Elektrolitning solishtirma
og‘irligi (g/sm
3
)
Yil fasllari
Qish
Yoz
Yog‘och separatorli batareyalar
1,30—1,31
1,2 —1,30
Kombinatsiyalangan separatorli
batareyalar, minor yoki miplast
separatorli batareya (EMBED Unknown)lar
1,2
1,24—1,20
Mipor yoki miplast separatorli batareyalar
1,24—1,25
1,21— 1,24
86
Musbat ishorali raqamlar areometrning ko‘rsatishiga qo‘shiladi, manfiy
raqamlar esa olinadi. Akkumulyator batareyasiga harorati 25°C dan oshmaydi-
gan elektrolit qu yish lozim. Elektrolit quyilgan batareya 4—6 soat saqlanadi.
Navbatdagi ish batareyalarni zaryadlashdan iborat. Zaryadlashda bir xil sig‘im-
li akkumulyatorlar ketma-ket birlashtirilib, o‘zgarmas tok manbayiga ulanadi.
Zaryadlash jarayonida o‘zgarmas tok qiymati birdek saqlanadi. 3SÒ-150
batareyalari uchun 7,5A ishlatilgan batareyalar uchun 13,5A. Zaryadlash toki
amper hisobida quyidagicha bo‘ladi: yangi batareyalar uchun—5,0A; ishlatilgan
batareyalar uchun — 6,5A. Zaryadlash vaqtida elektrolitning harorati 45°C dan
oshmasligi lozim; har 2,0—2,5 soatda elektrolitning harorati, zichligi va sathi
tekshiriladi. Har qaysi elementning kuchlanishi 2,6—2,7V bo‘lib, kuchlanish va
elektrolitning solishtirma og‘irligi oshishdan to‘xtaganda, shu ningdek, jadal gaz
ajralib chiqqanda akkumulyator batareyasini zaryadlash tugagan bo‘ladi.
Ta’mirlangan akkumulyatorlar batareyasini qabul qilishda quyidagi texnik ta -
lablarga amal qilish lozim: mastika bakning devorlariga va qopqoqlariga zich
yopishgan; darz ketgan; ajralgan va batareyalarning jipsligiga to‘sqinlik qi -
ladigan boshqa nuqsonlar yo‘q; batareyaning baki darz ketmagan, bo‘rtmagan,
sinmagan; elementlararo birikmalar baretoklarning shtirlariga mustahkam bir-
lashtirilgan. Zaryadlangan batareyaning har qaysi elementidagi kuchlanish yuk-
lamasiz kamida 2,1V, yuklama ostida (5 sekund davomida) kamida 1,7V, elek-
trolit sathi saqlagich shchit (to‘siq) sathidan 10—15 mm baland, elektrolitning
solishtirma og‘irligi yuqorida ko‘rsatilgan qiymatlarga mos keladi.
Akkumulyator batareyasining sig‘imi nominal sig‘imning 80% dan kam
bo‘lmagan maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Akkumulyatorlar batareyasiga har smenadagi qarovda batareyalar, klem-
malar, elementlarning qopqoqlaridagi havo kiradigan (shamollatish) teshiklar
tozalanadi va birikmalar mahkamlanadi.
Elektrolitning zichligi vaqti-vaqti bilan aerometr bilan tekshiriladi; elek-
trolitning zichligi janubiy tumanlar uchun yozda 1,24 g/sm
3
, qishda esa 1,27
g/sm
3
ga teng bo‘lishi lozim.
Akkumulyatorlar batareyasini vaqti-vaqti bilan zaryadlash kerak, ularni
qishda 25%, yozda esa 50% dan ortiq zaryadsizlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Elektrolitning zichligi harorat 15°C bo‘lganda batareyaning zaryadsizlanganlik
darajasiga qarab quyidagi chegarada bo‘ladi:
To‘la zaryadlanganda 1,27—1,24 g/sm
3
;
25% zaryadsizlanganda 1,23—1,20 g/sm
3
;
50% zaryadsizlanganda 1,19—1,16 g/sm
3
.
Har bir batareyaning korpusidagi elektrolitning sathini tekshirish zarur.
Sath plastinalarning saqlagich panjarasidan 15—20 mm baland bo‘lishi lozim;
87
Do'stlaringiz bilan baham: |