Namunaviy mavzular rejasi
№
|
Fanning bo`limlari va mavzu nomlari
|
Umumiy yuklama soatda
|
Hammasi
|
Darslar turi bo`yicha soatlar taqsimoti
|
Mustaqil ish
|
Jami
|
Nazariy
|
Amaliy
|
Labora-toriya
|
|
Kirish.
|
4
|
4
|
4
|
|
|
|
1.
|
Tikuvchilik jihozlari fani, uning maqsad va vazifasi. Tikuvchilik jihozlarining tarixi va rivojlanishi
|
2
|
2
|
2
|
|
|
|
2
|
Tikuv mashinalarining sinflanishi
|
2
|
2
|
2
|
|
|
|
II.
|
Tikuv mashinalari tuzilishi, detallari.
|
8
|
4
|
4
|
|
|
4
|
3.
|
Tikuv mashinasi, mexanizmlari, detallari. Detallarining turlari va vazifalari.
|
6
|
2
|
2
|
|
|
4
|
4.
|
Tikuv mashinasi ignasining sinflanishi.
|
2
|
2
|
2
|
|
|
|
III.
|
To`g`ri baxya qatorli moki baxya qator xususiyatlari.
|
8
|
4
|
2
|
2
|
|
4
|
5.
|
To`g`ri baxya qatorli moki baxya qator, asosiy ish bajaruvchi a`zolari, baxya hosil bo`lish jarayoni.
|
6
|
2
|
2
|
|
|
4
|
6.
|
Tikuv mashinasini ishga tayyorlash. Sanitariya-gigiyena va xavfsizlik talablari.
|
2
|
2
|
|
2
|
|
|
IV.
|
Maishiy tikuv mashinalari.
|
50
|
36
|
10
|
18
|
8
|
14
|
7.
|
To`g`ri baxya qator tikuvchi maishiy tikuv mashinalari.
|
2
|
2
|
2
|
|
|
|
8.
|
2M-kl Podolsk tikuv mashinasi va uning asosiy mexanizmlari.
|
14
|
8
|
2
|
2
|
4
|
6
|
9.
|
2M-kl Podolsk tikuv mashinasining yordamchi mexanizmlari.
|
2
|
2
|
|
2
|
|
|
10.
|
2M-kl. Podolsk tikuv mashinasi yuritmalari.
|
2
|
2
|
|
2
|
|
|
11.
|
To`g`ri va siniq baxya qator tikuvchi maishiy tikuv mashinalari.
|
2
|
2
|
2
|
|
|
|
12.
|
"Chayka" tikuv mashinasi va uning asosiy, yordamchi mexanizmlari.
|
2
|
2
|
|
|
2
|
|
13.
|
Maishiy tikuv mashinalarida qo`llanadigan kichik mexanizatsiya va moslamalar.
|
8
|
4
|
|
4
|
|
4
|
14.
|
Tikuv mashinalarini tozalash, moylash va saqlash.
|
2
|
2
|
|
2
|
|
|
15.
|
Tikuv mashinasi ishidagi nuqsonlar, ularni bartaraf qilish yo`llari.
|
8
|
4
|
2
|
|
2
|
4
|
16.
|
Zamonaviy ("Huskvarna", "Brother", "Pfaff", "Singer", "Bernina" va boshqa rivojlangan fimalar) tikuv mashinalari haqida ma`lumot.
|
2
|
2
|
2
|
|
|
|
17.
|
"Brother", "Huskvarna" tikuv mashinalarida ishlash tartibi
|
6
|
6
|
|
6
|
|
|
V.
|
Tikuvchilik sanoati (ishlab chiqarish) mashinalari va uskunalari
|
15
|
12
|
10
|
2
|
|
3
|
18.
|
To`g`ri baxya qator tikuvchi universal (1022 M-kl; 97 A-kl) tikuv mashinalari
|
2
|
2
|
2
|
|
|
|
19.
|
Maxsus tikuv mashinalari (siniq baxya qator, zanjir baxya qator, kashta, yo`rma baxya qator, yashirin baxya qator tikuvchi)
|
7
|
4
|
2
|
2
|
|
3
|
20.
|
Yarim avtomat tikuv mashinalari (petlya, puxtalama yo`rmash, tugma chatish)
|
2
|
2
|
2
|
|
|
|
21.
|
Nam-issiqlik ishlovi beruvchi uskunalar
|
2
|
2
|
2
|
|
|
|
22.
|
Tikivchilik korxonasi tayyorlov, bichuv sexi uskunalari
|
2
|
2
|
2
|
|
|
|
|
Jami:
|
85
|
60
|
30
|
22
|
8
|
25
|
Amaliy mashg`ulotlarni o`tkazish uchun kerakli jihozlar
Tikuvchilik jihozlari fani bo`yicha o`tkaziladigan amaliy mashg`ulotlar uchun o`quv qurollari, darsliklar, qo`shimcha adabiyotlar, ommaviy axborot vositalari, gazlama bo`laklari, tikuvchilik ish qurollari kerak.
O`qitishning texnik vositalari
Radio, televizor, kodoskop, magnitafon, kompyuter, multimediya.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. V.V.Isayev., V.Y.Frans. Tikuv mashinalarining tuzilishi, sozlanishi va ta`mirlash – T.: 1985.
2. V.V.Isayev. Tikuvchilik korxonalarining jihozlari. – T.: 1989.
3. M.Jabborova. Tikuvchilik texnologiyasi. – T.: 1989
4. Tikuvchilik texnologiyasi va jihozlari. M.Tursunho`jayeva.
5. T. M. Poshshaxo`jayeva. Xizmat ko`rsatish mehnati. 5,6,7-sinflar uchun.–T.: 1994.
6. 2M-kl. PMZ. Chayka PMZ. Brother (Xitoy) tikuv mashinalari yo`riqnomasi.
Foydalanishga tavsiya etilidigan internet tarmog`i.
1.Яндекс.Tikuv mashinalari.
2.www Zinger. ru.
3.www.shvimash spb. ru.
4.www. portniha. ru.
5.www.veritaz.ru.
6.www.akademy. cross-kpk.ru.
7.www.sewing-master.
8.www.revoiution.allbest.ru.
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
O`RTA MAXSUS, KASB – HUNAR TA`LIMI MARKAZI
Ro`yxatga olingan
№KMD 3141602 – 2.12
“15” avgust 2012-yil
|
Vazirlikning 2012 yil
15 avgustdagi 332-1-sonli
buyrug’i bilan tasdiqlangan
|
GAZLAMAGA BADIIY ISHLOV BERISH,
KASHTACHILIK VA UNI O`QITISH METODIKASI
fanidan o`quv DASTURI
Fan dasturi Oliy va o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi tayyorlov yo`nalishlari bo`yicha Muvofiqlashtiruvchi kengashning 2012-yil 24-iyuldagi 3-son majlis bayoni bilan ma`qullangan.
Fan dasturi 1-Toshkent Pedagogika kollejida ishlab chiqildi, bilim sohasi bo`yicha sho`ba kelishuvidan o`tkazildi (1-sonli kelishuv Bayoni 2012-yil 16-iyul).
Tuzuvchilar:
|
M.Rahimjonova
|
–
|
1-Toshkent pedagogika kolleji o’qituvchisi.
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Taqrizchilar:
|
Q.Abdullayeva
|
–
|
Nizomiy nomli TDPU dotsenti, PFN
|
|
|
|
|
|
D.Xalimova
|
–
|
75-maktab direktori
|
|
|
|
|
Kirish
Mamlakatimiz, xalqimiz hayotida jiddiy o`zgarish, chinakam qayta qurish texnologiyasi borayotgan hozirgi kunda, xalq ta`limi xodimlari oldida katta, murakkab, mas`uliyatli vazifalar, hal etilishi kerak bo`lgan muammolar turibdi. Shulardan biri, yosh avlodning har tomonlama kamol topishida, hozirgi iqtisodiy tanglikni hisobga olgan holda o`quvchilarni iqtisodiy tarbiyalash bilan birga milliy qadriyatlarimizni, an`analarimizni o`rgatib borishdir.
O`quvchilarni har tomonlama tarbiyalashda turli xil to`garaklarning ham roli katta. “Tikuvchilik”, “Pazandachilik”, “Zardo`zlik”, “Milliy kashtachilik” to`garaklari bilan bir qatorda gazlama qoldiqlaridan oqilona foydalana olishni o`rgatadigan to`garaklarni ham tashkil qilish mumkin. Kiyimni loyihalash va badiiy bezash, tikuvchilik texnologiyasi to`garaklari gazlamani tejash bo`yicha bilimlar beradi, tikishni, bichishni o`rgatadi. Lekin bu tejalgan gazlama qoldiqlaridan qanday buyumlar, bezaklar tayyorlash mumkinligini gazlamaga badiiy ishlov berish to`garagida o`rganish mumkin.
Kashta tikish amaliy-bezak san`atining bir turi hisoblanadi. O`zbek milliy kiyimlari, uy-ro`zg`or anjomlarining kelib chiqish tarixiga nazar solsak, kashta tikish san`ati aholining hamma tabaqalari hayotida o`z o`rnini topganligining guvohi bo`lamiz.
Har bir o`zbek oilasida hozirgi kungacha va ko`p yillar davomida, e`zozlanib, saqlanib kelayotgan qo`l kashtalarini ko`ramiz. Kashta tikish qiziqarli ijodiy ish bo`lib, u ko`pchilikka quvonch keltiradi, bo`sh vaqtini bekor o`tkazmaslikka undaydi va kishilarni nafosat olamiga olib kiradi. Kashta tikish o`quvchilardan sabr-toqat, yuksak badiiy did, izlanuvchanlikni, fikr yuritishni talab qiladi. Hozirgi davr yoshlarining kasb-hunar egallashlari uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda.
Kashtachilik metodikasi pedagogika kasb-hunar kollejlarida to`garak rahbarlarini tayyorlashda eng asosiy mutaxassislik fani hisoblanadi. Bu fan bo`lajak to`garak rahbarlariga yosh avlodga har tomonlama tarbiya berish, mehnatga ijobiy munosabatda bo`lish, to`garak ishlari uchun moddiy ta`minot, to`garak rejasini tuzish, mashg`ulotga tayyorlanish, kashtachilik sirlarini o`rgatish bo`yicha yo`l-yo`riqlarni berishni o`rgatadi. Uning asosiy vazifasi hozirgi zamon yoshlarini kasbga qiziqtirish, tanlagan kasblari bo`yicha kerakli ko`nikma, malaka egallashlarining eng zamonaviy usullarini o`rgatishdir.
Gazlamaga badiiy ishlov berish, kashtachilik va uni o`qitish metodikasi dasturi nazariy va amaliy mashg`ulotlarning o`tkazilishini ko`zda tutadi.
Nazaruy kursda ta`lim texnologiyasini isloh qilishga qaratilgan hukumat qarorlari, Prezident farmonlari, milliy kashtachilik asoslari tarixi, uning kishilik jamiyati rivojlanishidagi o`rnini belgilovchi manbalardan foydalaniladi. Bunda beriladigan bilimlar albatta, Davlat ta`limi standartlari talablari darajasida bo`lishiga e`tibor beriladi.
Nazariy bilimlar berishda, to`garak ishlarini to`g`ri yo`lga qo`yishda duch keladigan qiyinchiliklar, yangi pedagogik texnologiyani joriy etishga qaratilgan yo`l-yo`riqlar, bezak elementlarining tarixi, milliy bezak elementlari tarixi, milliy bezak turlari, gazlamalarning turlari kabi bilimlar beriladi. Bu bilimlar amaliy mashg`ulotlarda mustahkamlanadi, shuningdek, muzeylarga, maktablarga, madaniyat uylarida tashkil etilgan ko`rgazmalarga ekskursiya uyushtiriladi. Amaliy mashg`ulotlar davrida o`quvchilarning gazlamaga badiiy ishlov berish, kashtachilik to`garagi rejasini tahlil etish, tuzish, uning bo`limlari asosida mashg`ulotlarga tayyorlanish, ko`rgazmalar tayyorlash va mashg`ulotlarni o`tkazish, tahlil etish bo`yicha ishlarni bajarishlari ko`zda tutilgan.
Amaliy ishlar (mavzuga qarab) otaliq maktablar qoshidagi to`garaklar, madaniyat uylarida o`tkazilishi kerak. Amaliy ishlarni o`tkazishda to`garak rahbarlarini tayyorlash uchun barcha sharoitlar yaratilishi zarur.
Ko`p yillik ish tajribalariga suyangan holda hamda respublikamiz madaniyat uylaridagi to`garak rahbarlarining ish tajribalarini o`rganish natijasida, ushbu fan dasturi tuzildi. Dastur 5 bo`limdan iborat:
1.Gazlamani tayyorlash.
2. Kashtachilik va uni o`qitish metodikasi.
3.Gazlama qoldiqlaridan keng iste`mol buyumlari tayyorlash.
4.Turli materiallardan bezaklar yasash.
5.Gazlama qoldiqlaridan sun`iy gullar yasash.
Mazkur dastur o`quvchilarga iqtisodiy tarbiya berish, ularning badiiy jihatdan kamol topishi va ijtimoiy qobiliyatlarini, mustaqil fikrlashni, ishlaridagi badiiylikni rivojlantirishning katta imkoniyatlarini kengroq o`rgatishni ko`zda tutadi. Fanni o`qitishda o`quvchilarga badiiy tarbiyani rivojlantirish, tejamkorlikka o`rgatish, kashta tikish san`ati amaliy tarzda olib boriladi, ya`ni ularga gazlama qoldiqlaridan buyumlar yasash ko`rsatib boriladi, ketma-ketligi tushuntiriladi. Bu esa hozirgi bozor iqtisodiyoti vaqtida juda muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
Fanni o`rganish natijasida o`quvchilar quyidagi ko`nikmalarga ega bo`lishlari kerak:
gazlama turlarini ajrata olish, gazlamani uy sharoitida bo`yash;
- kashtachilikda qo`llaniladigan ish qurollaridan foydalana olishi va o`quvchilarga o`rgata olish;
- kashtachilikda qo`llaniladigan chok turlarini va ularni buyumlarda qo`llay olishni to`garak a`zolariga o`rgata olish;
- xalq amaliy san`ati muzeylari ko`rgazmalaridagi asarlarni tahlil qila olish, unda qo`llangan choklarni ajrata olishlari.
-tekis choklar, applikatsiya, ko`z-ko`z kashta, baxyasimon choklarni tikish va o`quvchilarga o`rgata olishi.
gazlama qoldiqlaridan keng iste`mol buyumlarini tayyorlashni bilishi;
gazlamalardan turli xil taxlamalarni tikish;
gazlamalardan sun`iy gullar yasash;
Fanni o`rganish natijasida o`quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo`lishlari kerak:
o`quvchilarga turli materiallarning xususiyatiga qarab to`g`ri bezak tanlash;
- kashtachilik tarixi, uning turlari haqida ma`lumotlarni bilishi, to`garak a`zolariga yetkaza olish ;
-gazlamaga badiiy ishlov berish, kashta tikish sirlarini o`rgatish orqali barkamol avlodni tarbiyalash;
- ularni shu kasbga bo`lgan muhabbatini, badiiy didini o`stirish, mehnatga muhabbatni o`stirish metodikasi;
- tayyor ishlar ko`rgazmasini tashkil etish metodikasi;
- qo`l kashtasini tikish va buyumda qo`llashni o`rgatish metodikasi;
- to`garak rejalarini tuza olish, reja asosida mashg`ulotlarni metodik jihatdan to`g`ri tashkil va tahlil qila olish;
o`quvchilar ishlarini to`g`ri baholay olishi.
- fanning standart talablarini bilish;
- o`quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini o`stirish, fikrlash doiralarini kengaytirish; o`quvchilarning badiiy didini o`stirish, tejamkorlikka o`rgatish.
Do'stlaringiz bilan baham: |