Tasavvurda rasm chizayotgan kishi uni qamrab turgan vaqt va
natura holati kabi omillardan xoli bo‘ladi. U bamaylixotir, butun
diqqat-e’tiborini xomaki rasmga qaratib ishlashi, zarur ifoda va
tasviming ishonchligiga erishgan holda faoliyat ko‘rsatishi mumkin.
Eng oddiy vazifa — polda turgan oddiy stul rasmini tasawurda
chizish uchun u ana shu stulning shakli, uning konstruksiyasi va
asosiy o‘lcham nisbatlarini eslay olishi lozim. Xo‘sh, qayerdadir,
yuqorida va pastki nuqtayi nazardan ko‘rinadigan xuddi ana shu
stul qanday ko‘rinishga ega bo‘ladi? Predmet shaklining qurilishi
qancha murakkab boTsa, maTumki, uni «o‘zidan chiqarib»
tasawurda chizish ham shunchalik qiyin kechadi.
Rasm chizuvchi ongi (tasawuri)da predmetning kenglikdagi
obrazini tiklash vazifasi turadi. Bunday tiklash jarayoni, nafaqat,
predm et shakli haqidagi tasavvurni, balki uning qurilishi,
nisbatlari, harakat yo‘nalishi va tezligi kabi boshqa kenglikdagi
nisbatlarini ham o‘z ichiga oladi. Masalan, agar odam qaddi-qomati
kabi murakkab tirik shaklning naturasiz, o‘zidan chiqarib xomaki
rasmini (aytaylik, boTajak kartina eskizi uchun) umumlashgan
holda chizadigan boTsak, buning ustiga bu tasawurdagi naturamiz
tez harakatda, burilishda yoki boshqa holatda (aytaylik, cho‘qqidan
tezlikda tushib kelayotgan changTchi) boTsa, vazifa ancha
murakkablashadi.
Xomaki rasm ijrosidagi oldin xotirada tasvir obrazini, uning
qurilishini tasaw ur qilish, umuman, ushbu shakl maTum nuqtayi
nazardan qog‘ozga qanday oTchamni egallashini ko‘z oldimizga
keltirishimiz kerak boTadi. Faqat shundan keyingina, odamning
plastik anatomiyasi haqidagi bilimlami xotiraga olib, «o‘zimizdan
chiqarib» bir varaq qog‘ozga belgilab olgandan keyingina, buning
ustiga gavda, bosh, oyoq-qoTlar nisbati, ulaming oTchamlarini,
harakat paytida qisqarish proporsiyalarini, yoritilish holatini hisobga
olgan holda chizishni boshlash mumkin.
MaTumki, inson qaddi-qomatining «o‘zidan chiqarib» xomaki
rasmini chizish faqat tananing qurilishi haqidagi bilimlar yetarli
boTgan taqdirdagina yaxshi amalga oshishi mumkin. Bunday bilim
va ko‘nikma esa, faqat inson tanasini
doimiy kuzatish hamda natura,
tasaw ur va xotiradan qisqa chizgilar chizish, shuningdek, yalon-
g‘och va kiyimdagi modellardan muntazam ravishda foydalanish
bilangina erishish mumkin. Shuningdek, inson tanasining bosh,
170
qo‘l, oyoq kafti suyaklari kabi murakkab qismlaridan qilingan
mashqlar ham yaxshi natijalar beradi.
Har qanday holatdagi va tez harakatlanayotgan inson tanasini
«o‘zidan chiqarib» (naturasiz) erkin va ifodali tasvirlay bilish faqat
insonning plastik anatomiyasini, birinchi navbatda, skelet qurilishi
va skelet mexanizmi harakatlarini yaxshi bilish natijasida «natu-
radan» va «xotiradan» qilingan xomaki rasmlarda mashq va yanada
ko‘proq mashq oqibatida yuzaga keladi.
Tassavurda qilingan o‘quv xomaki rasmlar insonning har xil
holatlarda, ya’ni harakatsiz va harakatlanayotgan holatlarini
tasvirlash malakalarining to‘ldirilishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Xomaki
rasm larni tasavvurda bajarishga o ‘rgatishga davomli o ‘quv
vazifalaridagi o‘tilgan mavzularning o ‘zlashtirilishini tekshirib
ko‘rish uchun yordamchi mashqlarga ko‘p o‘rin ajratiladi. Bunday
tasaw ur bo‘yicha xomaki rasmlar chizishning tekshiruv mashqlari
o‘quvchilarda «o‘zidan chiqarib» ishonchbilan chizishda qobihyatni
rivojlantirishga ko‘mak beradi. Ayniqsa, bu hol maqsad qilib
qo‘yilgan yangi qirralar tobora murakkablashib borganda, yaqqol
ko‘zga tashlanadi.
Tasviriy san’atning hamma tur va jamlarida tasawurda xomaki
rasm chizishning asosiy vazifasi — badiiy obraz yaratish ishida
turtki bo‘ladigan ko‘mak, yordam ko‘rsatishdir. Naturasiz ishlana-
digan xomaki rasmlar (ya’ni, «o‘zidan chiqarib») murakkab ijodiy
fikmi yuzaga chiqarish uchun eng qulay texnik vosita hisoblanadi.
Shuning uchun ham tasviriy san’atga o‘rgatishda tasawurda xomaki
rasmlar chizish borasida o ‘quv-dala amaliyotining ahamiyati
kattadir.
Do'stlaringiz bilan baham: