Bilmasvoyni tanlagan bo‘lsangiz...
Siz qiziqqon va ehtirosli insonsiz. Tezkor, juda harakatchansiz. Dovyurak va
tashabbuskorsiz. Sizning kayfiyatingiz tez-tez o‘zgarib turadi. Shunday bo‘lsada,
ustun kayfiyatingiz – tetik va jangovordir. Ba’zida o‘zingizni tuta olmaysiz, sabrsiz
va jizzakisiz. Xafachi emassiz, gina saqlamaysiz. Qaysarsiz. Ba’zida o‘zingizni
boshqalardan ustun qo‘yish hissi Sizga xos. Odamlar bilan muloqotda qo‘pollikka,
serzardalikka yo‘l qo‘yasiz, bu esa odamlarning xatti-harakatlarini to‘g‘ri baholashga
xalaqit beradi va bu asosda Siz ko‘pincha ziddiyatli vaziyatlarga sababchi bo‘lib
qolasiz. Ortiqcha to‘g‘riso‘zligingiz, jizzakiligingiz, qo‘polligingiz, jahlingizning tez
chiqishi, betoqatligingiz ba’zida muomalani juda og‘irlashtiradi. Sizning
qiziqishlaringiz va intilishlaringiz yetarlicha barqaror, maqsadga erishish yo‘lida juda
sabotli va mustahkamsiz. Bahslarda topqirsiz. Yangi sharoitlarga tez moslashasiz .
Shu bilan birga Sizga qo‘nimsizlik, bir joyda uzoq o‘tira olmaslik, o‘zgalarning
kamchiliklariga chiday olmaslik kabi xislatlar xos, tez o‘zingizdan chiqib ketasiz,
tajovuzkorsiz. Sizni yoki Sizning hatti-harakatlaringizni, bajargan ishlarinigiz
natijasini tanqid qilishganini yoqtirmaysiz. Hayotda ko‘pincha “Hammasini o‘zim
qilaman” prinsipiga amal qilasiz.
Siz yangiliklarga intilasiz. Yangi ishga zo‘r qiziqish, zavq va ishqivozlik bilan
kirishasiz, kamchiliklarni yengib, ko‘tarinki ruxda ishlaysiz. Lekin ish davomida
quvvatingiz zahirasi tez kamayishi mumkin, bunda faoliyatingiz tez tushib ketadi:
ko‘tarinkilik va ruhlanish yo‘qoladi, kayfiyatingiz keskin pasayib ketadi. Yetarlicha
tez, lekin bir oz qiyinchiliklar bilan qayta o‘rganishingiz, qayta tayyorlanishingiz
mumkin.
Mamontchani tanlagan bo‘lsangiz...
Siz juda ta’sirchansiz. Kichkinagina sabab ko‘z yoshlaringizni chaqirishi
mumkin. Ba’zida Siz o‘zingizga ishonmaysiz, jur’atingiz kam. Qiyinchiliklar Sizni
qo‘llaringizni tushirishga, chekinishga majbur qiladi. Kayfiyatingiz ko‘pincha
tushkun. Siz kam kirishimlisiz, tortinchoq va qat’iyatsizsiz. Odatiy sharoitda
o‘zingizni dadil xis qilasiz va topshiriqlarni muvaffaqiyatli bajarasiz. Sabr-toqatlisiz.
Yolg‘izlikni oson ko‘tarasiz. Saranjom-sarishtasiz. Sizga hamma narsani tartibga
keltirish, chiroyli qilish yoqadi. Andishali, xushmuomalasiz. Sizga jizzakilik, tez xafa
bo‘lib qolish xos. Siz doim ham o‘z kuchingizga ishonavermaysiz, notanish sharoitda
o‘zingizni yo‘qotib qo‘yasiz. Har qanday o‘zgarish va kutilmagan sharoitlar Sizda
xavotirlikni chaqiradi. Ishlayotganingizda tez toliqasiz. Bir marta o‘rgangan
narsangizni hech qachon esingizdan chiqarmaysiz, lekin kerak bo‘lib qolsa, yangilik,
noan’anaviy narsani qabul qilish uchun qaytadan o‘rganishingiz qiyin. Buning uchun
Siz bu narsani kuzatishingiz, uzoq o‘ylab ko‘rishingiz, unga ko‘nikib borishingiz
kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |