Sotsialinfrastruktura kartalari quyidagi xillarga bo‗linadi:
ta‘lim, fan, madaniyat, sog‗liqni saqlash, fizkultura va sport, turizm, maishiy
va kommunal xizmat ko‗rsatish va boshqalar.
1.6. Kartalarning turlari
Kartalarni turlariga ko‗ra tasniflashda, odatda, ularning mavzusining
kengligi (qamrovi), kartaga olinayotgan hodisalarni ilmiy tadqiq etish usullari,
mazmunini umumlashtirish darajasi, kartografik axborotning obyektivligi va
amaliy yo‗naltirilganligi asos qilib olinadi. Kartalar mavzusining kengligi
bo‗yichaumumiy va xususiy yoki sohaviy kartalarga bo‗linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |