Kasb psixalogiyasi oraliq nazorat
1-variant
1.Kasb psixalogiyasi fanining predmeti va vazifalari
2.Shsxs kasbiy shakillanishi jarayonidagi inqirozlar
Kasbiy psixologiyaning predmeti bilim, koʻnikma va malakalarning egallash qonuniyatlarini, bu jarayonlarda sodir boʻladigan individual tafovutlarni, oʻquvchilarda faol, mustaqil va ijodiy tafakkurni tarkib toptirish qonuniyatlarini tadqiq etishdir.Kasbiy psixologiya muhim vazifalaridan biri – maktabdagi ta’lim jarayonini yanada takomillashtirishning psixologik asoslarini ishlab chiqishdan iborat boʻlib, bu hol yangi ta’lim dasturiga oʻtish munosabati bilan bogʻliqdir. Kasbiy psixologiya shu bilan birga talabalar shaxsining tarkib topish jarayonini turli tarbiyaviy tadbirlarning talabalarga koʻrsatadigan ta’sirini oʻrganadi hamda talabalarning oʻz – oʻzini tarbiyalashning psixologik asoslarini tadqiq etadi. Kasbiy psixologiyaning asosiy vazifasi mutaxassisning psixik faoliyati qonuniyatlarini oʻrganishdir. Kasbiy psixologiya psixik hodisalarning odam hayoti va faoliyatining ob’yektiv shart-sharoitlariga bogʻliq ekanligini: masalan, hayot va tarbiya sharoitlarining ta’siri bilan oʻsmir xarakterining qanday vujudga kelishini, unda mehnatsevarlik, oʻqishga vijdonan yondoshish va shu kabilarning qanday tarkib topishini oʻrganib boradi. Hozirgi zamon psixologiyasi yetishib kelayotgan yosh avlodda keng dunyoqarashni va milliy qadriyatlarimizni tashkil topishini va ularni psixologik bilimlar bilan mustahkamlashni ta’minlaydi. Ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot davrida inson psixikasi oʻzgarib, takomillashib boradi, buning natijasida u bilan bogʻliq qonun va qonuniyatlar ham zamon talabi, taqozosi tufayli oʻziga xos ma’no, mohiyat kasb etadi. Ijtimoiy munosabatlar koʻlamining kengayishi, shaxslararo muomala maromining yangi muloqot shakllari paydo boʻlishi, tabiat, jamiyatga nisbatan insoniyatning yaqinlashuvi darajasi kuchayishi yangicha qarashlarini vujudga keltiradi.
Shaxs shakllanishiga oid turli yondashuvlar. Zamonaviy pedagogikada shaxs shakllanishiga doir to‘rt yondashuv qaror topgan:
Biologik yondashuv - inson tabiiy mavjudot bo‘lib, uning butun xatti-harakatlari tug‘ma instinkt va ehtiyojlar natijasidir. Inson jamiyat talablariga bo‘ysunishga majbur, shu bilan birga tabiiy ehtiyojlarini ham namoyon qilib boradi.
Ijtimoiy yondashuv - inson biologik mavjudot sifatida tug‘iladi, faqat hayotiy faoliyati davomida boshqalar bilan doimiy muloqot va ijtimoiy guruhlarning ta’siri ostida ijtimoiylashadi.
Psixologik yondashuv - insondagi psixik jarayonlar (sezgi, idrok, fikrlash kabilar) tabiiy tavsifga ega, insonning yo‘nalganligi - qiziqishlari, qobiliyatlari ijtimoiy hodisa sanaladi.
Yaxlit yondashuv - shaxs yaxlit tavsifga ega bo‘lib, uning rivojiga nafaqat uning faoliyatidagi o‘ziga xosliklar, balki turmush tarzi ham ta’sir ko‘rsatadi. SHu bilan birga ijtimoiy hayot natijalari - motiv, maqsad, qiziqish kabilar ham uning rivojlanishida muhim rol o‘ ynaydi.
Zamonaviy pedagogikada shaxs shakllanishiga doir to‘rt - bilologik, ijtimoiy, psixologik va yaxlit yondashuv qaror topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |