Kirish
Mavzuning dolzarbligi
. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ta‘lim
siyosatining muhim maqsadlaridan biri yosh avlodni har tomonlama barkamol
insonlar qilib tarbiyalashdir. Albatta, barkamol inson deganda ma‘naviy jihatdan
etuk,o‗z vatanining tarixi, buguni va kelajagi uchun qayg‗uradigan, shuningdek o‗zi
yashayotgan makonning ekologik tozaligi, inson va tabiat uyg‗unligini o‗zida aks
etishi, atrofidagi takrorlanmas go‗zallikni asrab avaylash kabi jarayonlarga o‗z
hissasini qo‗shish ishtiyoqida yonib yashaydigan shaxsni tushunish bugungi kun
talabiga mos keladi. Lekin ushbu tushunchaga tahliliy yondashilsa, uning naqadar
serqirra, murakkab har tomonlama umuminsoniy qadriyatlarga mos kelishini idrok
etish mumkin.
I.A.Karimovning ―O‗zbekiston XXI asr bo‗sag‗asida xavfsizlikka tahdid,
barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari‖ asarida ekologik xavfning yuzaga
kelishi, uning tobora keskinlashishi, fauna, flora, xamda ijtimoiy xayotga
ko‗rsatayotgan salbiy ta‘siri haqida to‗xtalar ekan, quyidagilarni alohida qayd etib
o‗tadi: ―...dunyoning jug‗rofiy-siyosiy tuzilishi o‗zgarmoqda. Bunday sharoitda inson
tomonidan biosferaga ko‗rsatilayotgan ta‘sirni tartibga solish, ijtimoiy taraqqiyot
bilan qulay tabiiy muhitni saqlab qolishning o‗zaro ta‘sirini uyg‗unlashtirish, inson
tabiatining o‗zaro munosabatlarida muvozanatga erishish muammolari borgan sari
dolzarb bo‗lib qolmoqda‖.[18.b.54]
Jaxonda ekologik vaziyatning nihoyatda keskinlashuvi, ishlab chiqarish
munosabatlarining murakkablashuvi insonning tabiatga nisbatan ilmiy - amaliy
faoliyatini qat‘iy ravishda tartibga solishni talab etmoqda. Mazkur talablar
4
O‗zbekiston Respublikasining xuquqiy-me‘yoriy xujjatlari mazmunida o‗z aksini
topgan. O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi IX bob, 50 moddada: ―Fuqarolar
atrof, tabiiy muxitga extiyotkorona munosabatda bo‗lishga majburdirlar‖ deb
ko‗rsatilgan.[3.b.18] Bu xar bir fuqaroning xayot tarziga aylanishi lozim.
Mamlakatimizda ekologik munosabatlarni yo‗lga qo‗yish borasida qator qonun
va qarorlar qabul qilindi, ularda axoli tomonidan ekologik xavfni bartaraf etish
yo‗llari ko‗rsatib berilgan. O‗zbekiston Respublikasining ―Tabiatni muxofaza qilish
to‗g‗rsida‖gi (1992 yil 9 dekabr), ―Aloxida muxofaza etiladigan tabiiy xududlar
to‗risida‖gi (1993 yil 7 may), ―Suv va suvdan foydalanish to‗g‗risida‖gi (1993 yil 6
may), ―Davlat sanitariya to‗g‗risida‖gi (1992 yil 3 iyul), ―Davlat yer kadastri
to‗g‗risida‖gi (1998 yil 28 avgust), ―Ekologik ekspertiza to‗g‗risida‖gi (2000 yil 25
may) ―Ekologik nazorat to‗g‘risida‖gi(2013 yil 27dekabr) qonunlar, 2000 yilning
―Sog‘lom avlod yili‖ va 2005 yilning ―Sihat-salomatlik yili‖ deb e'lon qilinishi va
davlat dasturi ishlab chiqilishi ekologik tarbiyaning ijtimoiy muammolarini hal
qilishga qaratilganligini ko'ramiz. Yuqoridagilarning uzviy davomi sifatida
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017yil 21aprelda imzolangan ―Ekologiya
va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini
takomillashtirish to‗g‗risida‖gi PF5024sonli Farmoni e‘lon qilindi, bunga ko‗ra
Respublikada ekologik xavfsizlikni ta‘minlash va atrof-muhitni muhofaza qilish
sohasida davlat boshqaruvini tubdan takomillashtirish, ekologik holatni yaxshilash,
chiqindilarning fuqarolar sog‗ligiga zararli ta‘sirining oldini olish, aholi turmush
darajasi va sifatini oshirish uchun qulay sharoitlar yaratish, maishiy chiqindilarni
yig‗ish, saqlash, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash va ko‗mish tizimini yanada
takomillashtirish maqsadida: O‗zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish
davlat qo‗mitasi O‗zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza
qilish davlat qo‗mitasi etib qayta tashkil etildi. ―2017 – 2021yillarda maishiy
chiqindilar bilan bog‗liq ishlarni amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish va
rivojlantirish chora tadbirlari to‗g‗risida‖gi qarorlari loyihasini kiritishi ekologik
harakatlarning naqadar dolzab vaqzifa ekanligini ko‗ramiz. [4.b.3]
5
Ushbu qonunlarning amaliyotga samarali tatbiq etilishi ma‘lum darajada ta‘lim
tizimida amalga oshiriladigan ekologik ta‘lim-tarbiyaga xam bog‗liq. Shuning uchun
xam xozirgi kundagi dolzarb muammolardan biri kasb-hunar kollej o‗quvchilarda
ekologik madaniyatni shakllantirishdan iborat. Zero ekologik madaniyat-insonning
tabiat xaqidagi bilim, ong, idrok, savodxonlik, intelektual saloxiyat va uni amalda
qo‗llay bilish faoliyati, atrof-muxitga nisbatan ijobiy munosabatning yuksak
ko‗rsatkichi, ongli va ma‘suliyatli yondashuvi, bu esa ekologik muammolarni ijobiy
xal etishning pedagogik kafolatidir.
Kasb-hunar kolleji o‗quvchilariga ekologik tarbiya va ta‘lim berishda
o‗qituvchining zarur ekologik bilimga ega bo‗lishlari alohida ahamiyat kasb etadi.
O‗quvchilarda ekologik tarbiya, madaniyatni bevosita tarkib toptirish o‗qituvchining
zimmasiga tushganligi bois xam ularni o‗quvchilarga ekologik ta‘lim - tarbiya
berishiga innovatsion yondashuv masalasi dolzarbdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |