Kasb-hunar kolleji "tasdiqlayman"


Estetika kursi mavzulari va dars soatlari taqsimoti



Download 2,37 Mb.
bet6/53
Sana12.09.2021
Hajmi2,37 Mb.
#172369
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53
Bog'liq
Majmua estetika 1-bosqich

Estetika kursi mavzulari va dars soatlari taqsimoti




Boblar va mavzular


Ma’ruza

Amaliy mashg‘ulot

Seminar

Birinchi bo‘lim. Estetikaga kirish

1-mavzu

Estetikaning predmeti, tadqiqot doirasi va vazifalari

2




1

Ikkinchi bo‘lim. Estetik tafakkur taraqqiyotining asosiy bosqichlari

2-mavzu

Qadimgi dunyo estetikasi va o‘rta asrlar mutafakkirlarining estetik ta’limotlari

1




1

3- mavzu

Yangi davr estetikasidagi asosiy oqimlar va yo‘nalishlar

1



1

4- mavzu

Turkiston ma’rifatchi-jadidlarining estetik qarashlari

1




1

Uchinchi bo‘lim. Estetika nazariyasi

5-mavzu

Estetik ong va estetik faoliyat

2




2

6-mavzu

Estetikaning asosiy tushunchalari

2




2

To‘rtinchi bo‘lim. Amaliy estetika

7-mavzu

San’at estetikasi

4

2

2

8-mavzu

Tabiat va turmush estetikasi

1







10-mavzu

Texnika va sport estetikasi

1

1




11-mavzu

Estetik tarbiya

2







Jami: 30 soat

17

3

10

I. So‘z boshi


1. Estetika fanining predmeti, maqsadi, vazifalari va ahamiyati

Estetika fanini o‘qitish hamda o‘rganishning maqsadi estetik tafakkurning vujudga kelishi va taraqqiyotini, san’atdagi, turmushdagi, sanoatdagi, tabiatdagi nafosatning, go‘zallikning inson hayotida tutgan o‘rnini o‘quvchilarga ilmiy nuqtai nazardan tushuntirishga qaratilgan;

Estetika fanining vazifalari:

- o‘quvchilarda estetik ong va ijodiy qobiliyatning shakllanishi hamda rivojlanishiga ko‘maklashishdan;

- milliy va umumbashariy estetik qadriyatlarning mamlakatimiz ijtimoiy-ma’naviy hayotidagi ahamiyatini ko‘rsatib berishdan;

- yosh avlodda go‘zallikka, ulug‘vorlikka nisbatan muhabbat hissini shakllantirishdan;

- o‘quvchilarga haqiqiy san’at asarlarining millat va jamiyat hayotidagi ulkan ma’naviy hodisa ekanini uqtirishdan, ularda san’atni chuqur tushunish malakasini hosil qilishdan;

- texnika estetikasi va uning amaliy ko‘rinishi bo‘lmish dizaynning, tabiat estetikasi, turmush estetikasi hamda sport estetikasining erkin, demokratik jamiyat taraqqiyotidagi beqiyos ahamiyatini o‘quvchilarga anglatishdan;

- estetika fanini o‘qitish va o‘rganishda ijodiylik, ilmiylik, tarixiylik hamda olimona xolislik tamoyillariga amal qilishdan;

-ma’ruza va seminar mashg‘ulotlarda, yoshlarni imkon boricha ko‘proq manbalarga murojaat qilishlariga;

- amaliy mashg‘ulotlarda o‘quvchilarning estetik voqelik va estetik ob’ektlar bilan bevosita munosabatda bo‘lishlariga erishishdan iborat.

Estetika fanini o‘qitishning ahamiyati o‘quvchilarning shaxs sifatida ham, fuqarolik jamiyati a’zosi sifatida ham - har jihatdan go‘zalikka oshno, yuksak did egasi qilib tarbiyalashga ulkan xissa qo‘shishi bilan belgilanadi.


I.2. Estetika fani bo‘yicha o‘quvchilarning bilimiga, ko‘nikmasi va mahoratiga qo‘yiladigan talablar
Davlat ta’lim standartiga muvofiq estetika fani bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakaga qo‘yiladigan talablarga binoan o‘quvchilar:

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovning milliy va umumbashariy ma’naviy merosga munosabat hamda estetik qadriyatlar borasida bildirgan fikr-mulohazalarini, «Dunyoni ezgulik va go‘zallik qutqaradi» degan tamoyilini estetika fanini o‘rganishda dasturiamal deb bilishlari;

- ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida, zamonaviy komil inson shaxsini shakllantirishda estetikaning muhim omil ekanini anglab etadigan darajada nazariy bilim va amaliy ko‘nikmaga ega bo‘lishlari;

- vatan va jahon san’ati tarixi, zamonaviy san’atning eng muhim yo‘nalishlaridan xabardor bo‘lishlari, go‘zallikka nisbatan fidoyilarcha munosabat qilishga o‘rganishlari;

- mustaqillik mohiyatini anglashlari, mustaqillik baxsh etgan erkin tafakkur qilish imkoniyati - san’at va estetika taraqqiyotining zarur sharti ekanini bilishlari kerak.


I.3. Kurs dasturidagi bo‘limlar ro‘yxati

  1. Estetikaga kirish.

  2. Estetik tafakkur taraqqiyotining asosiy bosqichlari.

  3. Estetika nazariyasi.

  4. Amaliy estetika.


I.4. Amaliy mashg‘ulotlar bo‘yicha bajariladigan ishlar miqdoriga qo‘yiladigan talablar

Mazkur talablarga ko‘ra oquvchilar:

- muayyan mavzuga mos (muzey, teatr, kinoteatr, stirk, konstert zali, me’moriy yodgorliklar majmui, sanoat korxonasi, sport inshooti, qishloq xo‘jalik mashinalari parki, tabiat quchog‘i v.b.) estetik ob’ektlarda olib boriladigan amaliy mashg‘ulotlarda faol qatnashishlari;

- o‘quv darslarida egallagan nazariy bilimlarini estetik voqelik yoki estetik ob’ekt bilan bevosita tanishish jarayonida mustahkamlashlari;

- mashg‘ulotlar jarayonida olgan taassurotlarini og‘zaki va yozma tarzda erkin bayon qilish mahoratiga ega bo‘lishlari zarur.
I.5. Seminar mashg‘ulotlar bo‘yicha bajariladigan ishlar miqdoriga qo‘yiladigan talablar

Mazkur talablarga ko‘ra oquvchilar:

- seminar mashg‘ulotlarida faol ishtirok qilishlari;

- mashg‘ulotlarga tayyorgarlik jarayonida manbalardan unumli foydalanish ko‘nikmasiga ega bo‘lishlari;

- berilgan adabiyotlarni qisqacha konspektlashtirish mahoratini egallay bilishlari;

- mashg‘ulotlar paytida o‘z bilimlarini og‘zaki nutq qonun-qoidalariga rioya qilgan holda, ravon ilmiy tilda bayon eta olishlariga erishishlari kerak.


I.6. O‘quvchilar bilimini baholash uchun o‘tkaziladigan nazorat tadbirlari miqdori

Har bir o‘quvchi «Estetika» kursi mobaynida kamida 10 marta nazoratdan o‘tishi maqsadga muvofiq. Mazkur nazoratlar miqdori quyidagicha:



  1. Joriy nazorat – 7 marta.

  2. Oraliq nazorati – 2 marta (1 yozma ish; 2 referat yoki akademik esse shaklida).

  3. Yakuniy nazorat – 1 marta.

I.7. Estetikani o‘qitishda kompyuter, informastion va boshqa zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash

Estetikani o‘qitishda audio–video, kino apparaturalaridan, qisqa metrajli filmlardan, internet materialllaridan; masofali ta’limda darslarning kompyuter vositasida yaratilgan elektron versiyalaridan foydalanish mumkin.


I.8. Umumiy va o‘quv ishlari turlari bo‘yicha hajm

«Estetika» kursining umumiy o‘quv hajmi 30 soatni tashkil etadi: 17 soat ma’ruza, 3 soat amaliy mashg‘ulot va 10 soat seminar.
II. Fanning mazmuni
Birinchi bo‘lim. Estetikaga kirish

1-mavzu. Estetikaning predmeti, tadqiqot doirasi va vazifalari

Estetika - nafosatning mohiyatini o‘rganuvchi qadimiy falsafiy fan. Estetika fani tadqiqot doirasining miqyosiyligi va ko‘pyoqlamaligi, uning falsafiy mohiyati.

Estetika – san’at, badiiy ijod, dizayn, turmush go‘zalligi, atrof-muhitni go‘zallashtirish, xulqiy go‘zallik va estetik tarbiya borasidagi umumiy qonuniyatlar hamda estetik mezoniy tushunchalar (kategoriyalar) tizimi sifatida.

Estetikaning boshqa zamonaviy fanlar bilan aloqasi: estetika va falsafa; estetika va axloqshunoslik; estetika va ruhshunoslik; estetika va milliy istiqlol g‘oyasi; estetika va sostiologiya; estetika va dinshunoslik; estetika va pedagogika, estetika va ekologiya v.h.

Erkinlik, demokratiya va fuqarolik jamiyatini taraqqiy ettirishda estetikaning o‘rni, uning inson estetik madaniyatni shakllantirishdagi roli va jamiyat hayotining barcha jabhalarini ma’naviy boyitishdagi amaliy ahamiyati.


Download 2,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish