Kasb – hunar kollejlari o`quvchilarida ekologik tarbiyani shakllantirishning innovatsion uslublari


texnologiyalarni qo„llashning ilmiy-nazariy asoslari



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/55
Sana25.01.2022
Hajmi0,71 Mb.
#410527
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   55
Bog'liq
kasb-hunar kollejlari oquvchilarining ekologik tarbiyasida innovatsion texnologiyalarni qollashning pedagogik samaradorligi (1)

texnologiyalarni qo„llashning ilmiy-nazariy asoslari. 

1.1.

 

“Ekologik tarbiya”  jarayonining  tarixiy-ijtimoiy rivojlanish 

bosqichlari 

O‗zbekiston  mustaqillikka  erishgach,  o‗z  oldiga  milliy  qadriyatlarga 

asoslangan  xuquqiy  demokratik  davlatni  qurish  va  fuqoralik  jamiyatini 

shakllantirishni maqsad qilib qo‗ydi. Unda xar bir fuqaro uchun davlat tiliga xurmat, 

respublika  tarixiga  e‘zoz  va  o‗z  vataniga  mexr  ila  yashash  imkoniyati  yaratildi. 

Milliy  g‗oyaga  tegishli  bo‗lgan  ushbu  uch  talabning  oxirgisi  ekologik  tarbiya  bilan 

bevosita  bog‗liqdir.  Chunki  ekologik  bilim,  o‗z  mazmun  va  mohiyatiga  ko‗ra, 



11

 

 



 

ekotizimlarda turgan barcha ob‘ektlarning biosferada tabiat-jamiyat munosabatlarini 

uyg‗unlashtirishga  olib  keladi.  Aynan  ekologiyaning  predmeti  davlatning  tabiiy 

sharoiti, tabiiy boyliklari va resurslari, ekologik holati va uni muxofaza qilish yo‗llari 

xamda unga oid ta‘lim va tarbiya kabilar bo‗lib xisoblanadi. 

Har bir xalqning milliy g‗oyasi uning maqsad va muddaolarini ifodalaydigan, 

o‗tmishi  va  kelajagini  uzviy  bog‗laydigan,  asriy  orzu-istaklarini  amalga  oshirishga 

xizmat qiladigan ma‘naviy omildir. 

      Ekologik  bilimlar  bilan  puxta  qurollangan  shaxs  g‗oyaviy  tahdidlarga  yoki 

istiqlolimizning    kelajagiga  shubha  tug‗diruvchi  xar  qanday  ikkilanishlarga  yuqori 

darajada  qarshi  tura  olishi  mumkin.  Chunki,  istiqlolimizning  ahamiyatini  yoshlar 

ongiga singdirishda, bu borada ishonchli dalallarga suyangan holda ularda Vatanimiz 

tabiati xaqida samimiy faxrlanish, g‗ururlanish, shu bilan birgalikda qayg‗urish kabi 

tuyg‗ularni  shakllantirish  ekologik  ta‘lim  tarbiyaning    bosh  vazifasi  sanalmog‗i 

lozim.  Zero  I.A.  Karimovning  ―O‗zbekiston  XXI  asr  bo‗sag‗asida:  xavfsizlikka 

tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari‖ asrida ta‘kidlaganidek, ―Asrlar 

tutash  kelgan  pallada  butun  insoniyat,  mamlakatimiz  aholisi  juda  katta  ekologik 

xavfga duch kelib qoldi. Buni sezmaslik, qo‗l qovushtirib o‗tirish o‗zini-o‗zi o‗limga 

mahkum etish bilan barobardir‖ [18.b.46].    

          Yer  kurrasida  yuzaga  kelayotgan  ekologik  nobop  muhitning  chuqurlashuvida 

ozmi-ko‗pmi  O‗zbekistonning  ham  ishtiroki  bor.  Mamlakatimizda  yashayotgan  31 

milliondan  ziyod  aholining  yarmidan  ko‗pi  ekologik  xavfli  bo‗lgan  muhitda 

istiqomat  qilmoqdalar.  Orol  dengizi  va  unung  atrofida  ro‗y  berayotgan  ekologik 

inqiroz  holati  sovet  davrining  noekologik  agrar-iqtisodiy  siyosatining  natijasidir. 

Shuning  uchun  ham  davlatimiz,    O‗zbekiston  Respublikasining  birinchi  Prezidenti 

I.A.Karimov  ekologik  masalalarni  iqtiodiy,  siyosiy  va  ijtimoiy  istohatlar  bilan 

uyg‗unlashtirilgan  holda  olib  borilishi  lozim  deb  topgan  va  bu  siyosat  o‗zining 

munosib davomchisi qo‗lida yanada yuqori cho‗qqilari bilan davom qilmoqda. 

        Mustaqillik  yillarida  O‗zbekiston  Respublikasida  ekologik  xavfsizlikni 

ta‘minlash  bo‗yicha  muhim  huquqiy,  tashkiliy  va  ijtimoiy  iqtisodiy  chora  tadbirlar 

ishlab  chiqildi  va  amalga  oshirildi.  Atrof  muhitni  muhofaza  qilish  va  tabiiy 



12

 

 



 

resurslardan  oqilona  foydalanish  sohasidagi  munosabatlarni  bevosita  tartibga 

soluvchi  15  dan  ziyod  qonun,  tabiiy  resurslarning  ayrim  turlaridan  foydalanish 

mexanizmlari  va  shartlari,  shuningdek,  davlat  ekologik  ekspertizasini  amalga 

oshirish,  turli  toifadagi  qo‗riqlanadigan  hududlarni  tashkil  qilish  va  ulardan  alohida 

foydalanish rejimini o‗rnatish tartib taomillari va boshqa masalalarni belgilab bergan 

30 dan ortiq normativ  huquqiy hujjat qabul qilindi va amal qilmoqda.  

Qabul  qilingan  hujjatlar  atrof  muhit  obyektlarining  ifloslanish  darajasini  ma‘lum 

darajada kamaytirish, qo‗riqlanadigan tabiiy hududlar tizimini rivojlantirish, xalqaro 

tashkilotlarni  milliy  ekologik  muammolarni  hal  etishga  jalb  qilish  imkonini  berdi. 

Shu bilan birga, atrof muhit muhofazasi sohasida amaldagi davlat boshqaruvi tizimi 

va  nazorati  bo‗yicha  o‗tkazilgan  tahlil  bir  qator  kamchilik  va  muammolar  borligini 

ko‗rsatdiki  bularni  bartaraf  qilish  uchun  ―2017-2021-yillarda  O‗zbekiston 

Respublikasini  rivojlantirishning  beshta  ustuvor  yo‗nalishi  bo‗yicha  Harakatlar 

strategiyasini,  ―Xalq  bilan  muloqot  va  inson  manfaatlari  yili‖da  amalga  oshirishga 

oid Davlat dasturida ko‗zda tutilgan boshqa vazifalarni hal etish uchun O‗zbekiston 

Respublikasi  Prezidentining  ―Ekologiya  va  atrof  muhitni  muhofaza  qilish  sohasida 

davlat  boshqaruvi  tizimini  takomillashtirish  to‗g‗risida‖gi  Farmoni  qabul  qilindi. 

Farmonda  O‗zbekiston  Respublikasi  Tabiatni  muhofaza  qilish  davlat  qo‗mitasini 

O‗zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasiga  bo‗ysunuvchi  va hisobot  beruvchi 

O‗zbekiston  Respublikasi  Ekologiya  va  atrof  muhitni  muhofaza  qilish  davlat 

qo‗mitasiga aylantirildi. 

Yuqoridagi farmonga asosan Davlat ekologiya va atromuhofaza qilish  muhitni  

qo‗mitasiga  quyidagi  vazifalar  yuklandi:  ekologiya,  atrof  muhit  muhofazasi,  tabiiy 

resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash sohasida davlat boshqaruvini 

amalga oshirish; 

maishiy  chiqindilarni  to‗plash,  tashish,  qayta  ishlash,  utilizatsiya  qilish  va  ko‗mish 

ishlarining  samarali  tizimini  tashkil  etish;  atrof  muhitning  ekologik  holati  maqbul 

tarzda  saqlanishini,  ekologiya  tizimlari,  tabiiy  komplekslar  va  alohida  obyektlarni 

qo‗riqlashni,  ekologik  vaziyat  sog‗lomlashtirilishini  ta‘minlash,  yer,  yer  osti 

boyliklari,  suv,  o‗rmonlar,  qo‗riqlanadigan  tabiiy  hududlar,  hayvonot  va  o‗simlik 



13

 

 



 

dunyosini  muhofaza  qilish  va  ulardan  foydalanish,  atmosfera  havosini  muhofaza 

qilish,  chiqindilar  bilan  bog‗liq  ishlarni  amalga  oshirish  sohasidagi  qonunchilikka 

rioya  qilish  borasida  davlat  ekologik  nazoratini  amalga  oshirish;  ekologiya  va  atrof 

muhitni  muhofaza  qilish  sohasida  davlat  kadastrini  yuritish,  shuningdek,  yovvoyi 

hayvonlar,  yovvoyi  o‗simliklar  ko‗paytiriladigan  va  saqlanadigan  pitomniklar, 

zoologiya  va  botanika  kolleksiyalarining  davlat  hisobini  yuritish,  ekologik  tarbiya, 

targ‗ibot  va  ma‘rifiy  ishlarni,  shuningdek,  ekologiya  va  atrof  muhit  muhofazasi 

sohasi mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish. 

Yuqoridagi  farmonga    muvofiq  quyidagi  tuzilmalar  tashkil  etiladi:  O‗zbekiston 

Respublikasi  Ekologiya  va  atrof  muhitni  muhofaza  qilish  davlat  qo‗mitasi, 

Qoraqalpog‗iston  Respublikasi  Ekologiya  va  atrof  muhitni  muhofaza  qilish  davlat 

qo‗mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish 

boshqarmalarining  markaziy  apparatlarida  chiqindilarning  hosil  bo‗lishi,  ularni 

to‗plash,  saqlash,  tashib  ketish,  utilizatsiya  qilish,  qayta  ishlash,  ko‗mish  va 

realizatsiya  qilish  bo‗yicha  nazorat  inspeksiyalari;  Qoraqalpog‗iston  Respublikasi 

Ekologiya  va  atrof  muhitni  muhofaza  qilish  qo‗mitasi, viloyatlar  ekologiya  va  atrof 

muhitni  muhofaza  qilish  boshqarmalari  huzurida  ‖Toza  hudud‖  davlat  unitar 

korxonalari  va  mamlakatimiz  shaharlarida,  shuningdek,  tuman  hokimliklari 

huzuridagi  obodonlashtirish  boshqarmalarining  chiqindilarni  olib  ketish  bo‗yicha 

xizmat  ko‗rsatadigan  uchastkalari  negizida  ularning  filiallari;  tabiatni  muhofaza 

qilish  respublika  va  mahalliy  jamg‗armalari  negizida  Ekologiya,  atrof  muhitni 

muhofaza  qilish  va  chiqindilar  bilan  bog‗liq  ishlarni  amalga  oshirish  bo‗yicha 

jamg‗arma  tashkil  etiladi,  jamg‗arma  mablag‗lari  birinchi  navbatda  atrof  muhitni 

muhofaza  qilish  tadbirlariga,  jumladan,  chiqindilar  bilan  bog‗liq  ishlarga  va 

bioresurslarni  saqlash  va  qayta  tiklashga,  ekologiya  va  atrof  muhitni  muhofaza  va 

monitoring qilish sohasida ilmiy tadqiqot ishlarini o‗tkazishga, targ‗ibot va ma‘rifiy 

ishlarni  tashkil  etishga,  ekologiya  va  atrof  muhitni  muhofaza  qilish  sohasidagi 

mutaxassislarni  tayyorlash  va  qayta  tayyorlashga  yo‗naltirilmoqda;  Shuningdek, 

O‗zbekiston  Respublikasining  Ma‘muriy  javobgarlik  to‗g‗risidagi  kodeksiga 

jismoniy  va  yuridik  shaxslarning  javobgarligini  kuchaytirish,  bu  borada  chiqindilar 



14

 

 



 

bilan  bog‗liq  ishlarni  amalga  oshirish  sohasidagi  qonunchilikni  buzganlik  uchun 

jarima  sanksiyalari  miqdorini  oshirish,  O‗zbekiston  Respublikasining  ―Tabiatni 

muhofaza  qilish  to‗g‗risida‖gi,  ―Yer  osti  boyliklari  to‗g‗risida‖gi  qonunlariga  ko‗p 

joyda  uchraydigan  foydali  qazilmalarni  qazib  olishning  belgilangan  tartibini 

buzganlik  uchun  jismoniy  va  yuridik  shaxslarning  javobgarligini  kuchaytirish 

yuzasidan  o‗zgartish  kiritildi.  Mazkur  qarorning  amalga  oshirilishi  juda  muhim 

ahamiyatga ega bo‗lib, quyidagi natijalarga erishish imkonini beradi: 

Birinchidan, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish 

sohasida faoliyat ko‗rsatayotgan davlat nazorati va boshqaruvi organlarining tizimli 

ish olib borish samaradorligini oshiradi; 

ikkinchidan  -  ekologiya  va  atrof  muhitni  muhofaza  qilish  sohasidagi  idoralararo 

samarali hamkorlikni ta‘minlaydi;  

 uchinchidan-atrof  muhitning  ekologik  holati,  ekologik  tizim,  tabiiy  komplekslar  va 

alohida obyektlarni qo‗riqlash uchun qulay shart sharoitlar yaratadi. 

     Shuningdek O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti M.Sh.Mirziyoyevning 2017- yil 

7-  fevraldagi  ―O‗zbekiston  Respublikasini  yanada  rivojlantirish  bo‗yicha  harakatlar 

strategiyasi‖  to‗g‘risidagi  farmoniga  asosan  2017-2021  yillarda  O‗zbekiston 

Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‗nalishlari ishlab chiqilgan. 

Ushbu  strategiyaning  5  bo‗limining  1-  bandida  ekologik  muammolariga 

jumladan  Orol  fojiasi  oqibatlarini  yumshatish  bo‗yicha  tizimli  chora-tadbirlarni 

kuchaytirish,  tabiiy,  texnogen  va  ekologik  xarakterdagi  favqulodda  vaziyatlar 

ehtimolini monitoring va prognozlashtirishning yagona tizimini ishlab chiqish.. 

Mazkur  hujjat  bilan  Radiatsiya  xavfsizligini  ta‘minlash  tizimini  takomillashtirish 

bo‗yicha  Davlat  dasturi  tasdiqlanib,  unda  respublikamizda  radiatsiya  xavfsizligini 

ta‘minlashga  doir  amalga  oshirilishi  rejalashtirilayotgan  aniq  tadbirlar,  korxona  va 

tashkilotlarning bu boradagi vazifalari va majburiyatlari, ularning o‗zaro hamkorligi, 

mazkur  sohada  hal  etilishi  lozim  bo‗lgan  boshqa  masalalar  nazarda  tutilib  chora 

tadbirlar amalga oshirilmoqda. 

Bu  harakatlar  bejiz  emas  albatta  zero  insonning  shaxs  sifatida  shakillanishida 

xalqning  tarixiy,  milliy  ma‘naviy  merosi  asosiy  o‗rin  tutadi.  Ushbu  holat  insonda 



15

 

 



 

ekologik  madaniyatning  shakillanish  jarayoni  uchun  ham  daxildordir.  Shu  sababli 

o‗quvchilarda ekologik madaniyatni shakillantirish jarayonida millat ma‘naviyatining 

tarixiy negizlari, milliy, hududiy asoslarini  o‗rganish hamda ularga suyanish muhim 

ahamiyatga ega. 

    I.A. Karimov ta‘kidlaganlaridek  ―…yangicha fikrlash –g‗oyat murakkab va bu bir 

kunda hal bo‗ladigan ish emas. ‗buning  uchun ancha vaqt va katta mas‘uliyat kerak. 

Shuning  uchun  ham  jamiyatni  isloh  qilishda  yangicha,  zamonaviy  fikrlovchi 

kishilarga  tayanishni  men  hal  qiluvchi  omil  deb  hisoblayman.Bu  masalaning 

hayotimizning    barcha  tarmoqlariga,  shu  jumladan,  ilmu  fan  sohasiga  ham  bevosita 

dahli bor‖ .[16.b.86] - deb bejiz ta‘kidlamagan edilar. 

Zero,  kasb-hunar  kalleji  o‗quvchi  yoshlarini  har  tomonlama  etuk  shaxs  qilib 

tarbiyalashda ekologik, estetik tarbiyaning  ro‗li beqiyos hisoblanadi. 

Har bir halqning milliy g‗oyasi uning maqsad va muddaolarini ifodalaydigan, 

o‗tmishi  va  kelajagini  uzviy  bog‗laydigan,  asriy  orzu  istaklarini  amalga  oshirishga 

xizmat qiladigan ma‘naviy omildir. Milliy g‗oya har bir vatandoshimizni o‗z oilasi, 

jamiyat,  el-yurt  oldidagi  burch  va  ma‘suliyatini  qay  darajada  ado  etayotganini 

belgilaydiga ma‘naviy merosdir [29.b.20]. 

Burch  va  masuliyatni  anglash  bevosita  milliy  g‗urur  orqali  namoyon  bo‗ladi. 

Milliy  g‗urur  –  har  bir  millatning  o‗z  -o‗zini  anglashi  natijasida  sodir  bo‗ladigan 

ichki  ruhiy  kayfiyati.  Bu  tuyg‗u  ona  zamin,  avlodu  ajdodlarimizning  moddiy  va 

ma‘naviy  merosi,  millatimizning  jahon  sivilizatsiyasiga  qo‗shgan  hissasidan,  o‗zga 

millat va elatlar  oldidagi qadr-qimmati, obro‗-e‘tiboridan fahrlanish hissiyoti.     

 Insonning  shaxs  sifatida  shakillanishida  xalqning  tarixiy,  milliy  ma‘naviy 

merosi asosiy o‗rin tutadi. Ushbu holat insonda ekologik madaniyatning shakillanish 

jarayoni  uchun  ham  daxildordir.  Shu  sababli  o‗quvchilarda  ekologik    madaniyatni 

shakillantirish  jarayonida  millat  ma‘naviyatining  tarixiy  negizlari,  milliy,  hududiy 

asoslarini o‗rganish hamda ularga suyanish muhim ahamiyatga ega. 

Tabiat  bilan  inson  orasidagi  munosabatlar  murakkab  tarixiy  xarakterga  ega. 

Jamiyatning  davrlar  mobaynida  rivojlanishi  tabiat  va  tabiiy  boyliklardan  u  yoki  bu 

darajada foydalanish hisobiga kechgan. Ushbu jarayonda har bir hudud va shu joyda 



16

 

 



 

istiqomat  qiluvchi  millatlarga  xos  bo‗lgan  tabiat  bilan  munosabat  me‘yorlarining 

tarixiy,  milliy,  hududiy  xususiyatlari  shakillangan.  Ular  asosida  avlodlar 

tarbiyalangan. 

Ekologik  ta‘lim-tarbiya  jarayonlarining  Markaziy  Osiyo  mintaqasida  o‗ziga 

xos  tarixiy  taraqqiyot  yo‗li  mavjud.  ―Avesto‖,  Hadisi  sharif,    o‗tmish  allomalaridan 

Muhammad Muso Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn 

Sino,  Yusuf  Xos  Hojib,  Alisher  Navoiy,  Mirzo  Ulug‘bek,  Zahriddin  Muhammad 

Bobur  kabilarning  asarlarida  tabiat  noz-ne‘matlaridan  oqilona,  tejamkorlik  bilan 

foydalanish, tirik mavjudodlarga ozor bermaslik, tevarak-atrofni toza tutish, bog‘ va 

gulzorlar  yaratish  to‗g‘risida  ko‗plab  fikrlar  bildirgan.  Ular  diniy  qadriyatlar  va  

o‗gitlar  sifatida  ajdodlar  tomonidan  avlodlarni  tabiatga  nisbatan  mehr-muhabbat 

ruhida tarbiyalash jarayonida  o‗ziga xos asos vazifasini bajargan. 

   


Ajdodlarimiz  koinot  va  tabiat  bilan  bog‘liq  har  bir  faslga  mos  an‘analar 

tizimini shakillantirgan. Qadimgi bayramlar, jumladan, bahorgi ―Navro‗z‖ ,‖Angan‖, 

kuzgi  ‖Mehrijon‖,  qishki  ‖  Sada‖  kabilar  yilning  to‗rt  faslidagi  tabiiy  ehtiyojlar 

asosida  vujudga  kelgan.  Navro‗z  va  kuz  bayramlari    ‖Mehrijon  ‖,  ‖Nimsada‖ 

tabiatdagi  quvonchli  o‗zgarishlarni  qutlashga  asos  bo‗lgan,  yozdagi  ‖Angan‖  va 

qishdagi ‖Sada‖ tabiatda vujudga kelgan noqulaylikni, uning o‗zida mavjud bo‗lgan 

suv, olov orqali qulaylashtirishga intilgan.[41.b.80] 

Milliy  qadriyatlar  jamiyat  madaniyatining  o‗ziga  xos  tarkibiy  qismi  sifatida 

insonning  tabiatga  ongli,  ma‘suliyatli  munosabatini  mustahkamlash  va 

transfarmatsiya qilish ehtiyoji sifatida shakillangan. Chunki jamiyat ham , shahs ham 

tabiatdan  mutloq  ajralgan  hodisa  emas,  balki  unung  mavjud  shakillaridan  biridir. 

Binobarin,  milliy  qadriyat  tabiiy  ijtimoiy  amaliyot  natijasi  sifatida  shakillangan 

tarixiy-ma‘naviy  hodisa  bo‗lib,  u  shahs  amaliy  faoliyatida  ekologik  ong  va 

dunyoqarashning shakillanish mezoni sifatida o‗z aksini topadi. 

O‗z  navbatida,  shaxsning  ekologik  tafakkuri,  qadriyatlariga  munosabati  u 

yashab    turgan  muntaqaning  tabiiy  geagrafik  iqlim  sharoiti,  turmush  maromi  bilan 

ham  uzviy  bog‘liq  bio‗lib,  bu  omillarning  ta‘siri  hamda  o‗zaro  aloqadorligi,  uning 

ekologik  dunyoqarashi  shakillanishida  muhim  o‗rin  tutadi.  Ana  shu  muhit  va  tabiiy 




17

 

 



 

omillar  millatimizning  tabiatga  nisbatan  munosabatini  o‗zida  mujassamlashtirgan 

bebaho qadriyatlarida ham o‗z ifodasini topgan. 

Xalqimiz  milliy  ma‘naviyatida  boshqa  xalqlarda  kam  uchraydigan  uvol 

tushunchasi  mavjud.  Uvol  barcha  noz-nematlarga,  tabiatning  barcha  elementlariga 

tegishli  bo‗lib,  insonlarni,  tabiatni,  umuman  hamma  narsani  nes-nobut  qilmaslikka, 

e‘zozlashga undaydi. Milliy ma‘naviy mezonga ko‗ra uvolga yo‗l qo‗ymaslik uchun 

bir  misqol  xomashyoni  bejiz  ishlatmaslik  lozim.  Bu  haqda  juda  ko‗p  iboralar, 

maqollar mavjud. 

   


Ota-bobolarimiz  ona  yerni  hurmat  qilishgan,  uni  risq-ro‗zimiz  manbai  deb 

bilishgan.  Ekin  ekiladigan  har  qarich  yerga  mufassal  ishlov  berilgan.  Ishlov 

berilmagan yerlardan ham jo‗yali foydalanishgan. 

Xalqimiz  ―Suv  bor  joyda  hayot  bor‖,  deb  suvni  azaldan  avaylab  asrashgan 

hamda  tejab-tergab  foydalanishgan.  Suvni  behuda  oqizish  uvol  hisoblangan.  Uni 

turmushda ham, dehqonchilik ishlarida ham tejashgan. Dehqonchilikda suvni toshirib 

yuborish jinoyat hisoblangan.  

        Eng qadimiy ajdodlarimizning tabarruk udumlari- yer va suvni, olov va havoni 

e‘zozlash, bir so‗z bilan aytganda, tabiatni, unung barcha unsurlarini qadrlashi, ularga 

ehtirom  ko‗rsatilishi,  ularning  har  zarrasini  ko‗z  qorachig‘idek  asrashi  va 

ehtiyotkorona  munosabatda  bo‗lishi  e‘tiborga  molik  jihatlardir.  Tabiat  va  insonning 

o‗zaro uyg‘unlugi eng qadimiy manbalarda ham ilohiy qadriyat sifatida ulug‘langan. 

Afsuski,  oxirgi  yuz  yillikda  aynan  mintaqaning  ekologik  tizimiga  juda  katta  zarar 

yetkazildi. Ajdodlarimizning tabiatdan foydalanish sohasidagi an‘anaviy odob-axloq 

qoidalari  unutib  yubordi.  Bu  qoidalarga  ko‗ra  suv  va  yerni  o‗ylamay-netmay 

bulg‘ash, isrof qilish gunohi azim hisoblanar edi. 

Ta‘lim jarayonida o‗quvchilarda ekologik madaniyatni shakillantirishda milliy 

xususiyatlar muhim o‗rin tutadi. Ekologik madaniyatni  shakllantirish umumbashariy 

muammo  hisoblansa-da,  ushbu  yo‗nalishlarda  olib  boriladigan  say-harakatlarda 

milliylikni  inobatga  olish  lozim.  Chunki  muayyan  millat  ekologik  madaniyati  bilan 

umuminsoniy  ekologik  madaniyat  o‗rtasida  umumiylikdan  tashqari  xususiylik  ham 

mavjud.  Bu  borada  fikr  yuritgan  B.M.Ochilov  shaxsning  ekologik  tafakkur  tarzi  u 




18

 

 



 

yashab  turgan  mintaqaning  tabiiy-geografik  iqlimi,  shart-sharoitiga,  u  mansub 

bo‗lgan  millat yoki xalqning mintalitetiga, turmush tarziga, tarixi, urf-odati, e‘tiqidi, 

qolaversa,  muayyan  jamiyatlarda  yashovchi  kishilarning  tabiat  to‗g‘risida 

dunyoqarashi  hamda  unga  bo‗lgan  munosabatlari  bilan  uzviy  bog‘liq  ekanligini 

ta‘kidlaydi.[41.b.35]  

Tadqiqot  natijalaridan  ma‘lumki,  o‗zbek  xalqi  inson  va  tabiat  o‗rtasidagi 

munosabatlarni  uzoq  yillar  davomida  muvozanatga  solib  kelgan  milliy  ma‘naviy 

qadriyatlarga, an‘ana, urf-odatlarga boy millat hisoblanadi. 

Jamiyat  paydo  bo‗lgandan  buyon  kishilarning  tabiatga,  atrof-muhitga  bo‗lgan 

munosabatidagi  ilg‘or  yondashuvlar,  tabiatni  ulug‘lashga  doir  fikrlar,  qarashlar, 

rasm-rusm  hamda  tamoyillar  vaqt  o‗tishi  bilan  saralanib,  o‗ziga  xos  qadriyat 

darajasiga  ko‗tarilib  borgan.  Millatning  shakllanishi  bilan  ular  milliy  qadriyatlar 

sifatida  turkumlashib,  inson  dunyoqarashi,  intilishlari,  tabiat  va  unung  ne‘matlariga 

nisbatan ma‘suliyatli munosabatning shakllanishiga turtki bergan. 

Ekologik  tarbiya  ekologik  madaniyatning  ajralmas  qismi  bo‗lib,  insoninng  ong, 

dunyoqarashi  va  tasavvuriga  ta‘sir  qilish  orqali  ularda  tabiatga  nisbatan  ongli, 

ma‘naviy  munosabat  saviyasini  muntazam  va  maqsadli  ravishda  oshirib  borish 

jarayonidir. 

Ma‘lumki insonning barkamolligi, madaniyati tashqi ko‗rinishiga qarab emas, 

balki uning ma‘naviy dunyoqarashi bilan belgilanadi. Binobarin, yurtning ravnaqi va 

kelajagi  shu  jamiyatda  yashovchi  fuqarolarning  ham  ma‘naviy,  ham,  madaniy 

barkamolligiga  bog‘liq.  Insoniyat  ma‘naviy  tomondan  qashshoq  bo‗lsa,  kelajagi 

porloq jamiyat qurib bo‗lmasligi hayotiy haqiqat. 

Hozirda o‗quvchi-yoshlarning ekologiya sohasidagi madaniyatini rivojlantirish 

juda  muhim.  Chunki  atrof-muhitning  buzilishi  va  bu  jarayon  inson  salomatligiga 

salbiy ta‘sir etish holatlari tobora ortib borib, yoshlarni tabiatga oqilona munosabatda 

bo‗lishga, tabiat boyliklarini asrab avaylashga undamoqda. 

Mamlakatimizning har bir fuqarosi o‗zida ekologik madaniyatini oshirib borish 

vazifasi eng dolzarb muammo ekanini tushunib yetishi va qo‗ldan kelguncha uni hal 

qilishda  faol  qatnashishin  kerak.  Bugungi  kunda  ekologik  jarayon  murakkablashib 



19

 

 



 

borayotgani  uchun  u    o‗quvchi  yoshlarda  yangicha  fikrlash  va  dunyoqarashini, 

madaniy, ma‘naviy yetuklikni talab qiladi. Shuning uchun ham yosh avlodni bilimli 

qilish,  ularda  ekologik  madaniyatni  rivojlantirish  pedagoglar  oldiga  qo‗yilgan  eng 

muhim vazifadir.  


Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish