Oʻqituvchi oʻzining pedagogik vazifalarini bajarishda oʻquv materiallar turlarini tizimlashtirish uchun maqsadli shakllar, samarli usullar, oqilona uslublar va ta’limning kengroq maqsadga yoʻnaltirilgan vositalaridan foydalanadi. Shunday qilib, ta’lim oluvchilarni oʻquv materialini qabul qilishga tayyorlaydi, ularni toʻliq mutaxassislik va oʻquv fanlariga kasbiy qiziqishi va bilish faolligini rivojlantiradi. Bir vaqtning oʻzida oʻqituvchi tinglovchi va oʻquvchilarni mustaqil ravishda bilimlarga erishishlarini, shuningdek, oldilarida turgan kasbiy faoliyatdagi koʻnikma va malakalarni egallashga oʻrgatadi. Ta’lim oluvchilarning ishlarini tahlil qiladi, oʻzining pedagogik faoliyati natijalarini tanqidiy baholaydi va dasturiy materiallarni oʻzlashtirishni tekshirishni amalga oshiradi. Bu kompleks oʻzaro bogʻliq vazifalarni hal etishda oʻqituvchi oʻquv- tarbiyaviy jarayonda, tashkilotchi va tarbiyachi, pedagog sifatida namoyon boʻladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |