О‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini boshqarishning umumiy va ilmiy asoslari.
О‘zbekistonda ta’limni boshqarish tizimi davlat xarakteriga ega. Bu jarayonga hamma bab-baravar, shuningdek hukumatning mahalliy organlari vakillari jalb etiladi. Ishbilarmon doiralar, jamoat tashkilotlari va fondlar ta’limini boshqarishda ishtirok etmaydilar. Ularning ishtiroki ta’limini moliyaviy va moddiy jihatdan ta’minlashga ma’lum darajada imkoniyat tug‘dirgan bо‘lur edi.
О‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini boshqarishning umumiy va ilmiy asoslari.
О‘zbekistonda boshqarishning ilmiy asoslari paydo bо‘lishi о‘zining chuqur tarixiy ildizlariga ega bо‘lib, uning asosiy tamoyillari XIII-XIV asrlarga kelib О‘rta Osiyo Amir Temur hukmronligi davrida tо‘la shakllangan edi. Bu davrda yuqori intizom, ijtimoiy himoya va oliy darajadagi boshqarish tizimiga ega bо‘lgan davlatning bunyodga kelishi о‘rta asr davridagi boshqarish uslublari о‘zida eng ilg‘or g‘oyalarni mujassamlashtirilganidan darak beradi. Boshqaruv tizimining samarali tashkil etilishi, uning insonparvarlik, kasbiy va ratsional usul bilan tashkil etilishi, uning negizida inson manfaatlari yotganligi, davlat siyosatining boshqaruvga ijobiy ta’siri dunyoda buyuk davlat paydo bо‘lishiga sabab bо‘lgan.
Ma’lumki, boshqarish deb, kо‘zda tutilgan maqsad uchun qilinadigan harakat tushiniladi. Har qanday boshqarish asosida kо‘zda tutilgan maqsad yotadi. Boshqarishda boshqaruvchi tizim va boshqariluvchi tizimga amal qilinadi. Shunday ekan boshqarish biror bir tizimni ikkinchi bir tizimga о‘zgartirishga aytiladi. Boshqaruvchi tizim boshqariluvchi tizimga ta’sir kо‘rsatishda amal qilishi kerak bо‘lgan qonun qoidalarga boshqarish tamoyillari (prinsiplari) deb ataladi.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda boshqarishning quyidagi tamoyillarini keltirish mumkin va u tamoyillar bozor iqtisodiyoti sharoitida ham amal qiladi:
1. Demokratik tamoyili.
2. Siyosiy rahbarlik tamoyili.
3. Xо‘jalikni rejali yuritish tamoyili.
4. Ilmiylik tamoyili.
5. Kadrlarni tо‘g‘ri tanlash tamoyili.
Boshqarishning tamoyillari bilan birga uning vazifalari ham mavjud. Boshqarishning vazifasi kishilarning subyektiv faoliyatini birinchi navbatda boshqarish sohasidagi faoliyatini obyektiv qonunlarning talablariga ana shu qonunlar belgilab beradigan progressiv tendensiyalarning talablariga muvofiqlashtirishdan iborat.
О‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini boshqarish respublika qonunlari belgilaydigan vakolatlar doirasida faoliyat kо‘rsatuvchi davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
О‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini boshqarish respublika qonunlari belgilaydigan vakolatlar doirasida faoliyat kо‘rsatuvchi davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Bunday davlat organlariga quyidagilar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |