yuzalarga tashib keltiruv chi sifatida ishlaydi.
Mashina qismlariga abraziv zarralar ularni tayyorlash, yonilg‘i va moylash
materiallari, suyuqliklar quyish vaqtida hamda tabiiy yeyilish natijasida tushishi
ham mumkin.
Tutashish joylaridagi tirqishlarni to‘g‘ri tanlash ularga abraziv zarralar kirib
qo-lishining oldini olish va detallarning yeyilish jadalligini sekinlashtirishi
mumkin. Tirqishlardan o‘tib keladigan abraziv zarralar esa ishqalanuvchi juft-
liklarning yeyilish jadalligini oshirishi mumkin.
Shunday qilib, yonilg‘i-moylash materiallarini tashish, saqlash, quyish va
mashinalardan foydalanish chog‘ida ularda abraziv zarralar to‘planadi hamda
ishqalanuvchi tutashmalarning yeyilishiga sabab bo‘ladi. Bu bilan detallarning
va butun mashinaning resursini kamaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |