Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma


Moylash va sovitish tizimlariga texnik xizmat



Download 3,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/118
Sana31.12.2021
Hajmi3,6 Mb.
#229466
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   118
Bog'liq
mashina va jihozlarga texnik xizmat korsatish

3.2. Moylash va sovitish tizimlariga texnik xizmat
ko‘rsatish va ta’mirlash
Dvigatelning moylash tizimiga  texnik xizmat ko‘rsatishda quyidagi ishlar ba-
jariladi: dvigatel karteridagi moy sathi tekshiriladi; moylash tizimi yuvilib, kar-
terdagi moy almashtiriladi; moy filtrlari, moy nasosi qarovdan o‘tkaziladi.
Karterdagi  moy  sathi  har  kungi  texnik  xizmat  ko‘rsatish  o‘lchov  chizig‘i
bilan  tekshiriladi.  Chizg‘ichda  ikkita  belgi  bor:  yuqorigi  belgi  karterning
to‘laligini,  pastki  belgi  esa  dvigatel  ishlasa  bo‘ladigan  darajada  eng  kam  moy
qolganligini  bildiradi.  Yuqorigi  belgidan  ortiq  moy  quyish  yaramaydi,  chunki
dvigatelning  silindrlariga  moy  kirib,  juda  ko‘p  qurum  hosil  qiladi  va  moy  or-
tiqcha  sarf  bo‘ladi.  Moy  sathi  chizg‘ichdagi  pastki  belgidan  kam  bo‘lganda
ishqalanuvchi  detallar  yetarli  moylanmay,  ortiqcha  qiziydi,  ko‘p  yeyiladi,
ko‘pincha  esa  ularning  ish  sirtlari  tirnaladi.  Karterdagi  moy  sathini
dvigatel  to‘xtagandan  keyin  25—30  minut  o‘tkazib  moylash  tizimidagi  barcha
moy dvigatelning karteriga oqib tushgandan keyin tekshirish zarur.
Dvigatel  to‘xtatilgandan  keyin  moy  sovib  qolmasidan  darhol  karterdan  va
filtrlar ning korpusidan bo‘shatiladi. Dag‘al tozalash moy filtrlarining element-
lari,  tiniq  tozalash  filtrlari  korpusining  qalpog‘i  va  ichki  kamera  yuviladi.
Reaktiv sentrifuga, magnit probka tozalanadi va yuviladi.
Dizelning  karteriga  moylash  tizimi  sig‘imining  50—60%  miqdoricha  dizel
yonilg‘isi quyiladi. Moylash tizimi dvigatelni ishlatmasdan yuviladi, so‘ng dizel
yonilg‘isi karterdan,  moy filtrlaridan  va moy radiatoridan bo‘shatib olinadi.
Yangi  karter  moyi  tizim  yuvilgach  25—30  minutdan  keyin  dizel  yonilg‘isi
to‘la  oqizib  olinganidan  so‘ng  chizg‘ichning  yuqori  belgisigacha  quyiladi.


55
Traktorlarda  moy  almashtirish  bilan  birga  sapun  ham  yuviladi.  Traktor  dvi-
gatellarida karter moyi ikki marta dag‘al va aniq tozalash filtrlarida tozalanadi.
Filtrni yig‘ish oldidan tashqi va ichki seksiyalarning o‘zidan moy o‘tkazish
imkoniyati tekshiriladi. Seksiyalardagi teshiklar probkalar bilan zich berkitiladi,
dizel  yonilg‘isi  chelakka  seksiyaning  chetlarigacha  botirilib,  yuqori  chetidan
30—50 mm past roq sathgacha yonilg‘i bilan to‘lish vaqti aniqlanadi. Yangi sek-
siyalarda to‘lish vaqti 25—30 soniyada, ishlatilgan seksiyalarda esa ko‘pi bilan
120  sekund bo‘ladi. Agar seksiya sekinroq to‘lsa, dag‘al tozalash filtri element-
larinig  o‘zidan  moy  o‘tkazish  imkoniyatini  tiklash  uchun  filtr  ustaxonaga
jo‘natiladi.
Moy  tozalaydigan  reaktiv  sentrifuga  2—TXK  da,  shuningdek,  dvigatelning
karteridagi moyni almashtirishda quyidagi tartibda tozalanadi va yuviladi:
Dag‘al  tozalash  filtrlaridan,  agar  traktorlarda  dag‘al  tozalash  filtrlari
bo‘lmasa,  sentrifuganing  korpusidan  moy  bo‘shatiladi;  qalpoq  olinadi,  rotor
chiqariladi va qopqog‘i olinadi; rotorning ichki sirtiga yopishgan kir va smolali
quyqalar yog‘och qirg‘ichlar bilan olib tashlanadi; rotor va tur qalpoqlar dizel
yonilg‘isida  yuviladi,  trubkalar  hamda  forsunkalarnig  kanallari  yuvilib  toza -
lanadi.
Rotor qismlarga ajratishga nisbatan teskari tartibda yig‘iladi, shunda korpus
bilan rotor qopqog‘ining  o‘rtasidagi paronit qistirmaning butligiga e’tibor beri-
ladi.  Yig‘ilgan  rotor  o‘qqa  o‘rnatiladi  va  uning  qo‘lda  yengil  aylanishiga  is-
honch hosil qilinadi.
Karter moyi quyilgandan keyin sentrifuga yurgizib yuborish dvigateli vosi-
tasi bilan reduktorning 11 uzatmasida aylantirib ko‘riladi. Aylanayotgan rotorni
qo‘l  bilan  tutib,  qopqoq  bilan  korpus  orasidan  va  rotorning  qopqog‘ini
mahkamlaydigan  gaykalar  ostidan  moyning  sizmayotganligiga  ishonch  hosil
qilinadi.
Moy  nasos  3-TXK  da  traktor  dvigatellarida  har  gal  moyni  almashtirish-
da  qarovdan  o‘tkaziladi.  Bunda  moy  qabul  qilgichning  turi  kir  va  smolali
quyqalardan  tozalanadi.

Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish