1.Ma’lumot to‘plash. O‘quvchi berilgan ish topshirig`i tahlil qiladi va kerakli hamma ma’lumotlami mustaqil ravishda to‘playdi.
2.Reja tuzish. O‘quvchi mustaqil ravishda barcha kerak ish bosqichlaridan iborat ish rejasini tuzadi.
3.Qaror qabul qilish. O‘quvchi o‘qituvchi bilan birgalikda ish rejasini amalga oshirish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
4.Amalga oshirish. O‘quvchi ish rejasi asosida ishini mustaqil bajaradi.
5.Tekshirish. O‘quvchi ish natijasini mustaqil tekshiradi «Baholash varag‘i»ni to‘ldiradi.
6.Xulosa chiqarish. O‘quvchi va o‘qituvchi birgalikda jarayonini, shuningdek, ish natijalarini tahlil qilishadi va xulosa chiqarishadi.
Maxsus fanlarni o‘qitishning tashkiliy ko‘rinishlari
Har tomonlama kamol topgan, texnikadan ma’lumoti bo`lgan ishchilar tayyorlash masalasi avvalo o‘qitish jarayonida hal qilinadi.
O‘qitish_jarayoni'>O‘qitish jarayoni pedagogning va u rahbarlik qilayotgan o‘quvchilarning bilim, uquv hamda malaka tizimini ongli rivishda va puxta o‘zlashtirishga qaratilgan izchil harakatlari majmuidan iborat. Kasb-hunar kollejlaridagi ta’lim o‘quvchilar shaxsini shakllantirishning, ularni aqliy va jismoniy kamol toptirishning, umumiy hamda kasbiy bilim berishning eng muhim vositasidir.
O‘qitish jarayoni davomida о‘quvchilaming bilish kuchlari rivojlantiriladi.
O‘qitish o‘qituvchining o‘quvchilarga bilim, uquv va malaka tizimi berish, ulaming bilish va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish borasidagi faoliyatidir.
O‘qish - o‘quvchilaming o‘quv fani materialini o‘zlashtirish borasida qiladigan muntazam viakongli mehnati.
O‘qitish ikki tomonlama jarayondir: u o‘qituvchining faoliyati va o‘quvchilar faoliyatini o‘z ichiga oladi. O‘qituvchining faoliyati o‘quv materialini bayon qilishdan, o‘quvchilarda fanga qiziqish, fikrlar va e’tiqodni tarkib toptirishdan, o‘quvchilaming mustaqil m ashg‘ulotlariga rahbarlik qilish, ularning bilim, ko‘nikma va malakalarini tekshirish hamda baholashdan iborat.
O‘qitish jarayonining ikkinchi tomoni o‘quvchining faoliyati bo‘lib, u o‘quv fani materialini o‘zlashtirishdan hamda bilimlami o‘zlashtirish jarayonida fikrlar va e’tiqodni hosil qilish yuzasidan olib boriladigan muntazam mehnatdan iborat.
O‘qitish mazmuni hamma vaqt tegishli o‘quv fani dasturi bilan belgilanishini, o‘quvchilaming o‘qishini esa o‘qituvchi yo‘lga solib turishini nazarda tutib, muvaffaqiyatli ta’lim berishning asosiy sharti ta’lim berish mazmuni, o‘qitish va o‘qish orasidagi chambarchas uzviy bog‘lanish deb hisoblam oq kerak.
O‘quv jarayonining to‘g‘ri qo‘yilishi shu bilan ifodalanadiki, har qaysi bosqichda o‘quvchilar o‘rganiladigan materialni tushunib oladilar, uquv va malakalarini takomillashtiradilar, birorta yangi narsani idrok etadilar.
Ammo har xil bo‘g‘inlar ayni paytda muayyan yumushni bajaradi hamda o‘ziga xos ko‘rinish va metodlar bilan ifodalanadi. O‘quv jarayonining har bir bo‘g‘inini kasb-hunar kollejlarida umumtexnika va kasb fanlarini o‘rganishga tatbiqan batafsil ko‘rib chiqish ushbu metodikaning mazmunini tashkil etadi.
O‘qitish jarayoni 3-rasmda ko‘rsatilgan ketma-ketlikda amalga oshiriladi.
3-rasm. O‘qitish jarayonining izchilligi
O‘quvchilarning maxsus tashkil etilgan, belgilangan tartibda va muayyan rejimda o‘tadigan faoliyati tushuniladi. O‘qitishning u yoki bu tashkiliy ko‘rinishi o‘quvchilar guruhini va har bir o‘quvchini o‘qitishning har xil ko‘rinishlarida
qo‘shib olib borilishi, o‘qitishda o‘quvchilar mustaqilligining turli darajasi, o‘quvchilarning o‘qishiga o‘qituvchi rahbarligining har xil usullari bilan ifodalanadi.
Kasb-hunar kollejlarida maxsus fanlami o‘rganishda odatda «qo‘sh» darslar ya’ni, har biri 45 minutdan bo‘lib, orasida 5 minut tanaffus qilinadigan ikki davrdan iborat darslar qo‘llaniladi. Bu hol mashg‘ulotlar tizimini rejalashtirishni osonlashtiradi va darslarda mustaqil grafik ishlar va hisoblashlar, mashqlar va shu kabilar o‘tkazishni yengillashtiradi. Pedagogika adabiyotlarida darslami ularning belgilovchi har xil alomatlari asosida tasniflashning turii variantlari keltiriladi. Bunday alomatlardan biri o‘rganiladigan materialning mazmunidir. Bu alomatga ko‘ra tasniflash maxsus fanlarga shu darslarni eng to‘la tavsiflab bera olgan bo‘lur edi. Darslarni tasniflashning boshqa bir alomati ulami o'tkazish usullaridir. O‘tkazish usullari deganda o‘qituvchining m a’lum maqsadga qaratilgan
faoliyatida, darsni o'tkazish metodikasida ifodalangan tashkiliy va boshqa momentiar majmuyi tushuniladi. Shu nuqtayi-nazardan darslaming quyidagi turlari bo`ladi: ma’ruza darsi, suhbat darsi, ekskursiya darsi, videotasvir, o‘quvchilaming mustaqil ishi darsi, laboratoriya ishi darsi, amaliy ish, aralash dars va h. k.
Ko‘p hollarda darslarni asosiy didaktik maqsadiga ko‘ra tasniflashni eng m a’qul deb hisoblamoq kerak, chunki bunda boshqa hamrna narsalardan tashqari, darsning o‘quv jarayonidagi o‘rni ham hisobga olinadi. Bu alomatga ko‘ra darslaming quyidagi turlari mavjud: yangi bilimni bayon etish darslari, bilimni puxtalash, takrorlash va um um lashtirish darslari, o‘quvchilarning bilim va malakalarini tekshirish darslari, aralash darslar.
Do'stlaringiz bilan baham: |