«kasb ta‟limi» kafedrasi


  “Ta‟lim  texnologiyasi”  tushunchasi  rivojlanish  bosqichlari  tarkibiy



Download 0,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/50
Sana29.12.2021
Hajmi0,97 Mb.
#77247
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
Bog'liq
pedagogik texnologiyalar

1.3.  “Ta‟lim  texnologiyasi”  tushunchasi  rivojlanish  bosqichlari  tarkibiy 

tuzilmasi. 

 Bugungi 

kunda 

mamlakatimizda 



mutaxassislarning 

ilmiy 


salohiyatini 

birlashtirishga  imkoniyatlar  yetarli  darajada.  Pedagogiktexnologiya  pedagogika 

fanining  alohida  tarmog„i  sifatida  yoki  faqat  ta‟lim  amaliyotini  maqbullashtirishga 

yo„naltirilgan  tizim,  deb  qarash  mumkin  emas.  Pedagogiktexnologiya  bu  sohadagi 

nazariy va amaliy izlanishlarni birlashtirish doirasidagi faoliyatni aks ettiradi. Avvalo, 

Pedagogiktexnologiya nimani anglatadi?  

 1.  Pedagogiktexnologiya  o„quv-tarbiya  jarayoni  uchun  loyihalanadi  va 

belgilangan  maqsadni  yechishga  qaratiladi.  Har  bir  jamiyat  shaxsni  shakllantirish 

maqsadini  aniq  belgilab  beradi  va  shunga  mos  holda  ma‟lum  bir  pedagogik  tizim 

mavjud bo„ladi. Bu tizimga uzluksiz ravishda ijtimoiy buyurtma o„z ta‟sirini o„tkazadi 

va  ta‟lim-tarbiya  maqsadini  umumiy  holda  belgilab  beradi.  Maqsadi  esa  pedagogik 

tizimning qolgan elementlarini o„z navbatida yangilash zaruratini keltirib chiqaradi. 

 2.  Bugungi  kunda  fan-texnikaning  rivojlanishi  bilan  inson  faoliyati  nihoyatda 

kengayib,  yangi  texnologiyalar  kirib  kelmoqda.  Sifat  o„zgarishlari  shundan  dalolat 

beradiki, endilikda yangi metodikalarni talab etadigan va ta‟lim jarayonining ajralmas 

qismiga aylanib borayotgan, unga o„zining ma‟lum xususiyatlarini joriy etadigan yangi 

texnikaviy,  axborotli,  audiovizualli,  audial  vositalar  ham  mavjud  bo„lib,  ular 

Pedagogiktexnologiyalarni aniq voqelikka aylantirdi.  

 Pedagogiktexnologiya  mohiyat-e‟tibori  jihatidan  boshqa  texnologiyalar  bilan  bir 

safda  turadi,  chunki  ular  ham  boshqalari  qatori  o„z  xususiy  sohasiga,  metodlari  va 

vositalariga  egadir.  Biroq  Pedagogiktexnologiya  inson  ongi  bilan  bog„liq  bilimlar 

sohasi sifatida murakkab va hammaga ham tushunarli bo„lmagan pedagogik jarayonni 

ifoda  etishi  bilan  ishlab  chiqarish  va  axborotli  texnologiyalardan  ajralib  turadi.  Uning 

o„ziga xos xususiyati – tarbiya komponentlarini mujassamlashtirganidir. 




 Pedagogiktexnologiya  boshqa  sohalardagi  texnologik  jarayonlar  bilan  uzluksiz 

boyib  boradi  va  an‟anaviy  o„quv  jarayoniga,  uning  samarasini  oshirishga  ta‟sir 

ko„rsatishning  yangi  imkoniyatlarini  egallab  oladi.  O„quv-tarbiyaviy  jarayonni 

texnologiyalashtirish  tarixiy  voqelik  va  jarayondir.  Axborotlashtirish  jarayondagi 

inqilobiy burilish va uning muhim bosqichidir. Oddiy til bilan aytganda ta‟lim tizimida 

axborot texnologiyasi – «o„quvchi yoki talaba – kompyuter» o„rtasidagi muloqotdir. 

 Axborotli  texnologiya  pedagogik  texnologiyaning  tarkibiy  qismi  bo„lib,  u  ta‟lim 

jarayonida  texnik  vositalarning  mukammallashgan  zamonaviy  turi  sifatida  qo„llana 

boshlandi.  Axborot  texnologiyalari  insoniyat  taraqqiyotining  turli  bosqichlarida  ham 

mavjud  bo„lgan.  Hozirgi  zamon  axborotlashgan  jamiyatining  o„ziga  xos  xususiyati 

shundaki, «sivilizatsiya tarixida birinchi marta bilimlarga erishish va ishlab chiqarishga 

sarflanadigan  kuch  energiya,  xomashyo,  materiallar  va  moddiy  iste‟mol  buyumlariga 

sarflanadigan  xarajatlardan  ortiq  bo„ldi,  ya‟ni  axborot  texnologiyalari  barcha  mavjud 

texnologiyalar, xususan, yangi texnologiyalar orasida yetakchi o„rin egallamoqda.  

 Axborot texnologiyalarining rivojlanishida aqliy mehnat vositalarining o„zgarishi 

bilan bog„liq ikkita axborot inqilobi hal qiluvchi ta‟sir ko„rsatdi. Birinchi inqilob kitob 

bosishning paydo bo„lishi bilan ro„y berdi va telefon, telegraf, radioning ixtiro qilinishi 

bilan chuqurlashdi. Ikkinchi inqilob EHMlarning paydo bo„lishi va tez tarqalishi, EHM 

lokal  tarmoqlarining  yaratilishi,  axborot  resurslarini  boshqarish  tizimlarining  tashkil 

etilishi  bilan  bog„liqdir.  Shu  bois  yaqin  kelajakda  respublikamizdagi  mavjud  barcha 

o„quv yurtlarini dasturli mashinalar bilan yetarli darajada ta‟minlash muammosi paydo 

bo„ldi. Shundagina axborotli texnologiya asosida talabalarning bilish faoliyatini tashkil 

etish  va  boshqarish  imkoniyati  tug„iladi  va  u  o„qituvchining  yaqin  ko„makdoshiga 

aylanadi. 

 Ta‟lim-tarbiya  jarayonida  Pedagogiktexnologiyalarni  qo„llash  avvalo,  pedagogik 

munosabatlarni rivojlantirish va demokratlashtirishni talab etadi, chunki ularni amalga 

oshirmay  turib  qo„llangan  har  qanday  pedagogik  texnologiya  kutilgan  samarani 

bermaydi. 

 Pedagogik  munosabatlarni  rivojlantirish  va  demokratlashtirish  asosidagi 

pedagogik  texnologiya  avtoritar  texnologiyaga  qarama-qarshi  bo„lib,  pedagogik 

jarayonda hamkorlik, g„amxo„rlik, ta‟lim oluvchilar shaxsini hurmat qilish va e‟zozlash 

orqali  shaxsning  tahsil  olishi,  ijod  bilan  shug„ullanishi  va  o„zini  o„zi  rivojlantirishiga 

qulay  ijtimoiy  va  psixologik  muhit  yaratadi.  Mazkur  jarayonda  talaba  o„z  o„quv 

faoliyatining  subyekti  sanaladi  va  pedagog  bilan  hamkorlikda  yagona  ta‟lim 

jarayonining subyekti - ta‟lim-tarbiya vazifalarini hal etadi. 


Download 0,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish