Qism Funksiyalarni e’lon qilish, murojat qilish va qiymat berish



Download 339,57 Kb.
bet1/8
Sana27.06.2022
Hajmi339,57 Kb.
#707814
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-ma`ruza С da funktsiyalar( 1- qism)

  1. qism Funksiyalarni e’lon qilish, murojat qilish va qiymat berish.



MAVZU: Funksiyalarni e’lon qilish, murojat qilish va qiymat berish. Funksiyalarni modullarda e’lon qilish. Funksiyalarni qayta yuklash, funksiya argumentlariga boshlang‘ich qiymatlar berish
Reja:

  1. Funksiya haqida boshlang`ich tushunchalar;

  2. Funksiyani e’lon qilish;

  3. Funksiyani chaqirish;

  4. void funksiyalar;

  5. Funksiyalarni qayta yuklash;

  6. Funksiyaning prototiplari;

  7. Jimlik qoidasi argumentlari;

  8. Inline – joylashtirilgan funksiyalar

Kalit so‘zlar:  actual parameter,  ambiguous invocation,  argument,  automatic variable,  bottom-up, implementation,  divide and conquer,  formal parameter (i.e., parameter), function abstraction, function declaration, function header, function overloading, function prototype,  function signature, global variable, information hiding, inline function, local variable, parameter list, pass-by-reference, pass-by-value, reference variable, scope of variable, static local variable, stepwise refinement, stub, top-down implementation

1. Funksiya haqida boshlang`ich tushunchalar
Key Point. Funksiyalar dastur tarkibida qayta foydalanish imkoniyatini beruvchi qism dasturlarni e’lon qilish, ishlatish va shuning barobarida dasturlashni soddalashtirish maqsadlarida qo`llanilishi mumkin.
Faraz qilaylik, biz 1 dan 10 gacha, 20 dan 37 gacha va 35 dan 49 gacha bo`lgan butun sonlarni mos ravishda yig`indilarini hisoblash dasturini tuzmoqchimiz. Biz uni quyidagicha dastur kodi orqali tuzishimiz mumkin:
int sum = 0;
for (inti = 1; i <= 10; i++)
sum += i;
cout << "1 dan 10 gacha sonlar yig`indisi:" << sum << endl;
sum = 0;
for (inti = 20; i <= 37; i++)
sum += i;
cout << "20 dan 37 gacha sonlar yig`indisi:" << sum << endl;
sum = 0;
for (inti = 35; i <= 49; i++)
sum += i;
cout << "35 dan 49 gacha sonlar yig`indisi:" << sum << endl;
Bu sonlar oralig`ida hisoblashlar bir xil ko`rinishda amalga oshirilayotganini ko`rish mumkin, faqat ularda sonli oraliqlar har xil. Agar biz bir xil hisoblash jarayonlari uchun bir marta kod yozib, undan turli qiymatlar uchun qayta foydalana olsak zo`r ish bo`lar edi, shunday emasmi? Biz bu ishni funksiyani e’lon qilish va uni chaqirish orqali amalga oshirishimiz mumkin.
Yuqoridagi kodni quyidagicha soda ko`rinishga keltirib olishimiz mumkin:
1 int sum(inti1, inti2)
2 {
3 int sum = 0;
4 for (int i = i1; i <= i2; i++)
5 sum += i;
6
7 return sum;
8 }
9
10 int main()
11 {
12 cout<<"1 dan 10 gacha sonlar yig`indisi: "<13 cout<<"20 dan 37 gacha sonlar yig`indisi:"<14 cout<<"35 dan 49 gacha sonlar yig`indisi:"<15
16 return 0;
17 }
1-8-satrlar oralig`ida sum nomli, i1 va i2 parametrlariga ega bo`lgan funksiya e’lon qilinyapti. main funksiyasi tarkibida 1 dan 10 gacha bo`lgan sonlar yig`indisini aniqlash uchun sum(1, 10) ni chaqiruvchi, 20 dan 37 gacha bo`lgan sonlar yig`indisini aniqlash uchun sum(20, 37) ni chaqiruvchi, 35 dan 49 gacha bo`lgan sonlar yig`indisini aniqlash uchun sum(35, 49) ni chaqiruvchi ko`rsatmalar berilgan. Funksiya – bu biror operatsiyani bajarish uchun ishlab chiqilgan, guruh bo`lib ishlatiluvchi ko`rsatmalar jamlanmasidir. Avvalroq biz pow(a, b)rand()srand(seed)time(0), va main() kabi funksiyalar bilan tanishib chiqqanmiz. pow(a,b) funksiyasini ishlatganimizda, u tarkibidagi ko`rsatmalarni ishga tushiradi va natija qaytaradi. Bu ma’ruzada funksiyalarni e’lon qilish, uni chaqirish va masalalar jamlanmasini yechishga oid bilimlarga ega bo`lishingiz mumkin.



Download 339,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish