) va ana shunga muvofiq
sa‘yi - xarakatlarni amalga oshirsa. Salbiy motivatsiyaga ega bo`lgan o‗quvchi
kamroq musibatli (mushkul axvol) yo‗lni tanlab, ta‘lim jarayonida qatnashishda
davom etadi. Bunday o‗qish motivatsiyasiga aloqador o‗quvchilar yuqori
ko‗rsatkichlarga, muvaffaqiyatli o`zlashtirish imkoniyatiga ega bo`lmaydilar,
chunki ishtiyoqsiz darsga qatnashish tuyg‗usi, bilim va o‗quv predmetiga nisbatan
qiziqishning mavjud emasligi bunga ma‘noviy to`siq bo`lib xizmat qiladi. Buning
natijasida o`zlashtirmovchi, bo`sh o`zlashtiruvchi, sust o‗quvchilarning safi taboro
kengayib boradi, bu narsa kundalik odatga aylana borsa, u stereotip darajasiga
o`sib o`tishi mumkin. Mustaqil va muvaffaqiyatli o‗qish esa, shaxsdan faol, qatiy,
ijodiy izlanishlarni takozo qiladi va shunga o`xshash talablarni o`zlashtiruvchi
oldiga qo‗yadi. Shaxsning mazkur xolatlarga tayyor emasligi, undagi
imkoniyatlarning cheklanganligi sababli o`zlashtirmovchilar qatorini to`ldirishga,
118
bir sinfda yoki kursda ikki yil o‗qishga olib keladi, usha qiyinchiliklar bilan o`z
sinfi, kursini tamomlaydi. Bunday toifadagi o‗quvchilar yoki talabalar o‗quv
faoliyati motivatsiyasini qayta ko`rish evaziga ijobiy natijalarga erishish mumkin.
O‗quvchilar va talabalarda o‗qishga nisbatan salbiy motivatsiya birdaniga
vujudga kelmaydi, balki uni keltirib chiqaruvchi bir necha xususiyatli omillar ta‘sir
etishi extimol.
Xozirgi zamon psixologiya fani bilimlarni egallashga nisbatan ichki
extiyojga katta ahamiyat beradi va bu bilan shaxs xulq - atvorini birmuncha
boshqarish imkoniyati mavjud ekanligini ta‘kidlaydi. Shuning bilan birga o‗quvchi
(talaba) da barqaror bilishga qiziqishni shakllantirish muammosiga aloxida e‘tibor
qilinadi. Darhaqiqat barqaror bilishga qiziqishlar ko`zg`atuvchi turtki (kuch)
sifatida o‗quv motivlarini vujudga keltiradi, muvaffaqiyatli ta‘minlashga xizmat
qiladi. O‗quvchi yoki talabada bilimlarning muayyan soxasiga, u yoki bu faoliyat
turiga qiziqishning tug`ilishi ko‗p jixatdan shaxsni qay tariqa shakllanish
imkoniyatini belgilaydi.
Ana shu boisdan o‗qituvchi o`z o‗quv faniga nisbatan o‗quvchi va
talabalarda qiziqishni o`stirish tarafdori bo‗lishi shart, chunki xuddi shuning
negizida o‗quv materiali va o‗quv dasturini yuksak darajada o`zlashtirish
muammosi yotadi. Shuni aloxida ta‘kidlash lozimki, bilishga qiziqish motiv
doirasida o`sadi, o`zaro ta‘sir etadi, ular bilan uzviy bog`lanib ketadi.
Ma‘lumki, o‗quvchi (talaba) bilim dargoxida ilm olishdan tashqari
tengdoshlari jamoasi ichiga kirib boradi va qatnashadi, shu boisdan unda o`z
o`rtoqlari, o‗qituvchilariga nisbatan muayyan munosabat shakli vujudga keladi.
Uning o‗quv faoliyatiga undovchi motivlari bilan bir qatorda boshqacha xususiyatli
xulq - avtor motivlari ham mavjuddir, jumladan ijtimoiy motiv jamoa bilan bo‗lish
istagini anglatib, uning hayotida ishtiroq etish xoxishini o`zida aks ettiradi.
O‗quvchi va talabalar o‗quv faoliyatining ijtimoiy motivlari ularning boshqa
odamlar bilan muomalaga kirishi ehtiyoji bilan uzviy bog`liq bo`lib, ularni
baholash, quvvatlash, tengdoshlar jamoasida muayyan joy egallash singari
talablarda o`z aksini topadi. Mazkur motivlar o‗quv faoliyatining moxiyati bilan
119
bog`liq bo`lmay, balki unga yondosh yordamchi faktorlarni bildiradi. Ammo ushbu
motivlar o‗quvchi va talaba o‗qishiga jiddiy turtki vazifasini bajaradi.
Ijtimoiy motivlarni taxlil qilishda davom etsak, ular bevosita jamoa burchi,
qarindoshlar va yaqin kishilar oldiga burch, o‗qishni umuminsoniy madaniyat,
qadriyat, ma‘naviyatni egallash tasavvuri bilan bog`liq vosita, ushbu vosita
odamlar foydali shaxs tariqasida namoyon bo‗lish, o`z imkoniyatini ro`yobga
chiqarish, ezgu niyatini ushalishiga intilish funksiyasini bajarish mumkin. Turtki,
undovchi usul vazifasini bajaruvchi ko`zg`atuvchi yosh xususiyatlari davriga qarab
u yoki bu darajada aks etadi, ammo ular xar doim ham anglashilgan shaklga ega
emas, shuning uchun ifodalanish darajasi nursizdir. O`smirlik va o‗spirinlik
davrlarida ijtimoiy motivlar anglashinilgan, ahamiyat kasb etuvchi bosqichga o`sib
o`tadi. Bunday motivatsiyani xar tomonlama qo`llab quvvatlash, rag`batlantirish
bilan birga va bir davrning o`zida bilishga qiziqishiga aloqador boshqa o‗quv
faoliyati motivlarini shakllantirish lozim.
Ijtimoiy motivlar o‗quvchi va talabalarning tor ma‘nodagi shaxsiy intilishlari
bilan ham aloqador bo‗lishi mumkin, jumladan, ularda o‗qishga nisbatan qiziqish
yuk bo`lsa – da, lekin barcha topshiriqlarni yuksak darajada bajaradi, chunki
o‗qituvchi ularning "a‘lo" baholashi, sinf yoki kurs peshqadami qilib tayinlashi,
xech qanday shubxa bilan qaramasligi, extimol o‗quv jarayonidagi bunday
xususiyatlar odamlarga shaxsiy muvaffaqiyat yoki yutuqqa erishishning, nufuz
(obro` - e‘tibor) ning, yalov - bardorlikning birdan - bir yo‗li deb tasavvur qilinadi.
Bunday yo‗lni tanlash vijdonga hilof xatti-xarakatlarga olib boradi, shaxsni
shakllanish jarayoniga salbiy ta‘sir etadi. Shu boisdan ijtimoiy deb qabul qilingan
motivlar jamoa ehtiyojini qamrab oladi, goxo ular shaxsiyatparastlik, tor saviyali
shaxs xususiyatini mujassamlashtiradi.
Ularning hayotida o`z tengdoshlari va do`stlari bilan muomalaga kirishish,
do`stlikka sodiqlik, bergan va‘dasi (so`zi) ni uddasidan chiqish, hamkor bo‗lish
ehtiyoji muxim o`rin egallaydi. O‗qituvchi mashg`lotlarda o‗quv faoliyatining
zarur motivatsiyasini shakllantirsa, ularning mavjud ehtiyojlariga tayanib ish tutsa,
o‗quvchida bilishga qiziqish barqarorlashadi.
120
Shuning uchun qiziqish motiv, motivatsiya shaxsning xatti-xarakati ichki
regulyatsiyasi funksiyasini bajarib, ehtiyojni qondirish, xoxish - istak, ezgu niyat,
orzu tilakni amaliyotda ro`yobga chiqarishning bosh omili bo`lib xisoblanadi.
Motiv va motivatsiya faqat bilimlarni o`zlashtirish, o‗quv ko‗nikmalari va
malakalarini egallash bilan cheklanib qolmasdan, balki shaxsning xulq-atvori,
ya‘ni shaxsga oid xususiyatlarining namoyon bo‗lishini ham izohlashga xizmat
qiladi.
Hunar - texnika bilim yurti o‗quvchilarining o‗quv faoliyati motivlari:
1) o`z ishining ustasi, yaxshi mutaxassis bo‗lishga intilish;
2) o‗qishga qiziqish;
3) mehnatga muxabbat;
4) jamiyatga foyda keltirish uchun intilish;
5) o`rtoqlari orasida xurmat - e‘tiborga erishish xoxishi;
6) bilim yurtini tamomlagandan keyin durustroq maosh uchun xarakat;
7) yomon mehnat qilganda jazo olishdan qutilish uchun xarakat;
8) jamoa oldidagi javobgarlik.
Yuqoridagi keltirilgan o‗quv motivlarini aniqlashga muljallangan metodika
sakkizta motivlardan tuzilgan bo`lib, hunar - texnika bilim yurti o‗quvchilarining
o‗qish motivlarini tadqiq qilishga qaratilgandir. Ushbu metodikani maxalliy
sharoitga moslashtirish natijasida motiv va motivatsiyalarning etnopsixologik
jabxalari va xususiyatlarini o‗rganish imkoniyatini vujudga keltiradi. Bundan
tashqari, motivlar va motivatsiyalarning turli faoliyat doirasida yuzaga kelish
omillarini hamda manbalarini aniqlashga qulay shart - sharoit yaratadi. Mazkur
metodikani bir nechta vazifani bajarish niyatida qo`llab ko`rish, uning
foydalanilmagan imkoniyatlari bo`yicha qo`shimcha ma‘lumotlar beradi.
Motivlarning hilma-hil bo`lganligi, motivatsiya doirasining kengligi sababli
ularning xar ikkalasi ham hayot va faoliyatning juda ko‗p qirralarida ishtiroq etadi,
shuning bilan birga mazkur faoliyatning maxsuldorligi, samaradorligi, barqarorligi,
uzluksizligini ta‘minlaydi. Shu bilan bir qatorda mehnat faoliyatiga oid
motivlarning etnopsixologik xususiyatlarini topishga yordam beradi.
121
Do'stlaringiz bilan baham: |