33
ortiq tomonning fuqarolik huquqlari
va majburiyatlarini belgi-
lash, o‘zgartirish yoki to‘xtatish yo‘lidagi kelishuvidir. Boshqa-
cha qilib aytganda, shartnoma tomonlarning biron-bir munosa-
batlar o‘rnatish haqidagi kelishuvi (bitimi)ni qayd etuvchi va bu
munosabatlarni tartibga soluvchi hujjatdir.
Shartnoma davlat,
jamoat tashkilotlari, korxonalar, muassasa-
lar, shuningdek, fuqarolar o‘rtasida tuzilishi mumkin. Shart-
noma munosabatlari muassasa bilan
ayrim shaxs yoki shaxslar
o‘rtasida o‘rnatilayotgan bo‘lsa, bunda tuzilajak hujjat aksar hol-
larda mehnat bitimi deb ataladi.
Shartnomalar o‘z mazmuniga ko‘ra juda xilma-xil ko‘rinishga
ega: mahsulot yetkazib berish haqida, qishloq xo‘jalik mahsulot-
larini davlat yo‘li bilan xarid qilish haqida, mulkiy (moddiy) javob-
garlik haqida, bino
va inshootlar qurilishi haqida, turar joy ijarasi
haqida, uy-joy yoki transport vositalarining oldi-sotdisi, hadya
qi lish, almashtirish,
mol-mulkni ijaraga olish, qarz berish haqida
va boshqalar. Muassasalar o‘rtasida keng tarqalgan shartnoma
turlariga mol (tovar) yetkazib berish, pudrat, imoratlar ijarasi,
asbob-uskunalarni o‘rnatish haqidagi shartnomalarni ko‘rsatish
mumkin.
Har qanday shartnoma o‘z mazmuni va shakliga ko‘ra qonun-
ga muvofiq bo‘lishi kerak. Bu qoidaning
buzilishi Shartnoma-
ning qonuniy kuchini yo‘qqa chiqaradi va uni shu ahvolda tuzgan
yoki tuzishga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslarni javobgarlikka
olib keladi.
Shartnomalar og‘zaki, yozma usulda tuzilishi hamda notarial
idoralar tomonidan tasdiqlangan tarzda ham bo‘lishi mumkin.
Shartnomaning ayrim turlari, chunonchi, imoratlarning oldi-
sotdi shartnomasi tegishli davlat idoralarida qayd qilinishi zarur.
Keyingi holat faqat qonunda belgilangan taqdirda qo‘llanadi.
Shartnoma muassasalarga tegishli bo‘lganda, tomonlar im-
zolangunga qadar unda muayyan muassasa hisobchisi va adliya
maslahatchisining rozilik belgisi (vizasi) bo‘lishi
maqsadga mu-
vofiqdir. Tomonlar mazkur hujjatning barcha bob va qismlari
bo‘yicha ke lishib olib, uni tegishli ravishda rasmiylashtirganidan
keyingina shartnoma tuzilgan hisoblanadi.
Ishlab chiqarish sohasidagi hamkorlikning asosiy shakli
shartnoma asosida mayda va yirik korxonalar orasidagi aloqalar
34
hisoblanadi. Bunga yirik korxonalar mayda korxonalarni uzoq
muddatli shartnomalar asosida zaruriy manbalar bilan ta’minlab
turishi misol bo‘la oladi. Hamkorlar orasida
tuziladigan qonuniy
hujjat – shartnoma hisoblanadi.
Shartnomaga ko‘ra ishlab chiqaruvchi bir tomondan, o‘z to-
varini (mahsulotlarini) belgilangan miqdorda, sifatda, assorti-
mentda va muddatlarda yetishtirib berish majburiyatlarini olsa,
ikkinchi tomondan buyurtmachi yoki iste’molchi
esa uni qabul
qilib olish, qiymatini belgilangan va kelishilgan narxlarda to‘lash
majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: