Kasb tanlashga


  Mehnat ta’limi, kasb tanlashga yo‘llash darslari jarayonida



Download 13,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet178/266
Sana16.06.2022
Hajmi13,45 Mb.
#677586
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   266
Bog'liq
Mehnat-talimi-oqitish-metodikasi-kasb-tanlashga-yollash-1

1. 
Mehnat ta’limi, kasb tanlashga yo‘llash darslari jarayonida
o‘quvchilarning bilim, malaka va ko‘nikmalarini baholash va uning
ahamiyati. 
M ehnat ta ’limida o'quvchilar tomonidan o‘quv material­
lari o‘zlashtirilganligini, ko‘nikma va malakalar hosil bo‘lganligini 
tekshirish va baholash ta’lim jarayonining zarur tarkibiy qismi h i­
soblanadi. Bu faqat o‘qitish natijalarini nazorat qilish emas, balki 
o‘quv jarayonining turli bosqichlarida ta ’lim oluvchilarning bilish 
faoliyatiga rahbarlik qilish hamdir. 0 ‘z bilimini m ehnat ta ’limi 
o‘qituvchisi tomonidan to‘g‘ri, baholanishiga ishonch hosil qilgan 
o‘quvchida shu o‘qituvchiga nisbatan o'quvchilik hurmati ortadi, 
aksincha, o‘quvchi bilimini baholashda prinsipsizlikka yo‘l qo‘ygan 
mehnat ta’limi o‘qituvchisi, garchi u nazariy bilim va amaliy faoli­
yati jihatdan juda tanilgan bo‘Isa ham, asta-sekin o‘z o‘quvchilari 
nazaridan qola boshlaydi. Bu masalaning xavfli tomoni shuki, 
o‘quvchining bilim olishga bo‘lgan intilishi, shijoati susaya bosh­
laydi. Bu barcha o‘qituvchilarga tanish haqiqatdir.
Baholash ~ ta ’lim jarayonining m a’lum bosqichida o‘quv 
maqsadlariga erishilganlik darajasini oldindan belgilangan mezon­
lar asosida o‘lchash, natijalarni aniqlash va tahlil qilishdan iborat 
jarayondir.
280


Baholash, 
0
‘quvchilarni o‘quv faoliyatida rag‘batlantirish bi­
lim , ko‘nikm a va m alakalarni tekshirish o ‘qituvchi o‘quvchilarga 
yordam ko‘rsatishining m uhim vositasidir. 0 ‘qituvchi tekshirish 
jarayonida o‘quvchilarning ishlaridagi xatolarni ko‘rsatish bilan 
cheiclanib qolmay bu kam chiliklarni bartaraf qilishga yordam 
bersagina bunga erishish m um kin. Bundan tashqari, o ‘qituvchi 
o ‘quvchilarga ular bajargan ish bosqichining um umiy tavsifini 
beradi, bunda o‘quvchilar bajariladigan ishning bajarilgan ish- 
lardan farqlari haqida, uning m urakkablik darajasi yoki javob- 
garliligi va hokazolar haqida aniq tasavvur hosil qiladi. Natijada 
o ‘quvchilar kelajakni ko‘ra oladilar va bor bilim ini safarbar qi­
lib o ‘z ishlarini to‘g‘ri tashkil qilish, m ehnat topshirig‘ini sifatli 
bajarish ishtiyoqini his qiladilar.
Baholash o‘quv jarayonini tashkil qilish va o‘tkazishdagi 
nuqsonlarini aniqlashda yordam beradi. M ehnat o ‘qituvchisi 
o ‘quvchilarning bilim, ko‘nikm a va m alakalarini tekshirar ekan, 
ayni bir vaqtda u o ‘z ishining sifati haqida ham hukm chiqaradi. 
Agar o ‘quvchilar faoliyatida tipik xatolar uchrasa, bu hol aksariyat 
o ‘qituvchi ishida kam chilik mavjudligini bildiradi va, aksincha, 
o ‘quvchilarning muvaffaqiyatli ishlashi, m ehnat usullarini to‘g‘ri 
bajarishi va hokazolar o‘qituvchi o‘quv m aterialini tushunarli ba­
yon qilgan degan xulosaga olib keladi.
0
‘quvchilarda o‘z-o ‘zini nazorat qilish m alakalarini tarkib top- 
tirishda baholash m uhim rol o‘ynaydi. M ehnat ta iim i o‘qituvchisi 
ko‘nikm a va m alakalarni tekshirishga o‘quvchilarning o‘zlarini 
ham jalb etadi. Chunonchi, buyum o‘lcham ining aniqligini tek- 
shirishdan oldin o‘qituvchi bu ishni o‘quvch i lardan biriga to p ­
shiradi. Bunda o‘quvchi o ‘lchov asbobini to ‘g‘ri ushlayotganini, 
to‘g‘ri foydalanayotganligini, ishni m ohirlik bilan bajarishini ku­
zatib turadi. Shundan keyin o ‘lchashni o ‘qituvchining o‘zi ba­
jaradi. Agar birinchi va ikkinchi o‘lchashlar, ya’ni o‘quvchilar 
va o ‘qituvchi bajargan o‘lchash natijalari farq qilsa, o‘qituvchi 
bu nim adan kelib chiqqanini, qanday xatoga yo‘l qo‘yilganini 
tushintirib beradi. Natijada o ‘quvchilarga ish jarayonida o‘z- 
o ‘zini nazorat qilishni to ‘g‘ri bajarish usullari o‘rgatiladi. Bundan 
tashqari, o‘qituvchi o‘quvchilarga har qanday faoliyatda o‘z-o‘zini 
nazorat qilishlarining aham iyatini tushuntiradi.
B ilim , ko‘n ik m a va m alak alarn i tekshirish birdan-bir 
m aqsad em as, balki b u tu n t a i i m jaray o n in in g taiivibiy qismi
281


b o ‘lishi kerak. Shu talabdan kelib chiqib, m ehnat darslarida 
nazorat qilishning yakka va frontal shakílaridan foydalanish, 
ularni har bir aniq holda to ‘g‘ri am alga oshirish lozim . M a­
salan, kirish instruktajida yangi ishning birinchi bosqichla- 
rida o ‘quvchilar qo'llashi m um kin bo‘lgan m alakalar frontal 
tekshiriiishi m um kin. Ishning keyingi bosqichlarida kerak 
boMgan m alakalar 
0
‘quvchilarning h ar biri bu ishlarni baja­
rishga qanday kirishishiga qarab, yakka tekshiriladi. B ilim ­
larni tekshirish haqida ham shularni aytishi m um kin. M ehnat 
m ashg'ulotlarining tavfsifi bilim larn i yakka holda tekshirish- 
da ularning am aliyotda qo‘llan ish in i bog‘lash im konini b e ­
radi. Shu tufayli, bir tom ondan, o ‘quvchilar tek sh irish n in g
zarurligini tushunib yetadilar va unga katta m as’uliyat hissi 
bilan m unosabatda bo‘ladilar, ikkinchi tom ondan, o ‘qituvchi 
har bir o ‘quvchi haqida tasavvur hosil qilish im koniga ega 
b o ‘ladi.
Yuqorida keltirilgan fikrlardan kelib chiqib, baholashning 
mohiyati haqida quyidagi xulosalarni aytish m um kin:

Download 13,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish