Bo’lim va mavzular
|
Umumiy soat
|
Jami soat
|
Nazariy soat
|
Amaliy soat
|
Seminar soat
|
Kurs ishi
|
Mustaqil ish soati
|
1
|
Kirish. Pazandachilik to’garagi xonasiga qo’yiladigan talablar va to’garakda rioya etiladigan qoidalarni o’rgatish metodikasi.
|
2
|
2
|
2
|
|
|
|
|
2
|
Oziq-ovqat mahsuloti turlari, ularga birlamchi ishlov berishni o’rgatish metodikasi
|
4
|
2
|
2
|
|
|
|
2
|
3
|
Sabzavotlardan tayyorlanadigan taomlar va suyuqoshlarni o’rgatish metodikasi
|
3
|
2
|
|
2
|
|
|
1
|
4
|
Go’sht va baliqdan tayyorlanadigan taomlarni o’rgatish metodikasi
|
3
|
2
|
2
|
|
|
|
1
|
5
|
Yaxna va shirin taomlarni o’rgatish metodikasi
|
6
|
4
|
2
|
2
|
|
|
2
|
6
|
Xamirli taom va pishiriqlarni o’rgatish metodikasi.
|
8
|
6
|
2
|
2
|
2
|
|
2
|
7
|
Bolalar ovqatlanishi va dasturxon tuzashni o`rgatish metodikasi.
|
2
|
2
|
|
|
2
|
|
|
|
Jami:
|
28
|
20
|
10
|
6
|
4
|
6
|
8
|
Amaliy mashg`ulotlarni o`tkazish uchun kerakli jihozlar
Pazandachilikni o`rgatish metodikasi fani bo`yicha o`tkaziladigan amaliy mashg`ulotlar uchun o`quv qurollari, darsliklar, qo`shimcha adabiyotlar, ommaviy axborot vositalari, elektr plitalar, oshxona jihozlari to`plamlari kerak.
O`qitishning texnik vositalari
Radio, televizor, kodoskop, magnitafon, kompyuter, multimediya, slayd.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. N.A. Anfimova va L.L. Tatarskaya. «Pazandachilik». Toshkent, 2002-yil.
2. R.Normaxmatov. «Oziq-ovqat mahsulotlari tovarshunosligi». Toshkent, 2002-yil.
3. A.Madraximov «O’zbek taomlari». O’qituvchi, 2011-yil.
4. D.M. Nosirova «Oziq-ovqat mahsulotlari tovarshunosligi». O’quv qo’llanma, 2011-yil.
5. D.M. Nosirova «Pazandachilikni o’rgatish metodikasi». O’quv qo’llanma, 2009-yil.
Foydalanishga tavsiya etiladigan internet tarmog`i
http:// www. Taomlar.UZ
http:// www. Taomlar SB.UZ
http:// www. Dunyo taomlari.UZ
http:// www. Asosiy taomlar.UZ.
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
O`RTA MAXSUS, KASB – HUNAR TA`LIMI MARKAZI
Ro`yxatga olingan
№KMD 3141602 – 2.14
“15” avgust 2012-yil
|
Vazirlikning 2012 yil
15 avgustdagi 332-1-sonli
buyrug’i bilan tasdiqlangan
|
OVQAT TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI VA
OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI TOVARSHUNOSLIGI
fanidan o`quv DASTURI
Fan dasturi Oliy va o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi tayyorlov yo`nalishlari bo`yicha Muvofiqlashtiruvchi kengashning 2012-yil 24-iyuldagi 3-son majlis bayoni bilan ma`qullangan.
Fan dasturi 1-Toshkent Pedagogika kollejida ishlab chiqildi, bilim sohasi bo`yicha sho`ba kelishuvidan o`tkazildi (1-sonli kelishuv Bayoni 2012-yil 16-iyul).
Tuzuvchilar:
|
D.Nosirova
|
–
|
1-Toshkent pedagogika kolleji o’qituvchisi.
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Taqrizchilar:
|
M.Mo`minova
|
–
|
1-Toshkent pedagogika kolleji o’qituvchisi.
|
|
|
|
|
|
G.Muzaffarova
|
–
|
Toshkent shahar 41- maktab direktori
|
|
|
|
|
Kirish
“Ovqat tayyorlash texnologiyasi va oziq-ovqat tovarshunosligi” fanlaridan tuzilgan ushbu dastur pedagogika kollejlarida pazandachilik bo`yicha to`garak rahbarlarini o`qitish uchun mo`ljallangan.
Dasturda mavzular oddiydan murakkabga qaratilgan bo`lib, anatomiya, fiziologiya va gigiyena, estetika, kimyo, fizika, matematika, mehnat muhofazasi, botanika kabi fanlari bilan uzviy bog`lanadi.
“Ovqat tayyorlash texnologiyasi va oziq-ovqat tovarshunosligi” fani bo`yicha to`garak tashkilotchisining bilim malakasiga qo`yilgan talablar: fanni o`qitishda O`zbekiston “Ta`lim to`g`risida”gi Qonuni va “Milliy dastur”ga amal qilish, mavzularning har birini zamon talabi, iqtisodga bog`lashda, fan bo`yicha Davlat talablariga mos kelishi kerak. Yangi taomlar va milliy taomlar tayyorlash texnologiyasining qo`llanishi, yangi ishlab chiqarishlar va ularning faoliyati, yutuqlari asos qilib olinadi. Taomlar tayyorlash uchun oziq-ovqat mahsulotlarini to’g’ri tanlash, ularga to’g’ri birlamchi ishlov berish, to’gri issiqlik ishlovi berish, estetik did bilan bezatib dasturxonga berish va bu jarayonlarda kerakli asboblar, idishlar va jihozlardan to’g’ri foydalanish tavsiya etiladi.
Fanni o`rganish natijasida o`quvchilar quyidagi ko`nikmalarga ega bo`lishlari kerak:
- Oziq-ovqat mahsulotlarining sifatini aniqlash;
- Tayyorlanadigan taom turlariga qarab oziq-ovqat mahsulotlarini to’g’ri tanlash;
- Oziq-ovqat mahsulotlariga to’g’ri birlamchi ishlov berish;
- Oziq-ovqat mahsulotlarini isrof qilmaslik;
- Oziq-ovqat mahsulotlariga to’g’ri issiqlik ishlovi berish;
- Taomlarni to’ri bezatib dasturxonga berish;
Fanni o`rganish natijasida o`quvchilar quyidagi bilimlarda ega bo`lishlari kerak:
- fanni o`tish texnologiyasida mustaqil O`zbekistonda “Ta`lim to`g`risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, Davlat ta`lim standarti talablarini bilishi;
- mavzularning har birini zamon talabi, iqtisodga bog`lashda fanning munosabatini aniq bilish;
- Suyuq taom turlari va tayyorlash texnologiyalari;
- quyuq taomlar tayyorlash texnologiyalari ;
- Yaxna taomlar tayyorlash texnologiyalari ;
- Shirin taomlar tayyorlash texnologiyalari;
- Xamirli taomlar va pishiriqlar tayyorlash texnologiyalari ;
- Issiq va yaxna ichimliklar tayyorlash texnologiyalari ;
- Dasturxon tuzash qoidalari va mehmon kutish odobi;
Do'stlaringiz bilan baham: |