7.O‘rtoqlarining ta’siri bilan kasb tanlash. O‘quvchi o‘z istaklarini ro‘yobga chiqarishni o‘ylab ham ko‘rmagan bir paytda uning sinfdosh o‘rtoqlari kasb tanlash haqvda fikr yuritadilar. O‘quvchi bunda o‘rtoqlaridan ajralib qolishni xohlamaydi chunki ularning orzulari yorqin, jozibalidir. SHu tariqa o‘kuvchi «men ular bilan birga bo‘laman, chunki menga baribir» deydi. Keyinchalik esa u qiynala boshlaydi, azob chekadi: noto‘g‘ri kasb tanlaganiga pushaymon buladi, o‘zini qiziqtirmagan, o‘ziga yoqmagan kasbda ishlayotganidan xafa bo‘ladi. 8.Tasodifiy sabablar ta’siri ostida kasb tanlash. Ba’zan o‘smir mexanika ishlab chikarish korxonasi xonadonimizga yaqin bo‘lgani uchun chilangar bo‘lib ishga kirdim, deydi. Ammo o‘zi bu kasbni uncha yoqtirmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |