Inkasso operasiyasi - xalqaro savdodagi hisob-kitoblar shakllaridan biri. Unga muvofiq bank o’z mijozining topshirig’iga ko’ra junatilgan tovar va hizmatlari uchun hisob-kitob hujjatlari asosida to’lanishi lozim bo’lgan pul mablag’larini haq to’lovchidan oladi hamda bu mablag’larni o’z mijozining bankdagi hisobraqamiga o’tkazadi.
Inkasso topshiriqnomasi - korxona va tashkilotlarning o’z hisobiga mablag’ o’tkazishi lozim bo’lgan paytlarda tuziladigan hisob-kitob hujjati. Inkasso topshiriqnomasi bankka qo’yilayotganda o’sha hujjatdagi summani tasdiqlovchi kerakli hujjatlarining asli yoki nusxasi bo’lishi shart.
InterVensiya - Markaziy bank va davlat xazinasining kredit, qimmatli qog’ozlar, milliy hamda xorijiy valyutalarga bo’lgan talab va taklifni tartibga solish yo’li bilan moliya-kredit hamda valyuta sohasiga aralashuvi.
Inventarizasiya - bu material qiymatlal, pul mablag’lari va moliyaviy natijalarining tekshirish yo’li bilan haqiqiy holatini aniqlab beradigan usul.
Investisiya - 1.lot. so’zidan olingan bo’lib, «kiyintirmoq» degan ma’noni angalatadi. Biror ish, korxonaga sarmoya solish, mablag’ sarflash. 2. bu daromad olish maqsadida pul mablag’larini biror ishga qo’yishdir.
Investisiya portfeli - mablag’larni uzoq muddatli qimmatli qog’ozlarga sarflash.
Investisiya puli - investisiyalar umumiy fondi.
Investisiyalarni diversifikasiya qilish - mablag’larni turli sohalarga sarflash. Bu mablag’ sarflash tavakkalchiligini kamaytirish maqsadida qo’llaniladi.
Ijara beruvchi – bu o’z mulkini ma’lum vaqtga beriladigan mulkdor, shu jumladan chet el jismoiny va yuridik shaxs ham bo’lishi mumkin.
Ijtimoiy zaruriy vaqti - bu tovarlar aksariyat qismini yaratishga sarflangan vaqt bo’lib, o’rtacha texnik darajasi, o’rtacha mehnat malakasi va mahorati, o’rtacha mehnat shiddati (intensivligi) sharoitidagi sarfini bildiradi.
Ipoteka - garov hat, bankning zayomchiga, uning mol-mulki garoviga muayyan muddatga ssuda berishi. qarzga pul olish maqsadida ko’chmas mulk, er va qurilish binolarini garovga qo’yish. Bunga garovga quyilgan mulk qarz oluvchining tassarufida qoladi.
IpoTeka banki - kredit muassasa bo’lib, u ko’chmas mulkning garovi (er, inshoot va boshqalar) hisobiga uzoq muddatli pul ssudalari beradi, shuninigdek garovga qo’yiladigan ko’chmas mulkdan ta’minlanadigan garov varaqalari chiqaradigan bankidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |