Kasb tanlashga


  0 ‘quvchilarning o‘zlashtirishini baholash mezonlari



Download 13,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet182/266
Sana16.06.2022
Hajmi13,45 Mb.
#677586
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   266
Bog'liq
Mehnat-talimi-oqitish-metodikasi-kasb-tanlashga-yollash-1

3. 
0 ‘quvchilarning o‘zlashtirishini baholash mezonlari. 
H ar 
qanday baholash natijalari o‘zaro taqqoslanishi, ya’ni o‘lchanishi 
lozim bo‘ladi. Ularni taqqoslash baholashdan oldin yoki keyin 
ishlab chiqilgan mezonlar asosida amalga oshirilishi mumkin. 
Baholash mezonlari o‘quv maqsadlariga qay darajada erishilgan- 
likni anglatuvchi ko‘rsatkichdir. Bu ko‘rsatkichlar sonlar («besh», 
«to‘rt», «uch» va hokazo) so‘zlar («a’lo», «yaxshi», «qoniqarli» va 
hokazo) yordamida tavsiflanishi m um kin. Boshqacha qilib ay- 
tadigan bo‘lsak, baholash mezonlari ta ’lim oluvchining qaysi 
o‘zlashtirish darajasini namoyish qilishiga qarab mos qo‘yiladigan 
baho ko‘rsatkichining tavsifidan iborat.
Baholash uning mohiyatidan kelib chiqib, ikki xil shaklda 
o‘tkazilishi mumkin: mezonga asoslangan baholash va m e’yorga 
asoslangan baholash.
Mezonga asoslangan baholash — baholanuvchining ta ’lim 
jarayonida qo‘lga kiritgan natijalarini, 
bilim, 
malaka va 
ko‘nikm alarini oldindan belgilangan o‘quv maqsadlari asosida 
ishlab chiqilgan ham m a uchun umumiy va bir xil mezonlarga 
ko‘ra taqqoslash va o‘lchashdan iborat bo‘lgan baholash shaklidir. 
Bunday baholash mezonlarni aniq belgilab beruvchi o'rganish 
maqsadlari bo‘yicha natijalarga baho berish imkoniyatini yarata­
di. Bu orqali natijalar to‘g‘ridan to‘g‘ri va xolis baholanadi, shu-
286


ningdek, kuchli guruhlarni kuchsiz guruhlardan yaxshiroq farq- 
lash im konini beradi. Bu baholash shakli ikki bosqichdan iborat 
b o iib , birinchi bosqichda baholanuvchining erishgan natijalari 
aniqlanadi, ikkinchi bosqichda esa, natijalar mezonlarga taqqos- 
lanadi va oichanadi.
0
‘quvchilarning o‘zlashtirishini hisobga olish, ya’ni aniqlash, 
yangi m aterialni m ustahkam lash vaqtida o‘tilgan o‘quv m ate­
riallarini o‘zlashtirish, m ehnat usullarini egallash va mustaqil 
m ehnat topshiriqlarini, grafik ishlarini va uy topshiriqlarini ba- 
jarishlari ham da o‘quvchilarning bilim lari tekshiriladi va unga 
baho qo‘yiladi.
0
‘quvchilarning o‘quv-m ehnat faoliyatini m untazam tekshirib 
borish va unga baho qo‘yish ularning berilgan topshiriqlarini 
o‘z vaqtida va puxta, mustaqil bajarishlarini ta ’minlaydi, ilmiy 
-am aliy bilim larni, m ehnat ko‘nikm alari va m alakalarini astoydil 
egallashga undaydi. Shu bilan birga o‘qituvchi va ishlab chiqa­
rish ta ’lim i o‘qituvchilarining o‘quvchilarda mavjud bo‘lgan kam ­
chiliklarni aniqlash bilan birga uni tuzatish choralarini izlashga 
undaydi.
Bundan tashqari o ‘quvchilarning o ‘zlashtirishini tekshirish 
o‘qituvchilarning faoliyatiga baho berishga ham asos bo‘ladi, 
ya’ni u usullarini ko‘rsatishi, m ehnat va hunar ta ’lim ining tash­
kiliy formalari, m etodlaridan ham ko‘rsatmali qo‘llanm alardan 
sam arali foydalanishiga, mustaqil ishlarni tashkil etish, ular­
ning bajarilishiga rahbarlik qila olishiga baho berish im konini 
beradi.
Bilim, dastlabki ko‘nikm alar sifatini nazorat qilish bo‘yicha 
baholash m ezonlarini ko‘rgazmali qo‘llanma sifatida tayyorlab 
ustaxonaga osib qo‘yish ham ijobiy natija beradi. Bundan tashqa­
ri, ko‘rgazmali qo‘lIanm aning oxirida izoh o ‘rnida quyidagilarni 
yozib qo‘yish mumkin; m ehnat ta ’limi va yo‘nalishlari, m aktab 
joylashgan iqtisodiy hududda keng tarqalgan sohalar kasblarga 
muvofiq tanlanadi. Shunga ko‘ra yo‘nalish tanlangandan keyin 
joylarda m ehnat ta ’limi o‘qituvchilari o‘zlari baholash m ezonla­
rini ishlab chiqishlari zarur.
Baholash m ezonlarini ishlab chiqish bo‘yicha um um iy tavsi- 
yalarga ko‘ra, o ‘quvchilarning nazariy, texnika va texnologiyaga 
doir bilim lari va dastlabki ko‘nikm alari bo‘yicha baholash m e ­
zonlarini ishlab chiqarishda quyidagilarn' .hisobga olish kerak;
287


— texnologiyaga, texnikaga, iqtisodiyot va m ehnatni ham da 
ishlab chiqarishni tashkil etishga doir nazariy bilimlarni;
— asosiy texnologik operatsiyalar va texnologik jarayonlarni 
bil ishni;
— asosiy asbob va moslamalarni (qirqish, o‘lchash tekshirish 
moslamalarini, priborlar, apparatlar, stanoklar, m ashinalar, 
agregatlar, ularning vazifasi, ishlash prinsiplari, boshqarilishi, 
ta ’m irlanishi va hokazolarni) bilishni;
— xavfsizlik texnikasi va shaxsiy gigiyena qoidalarini bilishni;
— asosiy m anbalarni, ta’lim ning texnik va didaktik vositala­
rini va ulardan foydalanishni bilishni;
— har xil o‘quv fanlari (matematika, kimyo, fizika va h.k.) 
bo‘yicha tegishli m a’lum otlardan foydalana olish ko‘nikm asini;
— ishlab chiqarish mazm unidagi masalalarni hal qilish (ash- 
yolarning zarurligini, ularni ishlatishni hisoblash va h.k.) uchun 
turli bilim lardan mustaqil foydalanishni;
— buyum lar tayyorlashning sifatini nazorat qilish ko‘nikm a- 
sini.
Amaliy laboratoriya mashg‘ulotlari bo‘yicha baholash m e­
zonlarini ishlab chiqishda esa quyidagilardan foydalanish tavsiya 
etiladi;
— navbatdagi ishni rejalashtirishda mustaqillikdan, ish o‘rnini 
ratsional tashkil etishdan;
— tekshirish, sozlash, rostlashdan;
— mustaqil holda boshqarish, ishlash, qayta tiklash, tanlash 
va h.k. lardan;
— tanlashni asoslash, ishlash rejimi, bo‘yoqning rangi, ishlash 
usullari, texnologik operatsiyalari va hokazolar nimalarga asos- 
lanib tanlanganini isbotlashdan va h.k.
0
‘quvchilarning bilim, ko‘nikm a va malakalariga o‘qituvchi 
besh balli tizim da baho qo‘yadi. Baho qo‘yishning besh balli tizi­
m ini amalda tatbiq etishda so‘zlar bilan ifodalanadigan «5», «4», 
«3», «2», «1» ballarda ifodalanadi.
Ko‘pincha o ‘qituvchilar o‘quvchilarning intizomiga oid birorta 
kamchiligi (kechikib kelishi, m ashg‘ulotlarga kelmay qolishi, dars 
vaqtida gaplashib o‘tirishi va hokazolar) uchun bahoni kam ayti­
rish kabi xatoga yo‘l qo‘yadilar. Bu o ‘rinda o‘qituvchi tarbiyaviy 
ta ’sir ko‘rsatishning boshqa vositalaridan foydalanishi lozim.
Baho mezonlari quyidagicha tavsiflanadi;
288


«Aio» (5 ball) o‘quv m aterialini butun tafsilotlari bilan bi­
lish va tushunish, m aterialni izchil, m antiqan bogiangan holda 
hatosiz bayon etish, hisob-kitob va grafika ishlarini nam unali 
bajarish, m ehnat topshiriqlarini mustaqil, dadil va to ‘g‘ri ta t­
biq etish, m ehnat usullarini to ‘g‘ri bajarish (mehnat ta iim i das- 
turining talablari doirasida), texnikaviy talablar doirasida sifat 
ko‘rsatkichlariga rioya qilish, ishni vaqt normasi doirasida baja­
rish «5» bail bilan baholanadi.
«Yaxshi» (4 bail) baho butun o‘quv m ateriallarini bilishi va 
tushunishi, uni og‘zaki va yozma ravishda to ‘g‘ri bayon etishi, 
hisob-kitob va grafika ishlarini to‘g‘ri va puxta bajarishi, olin­
gan bilim lardan o‘quv-m ehnat topshiriqlarini, berilgan ishni 
belgilangan vaqt m e’yoriga muvofiq vaqtida bajarilganligi uchun 
qo‘yiladi.
«Qoniqarli» (3 bail) baho dasturidagi asosiy m aterialni bundan 
keyingi o ‘quv, mehnat vazifalarini bajarishga imkon beradigan 
hajmda bilishi va tushunishi, o‘quv m aterialini birm uncha xato 
va kam chiliklar bilan, o'qituvchining ozgina yordami orqali sod- 
da qilib bayon etishi, m ehnatni tashkil etishda biroz kam chilik 
b oig an holda belgilangan vaqt norm asini 75% bajargani uchun 
qo‘yiladi.
«Yomon» (2 bail) baho dastur m aterialning ko‘p qismini yax­
shi tushunm aslik, uni qo‘pol xatolar bilan bayon qilish, hisob- 
kitob va grafika ishlarini yetarli darajada bajarmaslik, olingan 
bilim larni xatolarga y o i qo‘yib tatbiq etish, m ehnat operatsi­
yalarini ko‘p xatolar bilan bajarish, m ehnatda belgilangan sifat 
ko‘rsatkichlarini ta ’minlay olmasliklari uchun qo‘yiladi.
«Juda yomon» (1 bail) butun dastur m aterialini bilmaslik va 
tushunm aslik, o iilg a n m aterialni bayon qilib bera olmaslik, olin­
gan bilim lardan amalda foydalana bilmaslik, m ehnat usullarini 
qoilay olmaslik, brakka y o i qo‘yganligi uchun «1» baho qo‘yiladi.
Baholarning tarbiyaviy rolini oshirish masalasi diqqatga sazo­
vordir. Shu munosabat bilan usta, o‘qituvchilar qo‘ygan baholarini 
izohlab berishi muhimdir. Bu hol o'quvchilarga o‘z bilimlaridagi 
kam chiliklarini, amaliy ishlaridagi nuqsonlarni bilib olishlariga 
yordam beradi. Baholarni m untazam izohlab borish, ularning 
ta iim iy rolini oshiradi.
Dars jarayonida o ‘quvchilarni bilim, m ala’.^ va ko‘nikm alarini 
o‘qituvchi tom onidan to ‘g‘ri baholash ko‘p m uam m olarni ye-
289


chishga, ta ’lim-tarbiyani yo‘lga qo‘yishga yordamlashadi. Bilim ­
larni va m ehnat ko‘nikm alarini tekshirish va ularga baho qo‘yish 
mehnat ta ’lim ining ham m a bosqichlarida o‘tilgan m aterialni 
mustahkam lash vaqtida m ehnat usullarini eslash va mustaqil top- 
shiriqlarni bajarishda grafika ishlarini va uyga berilgan vazifala- 
rini ado etishda amalga oshiriladi. 0 ‘qituvchilarni o‘quv m ehnat 
faoliyatlarini m untazam tekshirib borish va baho qo‘yish ularga 
beriladigan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarishlarini ta ’minlaydi. 
Mehnat texnikaviy bilim larni, m ehnat ko‘nikm alarini va masa- 
lalarini astoydil eslashga undaydi. Baholashda bahoning obyek­
tivligi o'quv tarbiyaviy ishda m uhim rol o‘ynaydi. Shuningdek, 
mehnat o'qituvchilari va ustalari uchun o ‘quvchilarning o ‘quv 
mehnat faoliyati vaqtida qo‘yiladigan talablarga rioya qilish ham 
ancha muhimdir. Bunday talablarga quyidagilar kiradi: o ‘quv m a­
terialini mehnat va hunar ta ’limi dasturida belgilangan hajmda 
bilish, olingan bilim lar va m ehnat ko‘nikm alarini chuqurligi 
va anglanganligi, javoblarning va ko‘rsatilayotgan usullarning 
to‘g‘riligi, o‘rganilgan m aterialni tahlil qilish va umum lashtira 
bilish, o‘rganilgan va egallangan bilim lardan amaliy faoliyatda 
foydalana olish. Ishdagi mustaqillik va olingan bilimlarni amalda 
qo‘llanilishi, ish jo'yini to‘g‘ri tashkil etish hamda tayyorlanayot- 
gan buyumlarga nisbatan qo‘yiladigan texnikaviy talablarga rioya 
qilish, belgilangan vaqt normasini bajarish va xavfsizlik texnikasi 
qoidalariga amal qilish va hokazolar.
Ana shu talablar asosida quyidagi baho mezonlari belgilab 
chiqilgan. 0 ‘quvchilar bilimi, ko‘nikm a va malakalarini tekshirish 
jarayoni didaktik masalalarni hal qilishga, ya’ni bilim, ko‘nikma 
va malakalar sifatini aniqlashga yo‘naltirilgan. Bilim, ko‘nikm a 
va malakalarning sifati eng avval ularning puxtaligi va ongliligi 
bilan tavsiflanadi. Bilim, ko‘nikm a va malakalarning puxtaligiga 
ishonch hosil qilish uchun ularni faqat o ‘zlashtirilayotgan paytda 
emas, balki o‘quvchilam ing keyingi faoliyatlarida ham tel^shirish 
kerak. Shunday qilib, butun ta ’lim davomida o‘quvchilarni"tizimli 
va rejali ravishda nazorat qilish kerak.

Download 13,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish