Xulosa - O’quvchilarni kasbga yo’naltirish maqsadida o’qituvchi avvalo pedagogik faoliyat ko’rsatayotgan ta’lim muassasasining tayyorlaydigan ixtisosligini e’tiborga olgan holda differentsial o’qitishni amalga oshirishi lozim. O’quvchilarni kasbiy yo’nalirish nafaqat ta’lim mazmuniga kelgusida egallaydigan kasb haqida ma’lumot berish, balki mazkur kasb talab etadigan bilim, ko’nikma va malakalar, shuningdek, shaxsiy sifat va fazilatlarni shakllantirishni nazarda tutadi. Mazkur jarayonda ilg’or pedagogik texnologiyalarni qo’llash orqali ta’lim samaradorligiga erishish mumkin.
Adabiyotlar: - Golish L.V., Fayzullaeva D.M. Pedagogik texnologiyalarni loyihalashtirish va rejalashtirish. – T.: TDIU, 2010.
- Yo’ldoshev J.G’., Usmonov S. Ilg’or pedagogik texnologiyalar. – T.: O’qituvchi, 2004.
- Tolipov O’.Q., Usmonboeva M. Pedagogik texnologiya: nazariya va amaliyot. – T.: Fan, 2005.
Do'stlaringiz bilan baham: |