pedagog-olimlar tomonidan ekologiyaga oid muammolarning ta‘limiy-tarbiyaviy
yo‗nalishlarini xal etishga yo‗naltirilgan tadqiqot ishlari amalga oshirildi.
Shuningdek, so‗ngi yillarda o‗qituvchilarning ekologik ta‘lim berishga oid
muammolarni xal etishga yo‗naltirilgan tadqiqot ishlari amalga oshirilgan, jumladan,
J.G‗.Yo‗ldashevning o‗qituvchilarni o‗quvchilar salomatligini muxofaza qilishga
xususiyatlari, Sh.Saidqulov tomonidan O‗zbekitonda o‗quvchilarga ekologik ta‘lim
va tarbiya berishni tizimlashtirish, Sh.Q.Mardanovning yangi ta‘limiy qadriyatlar
asosida ekologik ta‘lim berish muammolari mavzularidagi tadqiqot ishlari amalga
oshirilgan. Ammo bu tadqiqotlarda ekologik muammolarni xal etishga qaratilgan
xamda Kasb-hunar kolleji o‗quvchilarining ekologik ta‘lim olishlari masalasi ko‗rib
muammolarning ta‘lim va tarbiyaviy yo‗nalishlarini xal etish asosida tadqiqot
ishlarini amalga oshirdilar. Jumladan, ekologik ta‘limning nazariy asoslari rus olimi,
akademik I.D.Zverev, ―Uzluksiz ekologik ta‘lim konsepsiyasi‖, ekologiyadan DTSni
yaratish, tabiiy fanlarni o‗qitishda o‗quvchilarga ekologik ta‘lim-tarbiya berish,
6
Markaziy Osiyoda ekologik taraqqiyot professor E.O.Turdiqulov, ekologik
ta‘limning pedagogik asoslari A.N.Zaxlebniy, biologiyani o‗qitishda o‗quvchilarga
ekologik ta‘lim - tarbiya berish I.T.Surovegina, biogeotsenologiya asoslari bo‗yicha
o‗simliklar ekologiyasi I.N.Ponomarevlar tomonidan ilmiy tadqiqotlar olib borilib,
ilmiy va amaliy jixatdan taxlil etilgan.
Ekologik ta‘lim va tarbiyaning ijtimoiy, falsafiy jixatlari Y.Sh.Shodimetov,
B.Ziyomuxammedov, S.Mamashokirovlar tomonidan xam o‗rganilgan va tadqiqot
natijalari asosida ko‗plab ilmiy axamiyat kasb etuvchi tavsiyalar berilgan.
Ekologiya va atrof-muxit muxofazasi masalalari ham tadqiqot mavzusi sifatida
ko‗rib chiqilib Sh.T.Otabaev, A.S.To‗xtaev, Y.U.Maxmudov, U.Beknazarovlarning
ilmiy izlanishlarida ushbu masalaning muxim va dolzarb jixatlari o‗z ifodasini
topgan.
L.T.Shonosirovna, G.O.Komilovlar tomonidan
maktabgacha
yoshdagi
bolalarga ekologik tarbiya berishga oid tadqiqot ishlari olib borilgan bo‗lsa,
M.A.Yuldashev, G.A.Sultanova, N.Ashurovlar tomonidan uzluksiz ta‘lim tizimida
ekologik ta‘lim-tarbiya berishning turli jixatlari tadqiq etilgan.
Bir gurux tadqiqotchilar o‗quv fanlarini o‗qitish jarayonida o‗quvchilarga
ekologik ta‘lim va tarbiya berishga oid muammolarni, uning maqsad, vazifa,
mazmun, shakl, metod va vositalarni ilmiy - amaliy jixatdan tatqiq etib, tavsiyalar
ishlab chiqqanlar jumladan, Sh.Avazov (o‗lkashunoslik), N.O‗.Nishonova (adabiyot
ta‘limi), L.Xudoyberdiev, M.Mirboboevlar (fizika), M.Nishonboeva (biologiya),
A.T.Xayitov, S.Matrusovlar (geografiya), B.Kulturaev, I.Sh.Ismatov (ximiya),
V.N.Sattorov (mexnat ta‘limi). M.B.Raximqulova (boshlang‗ich sinf o‗quvchilarini
darsdan tashqari mashg‗ulotlarda ekologik qadriyatlar asosida tarbiyalash),
N.M.Egamberdieva (pedagogika kollejlarida atrof-muxit ta‘sirida talabalarni axloqiy
tarbiyalash), P.U.Berdanova (qoraqalpok oilalalarida o‗smirlarning ekologik
madaniyatni shakllantirish), X.A.Raxmatova (sinfdan tashqari ishlar jarayonida
ekologik-gigienik tarbiya), M.D.Raxmatullaeva (sinf va maktabda vaqtlarda
o‗quvchilarda tabiat estetikasiga qiziqishni shakllantirish), Sh.Mirzaxmetov
(boshlang‗ich sinf o‗quvchilarida tabiatga qiziqishni shakllantirish), N.Sh.Bozorova
7
(talabalarda ekologik madaniyatni shakllantirish), M.M.Aliqulova (tabiatshunoslik
darslarida O‗rta Osiyo allomalarining ekologiyaga oid qarashlaridan foydalanish)lar
ekologik tarbiyani amalga oshirishning turli jixatlarini tadqiq etganlar. Ammo, kasb-
xunar kollejlari o‗quvchilariga ekologik ta‘lim berishga innovatsion yondashuv
masalasi ilmiy-amaliy jixatlari maxsus tadqiq etilmagan.[31.b.28]
Kasb-hunar kolleji o‗quvchilariga ekologik ta‘lim berishga innovatsion
yondashuv masalasi bo‗yicha ilg‗or texnologiyalar va innovatsiyalardan samarali
foydalanish va innovatsion texnologiyalarni o‗quvchilar tomonidan amaliyotga tatbiq
qila olish madaniyatini shakllantirish masalasi xam xozirgi davrning eng dolzarb va
muhim masalalaridan biri xisoblanadi. Kasb-hunar kolleji o‗quvchisining shaxs
sifatida shakllanishi va zaruriy bilimlar majmuiga ega bo‗lishida ekologik tarbiya va
ta‘limning xam o‗ziga xos jixatlari mavjud. Kichik mutaxassis sifatida kollej
o‗quvchisi xam ekologik bilimlarini, malaka va ko‗nikmalarini o‗zida
mujassamlashtirib amaliyotga tatbiq qilish texnologiyalarini o‗zlashtrib olsagina o‗z
faoliyatida ushbu jarayonga ijobiy yondashuvini ta‘minlashi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: