Kasbga yo’naltirishning diagnostik metodikasi


Harrison Assessments quyidagilarni aniqlashda foydalaniladi



Download 21,55 Kb.
bet3/3
Sana01.01.2022
Hajmi21,55 Kb.
#293252
1   2   3
Bog'liq
maqola 1

Harrison Assessments quyidagilarni aniqlashda foydalaniladi:

  • Kasbiy tadqiqotlar uchun: aynan sizga to’g’ri keladigan kasblarni topishingizga va sizga qanday ta’lim darajasi kerakligini aniqlashda yordam beradi;

  • Kasb istiqbollarini aniqlash: martabangiz uchun eng yoqimli va zavqli tomonlarini belgilaydi;

  • Kasb tanlash sizga yoqmasligi mumkin bo’lgan ish elementlarini aniqlaydi, bu sizni ko’p yillik sinov va xatolardan xalos qiladi;

  •  Kuchli va zaif tomonlarni tahlil qilish: eng kuchli tomonlaringizni aniqlaysiz;

  • Suhbatga tayyorgarlik ko’rish imkoniyatlari: test natijalari bo’yicha xulq-atvori haqidagi tushunchalardan foydalanib, siz o’zingizni intervyu beruvchilar oldida muvaffaqiyatli va kerakli ijobiy ta’sir qoldirishingiz mumkin;

  • Kasbga yo’nalturish: kasb yo’naltirish bo’yicha batafsil hisobotlardan foydalangan holda, siz o’zingizning martabangizni qanday rivojlantirishingiz kerakligi haqida asosiy fikrlarni aniqlay olasiz.

Kasb yo’nalishini baholash usuli 14 yoshdan katta maktab o’quvchilari, kollej- litsey o’quvchilari, kasbini o’zgartirganlar, ota-onalar, rekruterlar uchun juda mos keladi.

Yuqorida aytib o’tilgan fikrlarimning isboti sifatida, kuni kecha Buxoro viloyati Kogon shaxar 4 umumiy o’rta ta’lim maktabining amaliyotchi psixologlari tomonidan o’quvchilar uchun “Kasbim kelajagim” mavzusida tashkil etilgan sayohatni aytib o’tmoqchiman. Bu sayohat uchun 9- sinf o’quvchi qizlari tanlandi. O’quvchi qizlarni kasbga yo’naltirish maqsadida Kogon shahridagi 15- son “Erkatoy” maktabgacha ta’lim muassasasiga olib bordik. O’quvchilar bog’chada tarbiyalanayotgan bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar. Tarbiyachi va bolajonlarning birgalikdagi faoliyatlarini kuzatdilar. “ Erkatoy” MTM mudirasi o’quvchilarga bog’cha faoliyati haqida ma’lumot berdi. Bog’chaning kun tartibi, kerakli me’yoriy hujjatlar bilan birma-bir tanishtirdi. Mazkur maktabgacha ta’lim muassasasiga uyushtirilgan ekskursiyadan o’quvchi qizlar mamnun bo’lishdi.O’quvchilar orasida kelgusida tarbiyachilik kasbini egallamoqchi bo’lganlar ham topildi va ular o’zlari uchun kerakli bo’lgan barcha ma’lumotlarni olganliklarini bildirdilar.

Guvohi bo’lganingizdek, bu kabi sahoyatlar, ekskursiyalar o’quvchilarning kasb tanlashlarida yordam beradi. Nafaqat, ta’lim muassasalari balki ishlab chiqarish zavod- fabrikalariga, oily ta’lim dargohlari: universitet va institutlarga o’quvchilarni olib borish va ularni mazkur tashkilorlar faoliyati bilan yaqindan tanishtirish kelgusida yoshlarni kasb yo’llarini tanlashlarida ko’maklashiga hech qanday shubha yoq.

Bu kabi ekskursiyalar, sayohatlar, amaliy trening mashg’ulotlarning bari o’quvchilar o’z-o’zlariga “ kasb tanlashga tayyormanmi?” degan savolni berganlarida hech ikkilanmasdan “ Xa” deya olishlari uchun xizmat qiladi. Sanab o’tilgan mashg’ulotlar “ o’tmish, bugun, kelajak” kabi tushunchalar bilan uyg’unlashtirilsa, bu tushunchalarning kasb tanlashdagi ahamiyati haqida fikr-mulohaza yuritilsa, yosh avlod albatta o’zi mustaqil kasb tanlay oladi, tanlagan kasbi jamiyat hayotida naqadar muhim o’rin tutishishini anglay oladi va mas’uliyat his qila boshlaydi.

Zero, o’tmish hikmat bulog’i. Inson o’z o’tmishidan hikmatdan boshqa hec narsa olmasligi lozim. Yoshi ulug’, keksa nuroniylarning ko’p yillik tajriba va bilimlariga tayanib ish ko’rmog’imiz lozim.

Bugungi kun esa sizga, bizga, barchamizga berilgan eng katta ne’mat. Uni go’zal, yoqimli qilish har birimizning o’z qo’limizdadir.

Kelajak esa bugundan boshlanadi.Bugundan boshlangan har kungi umrimiz, olayotgan bilimlarimiz, oldimizga qo’yayotgan ezgu orzu niyatlarimiz kelajakni barpo etadi.

O'smirlarni kasbga tayyorlash jarayoni, mehnatga munosabatini tarbiyalash, amaliy ko’nikma va malakalarni shakllantirish o'quvchi shaxsini har tomonlama rivojlantirish va shakllantirish ishlarini o’z ichiga oladi.Kasbiy yo’naltirish va tarbiya vazifalarini muvaffaqiyatli bajarish uchun o’qituvchi yuksak g’oyaviy, prinsipial, siyosiy yetuk va ma'naviy barqaror inson bo’lishi shart6.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O’zbekiston Respublikasi " Ta’lim to’g’risidagi qonun". 10- modda.

2. O'quvchilarni kasb hunarga yo'naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi. tashxis_markaz@uzedu.uz.

3. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. " O’zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va fan sohalarini rivojlantirish chora tadbirlari to’grisida". 15- band.

4. " O'quvchilarni kasbga yonaltirishning psixologik omillari". S.G. Umirzoqov, A.M. Sayubova. 433-bet.

5. B.X. Raximov. " Ta’lim tizimida bo‘lajak o'qituvchi shaxsining kasb madaniyati" Samarqand, 1996 y, 43-45 bet.



6. M.F. Ziyaeva " Kasbga qiziqish va kasb tanlash". Kasb hunar ta'limi j. 2001 y. 5-son. 15-17 bet.
Download 21,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish