1.3. Mashinalarning umumiy texnik holatini aniqlash va texnik
xizmat ko‘rsatishga tayyorlash
Traktorni qismlarga ajratmay turib uning ishga yaroqli yoki ta’mirlashga
muhtoj ekanligini aniqlash ancha murakkab. Lekin traktor ish vaqtida va
to‘xtab turganda uning tashqi belgilariga qarab umumiy holatini aniqlashning
bir nechta usullari bor.
Dvigatel quvvatining nobud bo‘lishiga shatun-porshen guruhining yeyilishi,
klapan mexanizmi sozligining va jipsligining buzilishi, yonilg‘i nasos va for-
sunkalarning buzilganligi, yonilg‘ining kam berilishi va bir qator boshqa kam-
chiliklar sabab bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |