O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O‘RTA MAXSUS, KASB–HUNAR TA’LIMI MARKAZI
«maktabdan va sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar tashkilotchisi »
kasbi bo’yicha
O’QUV DASTURLARI TO’PLAMI
Tayyorlov yo’nalishi:
|
Boshlang`ich ta`lim va sport tarbiyaviy ishi
|
|
|
Kodi: 3141600
|
|
|
|
Каsbi:
|
Maktabdan va sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar tashkilotchisi
|
|
|
Kodi: 3141602
|
|
|
|
Ixtisosliklari:
| 1. Umumta`lim maktablari va maktabdan tashqari to`garak ishlari tashkilotchisi (yo`nalishlar bo`yicha) |
| |
| |
| |
Toshkent -2012
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O‘RTA MAXSUS, KASB–HUNAR TA’LIMI MARKAZI
Ro’yxatga olindi
№ KMD 3141601-2.01
2012 yil 15 август
|
|
Vazirlikning 2012 yil
15 avgustdagi 332-1-sonli
buyrug’i bilan tasdiqlangan
|
Pedagogika
FANIDAN O’QUV DASTURI
Fan dasturi Oliy va o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi tayyorlov yo`nalishlari bo`yicha Muvofiqlashtiruvchi kengashning 2012-yil 24-iyuldagi 3-sonli majlisi bayonnomasi bilan ma`qullangan.
Fan dasturi 1-Toshkent Pedagogika kollejida ishlab chiqildi, bilim sohasi bo`yicha sho`ba kelishuvidan o`tkazildi (1-sonli kelishuv bayoni 2012-yil 16-iyul).
Tuzuvchi:
|
Y.Rasulova
|
–
|
1-Toshkent Pedagogika kolleji o’qituvchisi
|
|
|
|
|
|
O.Nurmatova
|
–
|
1-Toshkent Pedagogika kolleji o’qituvchisi
|
|
|
|
|
Taqrizchi:
|
N.Vohidova
|
–
|
Nizomiy nomli TDPU “Boshlang`ich ta`lim pedagogikasi va tarbiyaviy ishlar metodikasi” kafedrasi dotsenti, p.f.n.
|
|
|
|
|
|
Sh.Muxamedova
|
–
|
1-Toshkent Pedagogika kolleji o`qituvchisi
|
Kirish
Insonning har tomonlama uyg`un kamol topishi ta`lim muassasalarining asosiy vazifasidir. Bugungi kunda Respublikada amalga oshirilayotgan ta`lim sohasidagi islohotlar, pedagogika nazariyasi va uni amaliyot bilan bog`lab o`qitish bo`lajak mutaxassislarda kasbiy professional xususiyatlarni shakllantirishda muhim o`rin egallaydi.
Fanni o`rganish natijasida o`quvchilar quyidagi ko`nikmalarga ega bo`lishlari kerak:
pedagogik adabiyotlarni tahlil qilish;
pedagogik tushuncha va hodisalarning muhim belgilarini ajratib olish;
o`qituvchining mashg`ulotlari, bolalar faoliyatini kuzatish, yozib borish va tahlil qilish;
ta`limning ta`limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi xususiyatlarini aniqlay olish va amalga oshirish;
o`qituvchilar ilg`or ish tajribalarini o`rganish va umumlashtirish;
o`quvchilar bilimini nazorat qilish, baholayotganda ichki va tashqi jihatdan izohlash;
o`quvchilar jamoasi, faol o`quvchilar va ayrim o`quvchilar bilan yakka tartibda ishlash;
o`quvchilar bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning shakllari (suhbat, axborot, bayramlar, ertaliklar va h.k) uchun manba tanlash;
tarbiya ishlarini rejalashtirish, o`quvchilar xatti-harakatlarini kuzatish va tahlil qilish;
sinfdagi o`quvchilarning o`zaro ijobiy aloqalarini shakllantirish;
o`z ishining natijalarini tahlil qilish, yutuq va kamchiliklarini aniqlash, kamchiliklarni yo`qotish yo`llari ustida ishlash;
maktab ish hujjatlarini yuritish.
Fanni o`rganish natijasida o`quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo`lishlari kerak:
Do'stlaringiz bilan baham: |