Javob: davlat organlari o’rtasida AKT vositalarida malumot almashish “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq va elektron davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlarning (keyingi o‘rinlarda davlat organlari deb ataladi) idoraviy va idoralararo axborot tizimlari va axborot resurslari hamda elektron hukumat markaziy ma’lumotlar bazalarining o‘zaro hamkorligi sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining elektron davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlarining idoraviy va idoralararo axborot tizimlari va axborot resurslari hamda elektron hukumatning markaziy ma’lumotlar bazalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik qilish uchun Elektron hukumatning idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmog‘ini (keyingi o‘rinlarda Idoralararo tarmoq deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Asosiy vazifalari quyidagilardan iborat bo‘lgan “O‘zbektelekom” AK Idoralararo tarmoqning operatori etib belgilansin:
zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari asosida Idoralararo tarmoqni tashkil etish, uning uzluksiz ishlashini va yanada rivojlantirilishini ta’minlash;
elektron davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlariga idoraviy va idoralararo axborot tizimlari va axborot resurslari, shuningdek elektron hukumatning markaziy ma’lumotlar bazalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik qilish imkoniyatini berish;
Idoralararo tarmoq orqali o‘zaro elektron hamkorlikni amalga oshirishda axborot xavfsizligini va ma’lumotlar himoya qilinishini ta’minlash.
3. Belgilab qo‘yilsinki, 2017-yil 1-yanvardan boshlab elektron davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlarining idoraviy va idoralararo axborot tizimlari va axborot resurslari hamda elektron hukumatning markaziy ma’lumotlar bazalari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik Idoralararo tarmoq orqali amalga oshiriladi.
4. Quyidagilar:
Elektron hukumatning idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmog‘iga birinchi navbatda ulanadigan elektron davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq;
Elektron hukumatning idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmog‘ini tashkil etish va undan samarali foydalanishni ta’minlash bo‘yicha tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Elektron hukumat sohasidagi vakolatli organ — O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga yangi elektron davlat xizmatlari joriy qilinishiga ko‘ra ushbu qaror bilan tasdiqlangan Ro‘yxatga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqi berilsin.
6. Vazirliklar va idoralar har yili o‘zlariga budjetdan ajratilishi nazarda tutiladigan va budjetdan tashqari mablag‘lar doirasida Idoralararo tarmoqqa ulanish va undan samarali foydalanishni ta’minlasinlar.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 13 maydagi 120-son qaroriga
2-ILOVA
Davlat xizmatlari ko’rsatishda davlat organlari va boshqa tashkilotlarning idoralararo axborot hamkorligi tartibi to’g’risida