Yil fasllariga qarab elektrolitning solishtirma og‘irligi
Ishlatilgan plastinalardan yig‘ilgan batareyalarga solishtirma og‘irligi 1,12—
1,16 g/sm
3
bo‘lgan elektrolit quyiladi. Ko‘rsatilgan zichlikdagi elektrolitni tayy-
orlash uchun sulfat kislota bilan distillangan suvning zarur nisbati berilgan.
Elektrolit tayyorlashda faqat ebonit, sopol yoki shisha idish qo‘llaniladi.
Elektrolit tayyorlangandan keyin uning harorati o‘lchanadi. Eritmaning haro-
rati 20°C dan ortiq yoki kam bo‘lsa, unga ma’lumotnomalardan foydalanib
tuzatish kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |