36
yoki berishda ishlatiladi. Uning ko‘p tarqalgan shakli litsenzion
kelishuvdir.
Oshkora shartnoma – tijorat tashkiloti bilan tuzilgan keli-
shuv bo‘lib, unda, uning tovar sotish,
ish yoki xizmatlar bajarish
bo‘yicha majburiyatlari belgilanadi. Bu shartnoma asosida amal-
ga oshiradigan faoliyat turlari: chakana savdo, aloqa xizmati,
energiya ta’minoti, tibbiyot, mehmonxona xizmati va boshqalar.
Shartnoma, kontrakt yoki kelishuvda,
eng avvalo, biznes
bo‘yicha sheriklarning aniq, yuridik nomi, mulk shakli,
shart-
nomaning ro‘yxatdagi tartib raqami, hujjat imzolangan joy va
sana, tuzilayotgan bitimning asl ma’nosi (oldi-sotdi, lizing, litsen-
ziya va boshqalar), uning muhim shartlari,
tovarning miqdori va
narxi to‘g‘risidagi axborotlar, sotish yoki olishda esa, ayrim hollar-
da texnik talablar yoki mahsulotning tarkibiy ro‘yxati aks ettiriladi.
Xo‘jalik shartnomasi, qoida
tariqasida, taraflardan birining
oferta (shartnoma tuzish haqida taklif) yo‘llashi va ikkinchi
taraf (taklifni qabul qilishi) akseptlashi yo‘li bilan tuziladi. Ular
yozma, og‘zaki va boshqa har qanday shaklda qilinishi mumkin.
Yetkazib berish shartnomasi. Reja topshiriqlariga muvofiq,
moddiy boyliklar va imkoniyatlarga ega bo‘lish uchun yetkazib
beruvchi korxona iste’molchi korxonaga mahsulot yetkazib be-
rish bo‘yicha o‘zaro munosabatlar o‘rnatadilar.
Yetkazib berish shartnomasi quyidagi zaruriy qismlarni o‘z
ichi ga oladi:
1. Hujjat turi nomi va uning tartib raqami.
2. Shartnoma tuzilgan joy va sana.
3. Shartnoma tuzuvchi tomonlarning nomi.
4. Shartnomani imzolovchi shaxslarning ismi,
otasining ismi
va familiyasi; ularning vakolatlari haqida ma’lumot.
5. Yetkazib berilishi zarur bo‘lgan mahsulotning aniq nomi,
miqdori, zaruriy hollarda esa ular ning turlari.
6. Shartnomaning umumiy amal qilish muddati va yetkazib
be rishning aniq muddatlari.
7. Mahsulotning sifati va to‘liqligi.
8. Shartnoma summasi va mahsulot narxini ko‘rsatish.
9. Mahsulotni miqdoriy va sifatiy jihatdan qa bul qilib olish
tar tibi.
10. Idishlarga va mahsulotning joylanishiga bo‘l gan talablar.
37
11. Yetkazib beriladigan mahsulot uchun hisob-kitob tartibi.
12. Mulkiy javobgarlik.
13. Tomonlar o‘rtasidagi nizolarni ko‘rib
chiqish joyi va tar-
tibi.
14. Tomonlarning huquqiy manzillari (bunda korxonalarning
Davlat bankidagi hisob-kitob raqamlari albatta ko‘rsatiladi).
15. Shartnoma tuzgan tomonlarning imzolari va muhrlari.
Barcha yetkazib berish shartnomalariga yetkazib beruvchi va
iste’molchi korxonalarning mas’ul xodimlari (moddiy-texnika
ta’minoti va sotish bo‘limlarining xodimlari, bosh yoki katta
hisobchilar, adliya maslahatchilari) oldindan ruxsat belgilarini
qo‘yishi kerak. Shartnoma tegishli
ravishda rasmiylashtirilgan-
dan keyin maxsus daftarda ro‘yxatga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: