GAZLAMANI QABUL QILISH
6.1.Tayyorlov tsexi vazifalari
Tayyorlov tsexini asosiy vazifasi tikuv korxonaning bichuv tsexini gazlama va boshqa qo'shimcha materiallar bilan bir tekisda ta‘minlashdir. Korxonani beto'xtov ishlashini ta‘minlash uchun tayyorlov tsexining texnologik jarayonlarini har bir bo'limida ma‘lum xajmida materiallarni zahirasi bo'lishini tashkil qilish kerak. Bu maqsadga erishish uchun tsexda quyidagi ishlar bajariladi:
Korxonaga keltirilgan gazlamalarni tushirish va qabul qilib olish.
Qabul qilib olingan gazlamalarni omborga joylashtirish va vaqtincha saqlash, gazlamalarnio'rovidan ochish.
Gazlamalarni sifatini tekshirish, gazlama to'plarining uzunligini va enini o'lchash.
Gazlama to'plarini to'shama uchun xillash va hisoblash.
Har bir model uchun konfeksion karta tuzish.
Gazlama to'plarini hisob kartaga asosan to'shama qavatlarga qirqish.
Bo'rlama tayyorlash.
Avra, astar va qotirma gazlamalarini to'shamaga mo'ljallab xillash va saqlash.
Gazlamani bichish tsexiga uzatish.1
Bajariladigan ishlarga ko'ra tayyorlov tsex quyidagi bo'limlarga ajratiladi:
Gazlamanio'rovini ochish;
gazlamani sifatini tekshirish;
sifati tekshirilgan gazlamalarni saqlash;
sifati tekshirilgan gazlamalarni saralash, hisoblash va bichish tsexiga uzatish;
bo'rlama tayyorlash;
nuqsonli gazlamalar va qoldiqlarni saqlash.
Tikuv korxonalar gazlamalar, noto'qima material, bezak material, furnitura, ip va buyum tikishda kerak bo'ladigan boshqa mollarga ushbu materiallarni ishlab chiqaradigan korxonalar bilan shartnoma tuzadi. Ta‘minlovchi (mol yuboruvchi) tomondan mollar shartnoma asosida belgilangan muddatda yuboriladi. Tikuv korxonalarga gazlamalar ko'pincha konteynerlarda yoki mashinalarda to'p yoki toytoy bo'lib keladi. Korxonaga kelgan materiallarning assortiment miqdori va sifati mol bilan birga kelgan hujjatlarga solishtirib tekshiriladi. Avval mol umumiy holati bo'yicha, ya‘ni molning umumiy og'irligi, tamg'asi buzilmaganligi,
Nechao'ramligi,o'ramlarning nomeri, molning sifati tekshiriladi. Gazlama to'pining uzunligi va eninio'lchash vaqtidao'lchov qaydnomasi va to'pning pasporti 2 ta nusxada to'ldiriladi. To'pning pasportida quyidagilar ko'rsatiladi:
Gazlamaning artikuli;
Haqiqiy uzunligi;
To'pdagi bo'laklarning uzunligi;
Nuqsonlar orasidagi nuqsonlar;
Nuqsonlarnio'lchami va nomi;
Gazlamaning har 3 metrdagi eni;
Milksiz va milki bilano'lchangan eni;
Gazlamaning rangi, tuki bor-yo'kligi, gulining harakati ko'rsatiladi;
To'pning saqlash joyi (javon qatorining tartib raqami, qator uyasining tartib raqami) ko'rsatiladi;
O'lchangan sana.
To'p pasportining bittasi gazlama to'piga yopishtiriladi, ikkinchisi esao'lchov qaydnomasiga qo'yiladi, undan gazlama to'pini hisoblash vaqtida foydalaniladi.
Sifati tekshirilgan gazlamalar rulon qilibo'raladi va sifati tekshirilgan gazlamani saqlash zonasiga o'tkaziladi. Tikuvchilik korxonalarning tayyorlov tsexida bajarildigan ishlarning yana biri tikuv tsexlarida tikiladigan har bir modelga konfeksion karta tuzishdir. Konfeksion karta konfeksioner tomondan tuziladi va bosh muxandis tasdiqlaydi. Unda avra, astar, qo'shimcha materiallarning artikuli va namunali, bezak materiallar, tugma nomeri va ularning namunalari ko'rsatiladi, undan tashqari modelni tashqi ko'rinishi (rasmi) chiziladi. Konfeksion karta modelga ajratilgan texnik hujjat asosida tuziladi.
Tayyorlov tsexda gazlamalardan ratsional foydalanish, ya‘ni qoldiqsiz bichish maqsadiga gazlama to'plari to'shamalarga mo'ljallab hisoblanadi. Gazlamaning enidan va uzunligidan ratsional foydalanish uchun gazlama bo'laklarining ko'p to'shamali hisobi qo'llaniladi. Tikuv korxonalarida gazlama to'plarini avtomatlashgan hisoblash usullari mavjud.
Tayyorlash tsexida bajariladigan ishni ikkita qismga bo'lish mumkin:
Gazlamalarni qabul qilish va omborlarga joylashtirish.
Gazlamalarni tekshirish va ularni bichuv tsexiga uzatish.
Birinchi qism bo'yicha ishlarni asosan gazlama saqlaydigan ombor xodimlari bajaradi. Ular keltirilgan mollarni hujjatlar bo'yicha tekshirib qabul qilishadi, mollarni omborlarga joylashtiradilar. Agar mollarni qabul qilish vaqtida biron bir noaniqliklar bo'lsa, albatta ta‘minlovchilardan vakillardan chaqirtirib bu noaniqliklar hal qilinadi. Gazlamalarni bichishga tayyorlash bilan bog'liq bo'lgan ishlar tayyorlash tsexining o'zida bevosita amalga oshiriladi. Bunda quyidagi ishlar bajariladi:
har bir gazlama bo'lagi alohida tekshiriladi.
har bir bo'lak gazlama hisoblanadi.
tekshirilgan gazlama bo'laklari bichish tsexiga uzatiladi.
Gazlama bo'laklari qiya yoki gorizontal stollarda tekshiriladi. Bunda har bir bo'lakning uzunligi, har uch metrda gazlama eni, to'qimachilik nuqsonlari aniqlanadi va bu aniqlangan raqamlar ―bo'lakning pasporti‖ degan hujjatda qayd qilinadi.
Gazlama bo'laklari ham belgilangan muddat ichida tekshirilib ko'rilishi kerak.
Bu vaqtda ham noaniqliklar bo'lsa, ta‘minlovchiga xabar beriladi va kerakli ma‘lumotlar, aktlar tuziladi. Bu tsexda yana bir bajariladigan ishlardan bo'lib har bir bo'lakni hisoblash kiradi.
Gazlama bo'lagini to'shamaga tashlash uchun uni aniq qat‘iy tartibda saqlash kerak. Tekshirilgan gazlamalar artikuli, eni, rangiga qarab hamda ishlanishiga qarab joylashtiriladi.
Gazlamani saqlash qishki payt 16-20 gradus, namligi 75 %, yozgi payt tashqaridagi haroratdan 3 %ga oshmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |