shuki, barabanlar g‘o‘zalarni qamrash yo‘nalishida aylansa ham, lekin shpin-
dellarning ish sirtlari g‘o‘za tuplarini ish tirqishidan itarib chiqarish yo‘nalishi-
da aylanadi. Natijada, g‘o‘za tupining yuqori qismi oldingi vertikal holatidan
300
mm dan oshiqroqqa egiladi. Bunday sharoitda shpindel tishlari bilan pax-
tani ilashtirish imkoniyati kamayadi, chunki ko‘sak shpindelning tishlariga
orqasini o‘girgan holatda bo‘ladi.
Ochilgan ko‘saklardan paxta quyidagicha teriladi: tup yo‘naltirgichlar tupni
siqib ish kamerasida aylanuvchi shpindellarga yo‘naltiradi.
Shpindelning tishlari
ko‘saklar ning ochilgan paxtasiga yaqinlashganda paxta tolalarining orasiga ki -
radi va shpindel paxtani o‘ziga o‘ray boshlaydi. Agar tup siqilmasa, ko‘saklar
shpindeldan chetlashishi mumkin. Ilashgan tolalar ketidan boshqalari ham er-
gashadi. Natijada, ko‘pincha chanoqdagi hamma paxta shpindelga o‘ralib qola-
di. Ayrim hollarda bitta yoki bir necha chanoqlardan paxta o‘raladi. Goho bir
ko‘sakdagi paxta bir necha shpindellar bilan ilashtiriladi. Paxtani har bir shpin-
del o‘ziga tortadi, natijada bir qism paxta yerga to‘kiladi. Chanoqlardan
chiqarilgan va shpindelga o‘ralgan paxta shpindelning tez aylanishi natijasida
shpindeldan yechila boshlaydi. Qobirg‘ali siquvchi baraban paxtani shpindeldan
tamoman yechilib ketishdan saqlaydi.
Apparatlarning to‘g‘ri joylashganligini tekshirish uchun tekis maydonchada
bir-biridan 2400
mm masofada ikkita parallel chiziqlar chiziladi; bu chiziqlarga
yetakchi g‘ildiraklar joylashtiriladi. O‘rtada o‘q chiziq o‘tkazilib, uning ustiga
oldingi g‘ildirak joylashtiriladi. O‘q chiziqdan chap va o‘ng tomonda 900
mm
masofada yana ikkita pa rallel chiziqlar chiziladi. Bu to‘g‘ri chiziqlarda apparat-
lar ish tirqishlarining o‘rtalari joylashishi kerak. Agar chiziqlar to‘g‘ri chizilgan
bo‘lsa, oxirgi apparatlar ish tirqishlari bilan traktor yetakchi g‘ildiraklari
orasidagi masofa ikkala tomonda ham 300
mm ni tashkil qilishi kerak.
Yuqoridagi o‘lchovlar o‘tkazilgandan keyin traktor g‘ildiraklaridagi havo bosimi
tekshiriladi. Bu bosim oldingi g‘ildirakda 0,35
MPa, yetakchi g‘ildiraklarda 0,3
MPa bo‘lishi kerak.
Ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish ishlari uchun shpindelli apparatning
qo‘zg‘aluvchan seksiyalarini qo‘zg‘almas seksiyalariga nisbatan 40° burish
mumkin.
Shpindellardagi paxta cho‘tkali ajratkichlar yordamida ajratib olinadi.
Ajratish hududida shpindellardagi paxta tamoman ajratib olinishi kerak, aks
holda shpindelda qolgan paxta tishlarni berkitib qo‘yadi va shpindellar paxta
termaydi.
Cho‘tkalarning aylanma tezligi shpindelnikiga qaraganda sakkiz hissa katta
bo‘lib, ular bir-biriga qarama-qarshi yo‘nalishda aylanganidan nisbiy tezlik
yanada katta bo‘ladi.
114
Vertikal shpindeldagi paxtani yechish, tortish va sidirish usullarida ajratib
olish mumkin. Cho‘tkalar shpindeldagi paxtani urib tushirganda uning bir qis-
mini uzib, qa bul kamerasiga tashlaydi. Shpindeldagi paxta sidirib ajratilganda
cho‘tkaning qillari tolani o‘ziga ilib, o‘zi bilan olib ketadi. Sidirish usuli shpin-
dellarning sirtida ushlanib qolgan ayrim tolalarni ajratib olishda muhim
ahamiyatga ega. Shpindelning sirtidan yechib, so‘ng tortib ajratilgan paxtaning
to‘qimachilik xossalari sidirib ajratilgan paxtanikidan ancha yaxshi bo‘ladi,
chunki yechish-tortish usulida tolalar kam uziladi. Paxtani ajratib olish nuqtayi
nazaridan hozir ishlatilayotgan diametri 24
mm li shpindellar ilgarigi 18
mm
lilarga qaraganda ancha yaxshi natija beradi.
Ajratkichlarning vaziyatini tekshirish uchun ish apparati qo‘lda aylantirilib,
shpindelning o‘qli chizig‘i barabanlar va ajratkichning o‘qlaridan o‘tuvchi bir
tekislikka keltiriladi. Rostlash uchun ajratkichning yuqorigi va pastki korpuslar-
ini panellarga qotiruvchi boltlar bo‘shatiladi. Ajratkichning pastki qismi rost-
lash boltini aylantirib siljitiladi. Bu bolt pastki korpusni pastki panelning
tutqisidagi ovalsimon teshik bo‘ylab siljitadi. Boltni bir marta aylantirganda
ajratkichning pastki qismi 1
mm suriladi.
Ventilyatorning to‘g‘ri ishlashi uchun uning parragi bilan qobig‘i o‘rtasidagi
tirqish 0,5—2,0
mm bo‘lishi kerak. Bu tirqish parrak tovog‘ining tekis qismi bi-
lan qobiqqa payvandlangan to‘sinning toresi orasida o‘lchanadi. Tirqish qistir-
malar yordamida rostlanadi. Tasmali uzatmalar ishlatilganda ularning tarang-
ligini doimo kuzatib turish kerak. Tasmalar bo‘sh tortilganda shkivda sirpanib
aylanadi. Natijada yetaklanuvchi valning aylanish tezligi kamayadi, quvvat ko‘p
nobud bo‘ladi. Tasmalar ortiqcha taranglansa, podshipniklar zo‘riqib ishlaydi,
tasmalar tez yeyiladi. Bu holda ventilyatorning
ish unumi kamayadi,
havo bosi-
mi pasayib, qabul kamera tezda tiqilib qoladi.
Ventilyatorning o‘qlari bir to‘g‘ri chiziqda yetakchi va yetaklanuvchi
shkivlarning sirtidagi ariqchalari bir tekislikda joylashishi kerak. O‘qlarning bir
to‘g‘ri chiziqda yotishi qistirmalar qo‘yib, ariqchalarning bir-biriga to‘g‘ri kel-
ishi esa kontryuritma korpusini oval o‘yiqlar bo‘ylab surib va kontryuritmaning
shkivlari orasidagi qistirmalar ning o‘rnini almashtirib rostlanadi. Taranglash ro-
liklari tasmalar tekisligida joylashishi kerak. Agar roliklar bir tekislikda yot-
masa, tayanch tutqilarning tagiga qistirmalar qo‘yib rostlanadi.
17XV-1,8A vertikal shpindelli ikki qatorli mashinalar qator oralari 90
sm li
paxtalarni terish uchun mo‘ljallanadi. Bu mashina T-28X4M traktoriga o‘rnat-
ib ishlatiladi.
Quyidagi 8-jadvalda paxta terish mashinalarining qisqacha tafsiloti kel -
tirilgan.
115