Bu o‘zaro bir-biriga bog‘liq omillardan tashqari ijrochi va un-
ing ishlash qobiliyatiga (binobarin, xomaki rasmdagi tasvir xar-
akteri va sifatiga) shuningdek, tashqi obyektiv shart-sharoitlar
ham ta ’sir
qiladiki, ularga rasm chizuvchi moslashishi kerak bo‘ladi
(sinf, xona yoki ko‘cha, ishlab chiqarish yoki transport, jamoa
joyi, sport maydonchasi, yo‘lka, sayilgoh va h.k.lar).
Naturadan kuzatish bo‘yicha xomaki rasm chizish faqat bitta
shart bilan, y a’ni n atura um um an q o ‘zg‘almas, harakatsiz
turgandagina boshidan oxirigacha bajarihshi mumkin. Bunday qiyofa
natura, eng avvalo, so‘zsiz jonsiz predmet (masalan, san’at,
haykaltaroshlik asarlari, m e’m orchilik inshootlari, bezaklar,
sabzavot, meva, gul, daraxtlar, ba’zi manzara turlari, shuningdek,
maxsus qiyofa uchun turgan model (inson ham) bo‘lishi mumkin.
Xomaki rasmning maqsadi naturani to ‘liqsiz
umumlashtirilgan
ko‘rinishini aks ettirishdan iborat bo‘lgani uchun rassom nisbatan
ancha bamaylixotir ishlaydi. Agar maqsad amalga oshgan bo‘lsa-
yu, natura hali qimirlamay turgan bo‘lsa, u holda xomakilikdan
chizgiga (lavhaga) o‘tish mumkin. Bunda hatto qog‘oz chetiga
qo‘shimcha, naturaning b a ’zi b o ‘laklarini ancha batafsilroq
chizgilarini ham chiqarsa bo‘ladi (albatta, bunga zarurat tug‘ilsa).
Bunday holatda vaqt omili ish xarakteriga ijobiy ta ’sir ko‘rsatadi.
Agar naturaning qo‘zg‘almasligi shartli va tasodif bo‘lsa, ba’zi
hollarda u vaqtinchalik bo‘lsa, ya’ni natura istalgan paytda, rasm
chizuvchi uchun nom a’lum bir soniyada o‘z holatini, yuz qiyo-
fasini, imo-ishorasini o‘zgartirib qolsa va hatto nuqtayi nazardan
umuman yo‘qolib qolsa, u holda naturadan xomaki rasm chizishda
ish xarakteri jiddiy tarzda o‘zgaradi. Bunday holat tasodiflariga
quyidagilarni keltirish mumkin: saylgoh o‘rindig‘ida o‘tirgan kishi
o‘midan turib ketsa yoxud jimgina yotgan it birdaniga akillay
boshlasa, ushbu holat xomaki rasmini chizayotganda sodir bo‘lishi
mumkin.
Peyzaj xomaki rasmi (yoki chizgi)ni chizayotganda, ob-havo
yoki yoritilish holati o‘zgarmasligiga ishonch hosil qilish kerak
emas. Chunki birdan shamol turib qolishi, tekis suv yuzasini
to ‘lqinlar, osmonni to ‘satdan qora bulutlar qoplashi mumkin.
Tabiatda tirik natura rassom ustaxonasi yoki sinfdagi o‘quv ishi
kabi bir maromda turmaydi. U o‘z hayotida davom etadi va uning
166
kirishmoq, eng asosiy, xarakterli xususiyatlami tezroq ilg‘ab ol-
moq zamr.
Do'stlaringiz bilan baham: