7-mavzu. Baxyasimon merejka chok turlarini tikish texnologiyasi va uni
o`rgatish metodikasi
Merejka tikish uchun gazlamani tayyorlash, popuk, ustuncha, yorma, chalishma, bog`lam, o`ram va bo`g`ma merejka namunalarini tikish. Merejka yordamida dasturxon chetini bezash.
Baxyasimon choklarning turlari. Choklarni tikish uchun materiallar tanlash va tikishni o`rgatish metodikasi.
Amaliy ish. Baxyasimon choklarni o`rgatish mashg`uloti uchun reja tuzish, ko`rgazma tayyorlashni mashq qilish.
Mustaqil ish. Merejka choki yordamida kashta tikish.
8-mavzu. Turli xalqlar kashtachiligida keng tarqalgan choklarni tikish texnologiyasi
a) Vladimircha choklarining bajarilishi va buyumda qo`llash. Choynak qalpog`ini bezash, yostiq jildini bezash, sochiqni bezash.
b) Aleksandrcha (silliq tekis chok) choklarini bajarish va buyumda qo`llash. Cho`chma guli, “qo`qongul” va turli guldastalarni, dasturxonni bezash.
v) Oq tekis chok. Oq tekis chokni bajarish. Yoqa, manjet, bluzka, taqilmasini oq tekis chok bilan bezash.
9-mavzu. Tayyor to`rga bezaklar tikish texnologiyasi. Qo`l kashtasini tikish va buyumda qo`llashni o`rgatish metodikasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |